R (gaz doimiysi)
Mazkur belgi ilk bora, farang muhandisi va fizigi Benua Emil Pol Klayperon (1799-
1864) tomonidan yozilgan maqolalarda paydo bo‘lgan. 1820-1830-yilldarda u Sankt-Peterburg
yo‘lsozlik muhandislari institutida professor bo‘lgan bo‘lsa, 1858-yildan boshlab, Parij Fanlar
akademiyasining akademigi bo‘lgan. 1834-yilda u, berilgan gaz uchun pV/(267+t) ifoda doimiy
bo‘lishini payqab qoldi. Ya’ni, pV=R(267+t) bo‘lar ekan. Bunda, p – bosim, V – gazning massa
birligining bosimi, t – harorat (selsiy shkalasi bo‘yicha). 1850-yilda esa, nemis fizigi Rudolf
Klauzius (1822-1888), boshqa bir fransuz kimyogari Anri Viktor Renyo (1810-1878)
tomonidan olingan eksperimental natijalar asosida, mazkur formulaga yanada aniqlik kiritdi va
267 sonini yanada aniq bo‘lgan 273 bilan almashtirdi. Va nihoyat, Klauziusning shogirdi
bo‘lgan Avgust Xorstman (1842-1930) o‘zining 1873-yilgi ilmiy ishlarida mazkur tenglamada
hajmni massa birligi bilan bog‘lab emas, balki, modda miqdori birligi bilan (ya’ni, molyar hajm
bilan) bog‘lab qo‘llay boshladi. Shu tariqa, pV=RT tenglamada, haqiqatan ham R – universial
gaz doimiysi bo‘lib qoldi. Ushbu formulada universial gaz doimiysini aynan R bilan
belgilashning sababi nimada ekan? Manbalarga ko‘ra, ushbu tenglamaga e’tibor qaratgan
paytda Klayperon pV/(267+t) doimiy nisbat uchun o‘z ona tilida, ya’ni, fransuzchada ratio
so‘zini qo‘llagan ekan. Buning ma’nosi o‘zbekchada «nisbat» degani bo‘ladi. Haqiqatan ham,
ifoda, ko‘rib turganingizdek, pV ning (267+t) ga nisbati tarzida namoyon bo‘lmoqda.
Gaz qonunlari haqida gap ketarkan, ushbu qonunlar turli mamlakatlarda turlicha
atalishini ham aytib o‘tish sizga qiziq bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Bizda Boyl-Mariott qonuni
deb ataladigan va pV=const deb ifodalanadigan qonunni ingliz tilli davlatlarda Boyl qonuni
deyishadi. V~T (p=const) ifoda orqali tushuntiriluvchi bizdagi Gey-Lyussak qonuni Yevropada
Gey-Lyussakning 1-qonuni deyiladi; AQSHda esa aynan shu qonun Sharl qonuni deyiladi.
p ~T (V=const) nisbat orqali biz Sharl qonunini ifodalasa, aynan shu qonunni Yevropada Gey-
Lyussakning 2-qonuni deyiladi; AQSHda esa endi u shunchaki Gey-Lyussak qonuni bo‘ladi.
pV=RT tenglamaga kelsak, uni g‘arbda shunchaki, ideal gaz tenglamasi deyishsa, bizda
Klayperon tenglamasi deyiladi va pV=
𝑚
𝜇
RT nisbatni esa Mendeleyev-Klayperon tenglamasi
deyiladi (bunda, m – moddaning massasi, μ – uning molyar massasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |