K I r I s h e L e k t r o n ik a V a u n I n g z a m o n a V i y I l m f a n d a t u t g a n 0 ‘r n I



Download 125,28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.06.2022
Hajmi125,28 Kb.
#690452
Bog'liq
Elektronika. Aripjv X.K. Abdullayev A.M - cutted



K I R I S H
E L E K T R O N IK A V A U N I N G Z A M O N A V I Y
I L M - F A N D A T U T G A N 0 ‘R N I
Elektronika —
fan va texnika sohasi b o‘lib, axborot uzatish, qabul 
qilish, qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan elektron qurilmalar 
ham da asboblar yaratish usullarini o ‘rganish, ishlab chiqish bilan 
shug‘ullanadi. Elektronika elektrom agnit m aydon nazariyasi, kvant 
mexanikasi, qattiq jism tuzilishi nazariyasi va elektr o ‘tkazuvchanlik hodisalari 
kabi flzik bilimlarga asoslanadi. Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar 
texnologiyasining takomillashuvi bilan chambarchas bog‘liq b o ‘lib, hozii^i 
kungacha to ‘rt bosqichni bosib o ‘tdi.
Birinchi hosqich
asboblari: rezistorlar, induktivlik g'altaklari, magnitlar, 
kondensatorlar, elektromexanik asboblar (qayta ulagichlar, rele va shunga 
o ‘xshash) passiv elementlardan iborat edi.
Ikkinchi bosqich
Li de Forest tom oniaan 1906-yilda triod lampasining 
ixtiro qilinishidan boshiandi. Triod elektr signallarni o ‘zgartiruvchi va eng 
muhimi, quwat kuchaytiruvchi birinchi aktiv elektron asbob bo'ldi. Elektron 
lampalar yordamida kuchsiz signallarni kuchaytirish imkoniyati hisobiga 
radio, telefon so‘zlashuvlarni, keyinchalik esa, tasvirlarni ham uzoq 
masofalarga uzatish imkoniyati (televideniye) paydo b o ‘ldi. Bu davrning 
elektron asboblari passiv elementlar bilan birga aktiv elem entlar — elektron 
lampalardan iborat edi.
Uchinchi bosqich
Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan 
1948-yilda elektronikaning asosiy aktiv elem enti b o ‘lgan bipolyar 
tranzistorning ixtiro etilishi bilan boshiandi. Bu ixtiroga Nobel mukofoti 
berildi. Tranzistor elektron lampaning barcha vazifalarini bajarishi bilan 
birga uning: past ishonchlilik, ko‘p energiya sarflash, katta o ‘lchamlari 
kabi asosiy kamchiliklaridan xoli edi.
To'rtinchi bosqich
integral mikrosxemalar (IM S) asosida elektron 
qurilma hamda tizimlar yaratish bilan boshiandi va mikroelektronika davri 
deb ataldi.
M ikroelektronika
— fizik, konstruktiv-texnologik va sxemotexnik 
usullardan foydalanib yangi turdagi elektron asboblar — IMSlar va ularning 
qo‘llanish prinsiplarini ishlab chiqish y o iid a izlanishlar olib borayotgan 
elektronikaning bir yo'nalishidir.
Hozirgi kunda telekommunikatsiya va axborotlashtirish tizimining 
rivojlanish darajasi tom m a’noda mikroelektronika va nanoelektronika 
mahsulotlarining ularda qo‘llanilish darajasiga bog‘liq.
3


Birinchi IMSlar 1958-yilda yaratildi. IMSlarning hajmi ixcham, og‘irligi 
kam, energiya sarfi kichik, ishonchliligi yuqori b o iib , hozirgi kunda uch 
konstruktiv-texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali, 
yarimo'tkazgichli va gibrid.
1965-yildan buyon mikroelektronikaning rivoji G. Mur qonuniga muvofiq 
bormoqda, ya’ni har ikki yilda zamonaviy IMSlardagi elementlar soni ikki 
marta ortmoqda. Hozirgi kunda elementlar soni 106н -109 ta boigan o ‘ta 
yuqori (O'YUIS) vagiga yuqori (GYUIS) IMSlar ishlab chiqarilmoqda.
Mikroelektronikaning qariyb yarim asrlik rivojlanish davri mobaynida 
IMSlarning keng nomenklaturasi ishlab chiqildi. Telekommunikatsiya va 
axborot-kommunikatsiya tizimlarini loyihalovchi va ekspluatatsiya qiluvchi 
m utaxassislar uchun zam onaviy m ikroelektron elem ent bazaning 
imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish muhim.
Integral mikroelektronika rivojining fizik chegaralari mavjudligi sababli, 
hozirgi kunda an’anaviy mikroelektronika bilan bir qatorda elektronikaning 
yangi yo‘nalishi — nanoelektronika jadal rivojlanmoqda.
N anoelektronika
o ‘lchanilari 0,1 dan 100 nm gacha b o ‘lgan 
yarim o‘tkazgich tuzilm alar elektronikasi bo‘lib, mikroelektronikaning 
mikrominiatyurlash yo‘lidagi mantiqiy davomi hisoblanadi. U qattiq jism 
fizikasi, kvant elektronikasi, fizikaviy-kimyo va yarim o‘tkazgichlar 
elektronikasining so‘nggi yutuqlari negizidagi qattiq jismli texnologiyaning 
bir qismini tashkil etadi.
So‘nggi yillarda nanoelektronikada muhim amaliy natijalarga erishildi, 
y a’ni zamonaviy telekom m unikatsiya va axborot tizim larning negiz 
elementlarini tashkil etuvchi: geterotuzilmalar asosida yuqori samaradorlikka 
ega lazerlar va nurlanuvchi diodlar yaratildi; fotoqabulqilgichlar, o‘ta yuqori 
chastotali tranzistorlar, bir elektronli tranzistorlar, turli xil sensorlar hamda 
boshqalar yaratildi. Nanoelektron 0 ‘YIS va GYIS mikroprotsessorlarni 
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Shvetsiya Qirolligi fanlar akademiyasi ilmiy ishlarida tezkor tranzistorlar, 
lazerlar, integral mikrosxemalar (chiplar) va boshqalami ishlab chiqish bilan 
zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asos solgan olimlar: 
J.i. Alferov, G. Kremer, Dj.S. Kilbini Nobel mukofoti bilan taqdirladi.
Integral mikroelektronika va nanoelektronika bilan birvaqtda 
fiinksional
elektronika
rivojlanmoqda. Elektronikaning bu y o ‘nalishi a n ’anaviy 
elem entlar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar va kondensatorlar)dan voz 
kechish va qattiq jismdagi turli fizik hodisa (optik, magnit, akustik va 
h.k.)lardan foydalanish bilan bog‘liq. Funksional elektronika asboblariga 
akustoelektron, magnitoelektron, kriogen asboblarva boshqalar kiradi.
4

Download 125,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish