Oksid, peroksid, superoksid, gidroksid, gidroksil, gidroliz,
supra, giper, gipo, sehrli kislota
Oxys so‘zi qadimgi yunonlar uchun o‘tkir ta’m, achchiq, hamda, nordon narsalarni
bildirgan. Siz «oksid» terminining ushbu o‘zakdan kelib chiqqanini fahmlagan bo‘lsangiz
81
kerak. Bundan tashqari, «oksalatlar», «oksidaza», «oksidlash», «oksidometriya», «oksilikvit»,
«uksus» singari yana ko‘plab terminlarning ham ildizi shu so‘z bo‘ladi. Qadimgi tillar asosida
shakllangan «gidroksid» va «gidroksil» terminlarining o‘zagi ham yunoncha so‘z bo‘lib, ularda
«suv» ma’nosini bildirgan «hydor» so‘zi mazkur atamalarning «bobokaloni» hisoblanadi.
«Gidro-»
so‘zi
yana
ko‘plab
terminlar
tarkibida
qo‘llanishini
«gidravlika»,
«gidrometeostansiya» va boshqalarda ko‘rish mumkin. Kimyoga oid terminlar ichida esa bu
o‘zak yanada ko‘proq uchraydi: gidrid, gidrat, angidrid, gidroliz, gidrazin, digidrofosfat,
gidrofob, gidroxinon va yana o‘nlab misollar keltirish mumkin. «Per» qo‘shimchasi esa lotin
tilida «ustama», «ortiqcha», «ko‘proq» degan ma’nolarga yaqin so‘z bo‘lgan. Shu sababli,
peroksid – qo‘shimcha oksid, ko‘proq oksidli degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu old
qo‘shimchani yana shuningdek, «permanganat», «perxlorat», «pergidrol» singari terminlarda
ham uchratishimiz mumkin.
Umuman olganda, moddalar nomidagi «per-» old qo‘shimchasi qo‘llanish o‘rniga ko‘ra
ikki xil ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, permanganat va perxloratlarda marganes va
xlorning oksidlanish darajasi oddiy manganat va xloratlarnikidan yuqori bo‘ladi.
peroksokislotalarda esa −O−O− peroksid guruhi mavjud bo‘ladi. Masalan, Karo kislotasi deb
nomlanadigan H
2
SO
5
kislotada shunday bo‘ladi. Lekin, peroksokislotalar bu – peroksidli
birikmalar bo‘lsa, superkislotalar esa mutlaqo boshqa narsalardir. Bu nom bilan, favqulodda
kuchli Lyuis kislotasi xossalariga ega bo‘lgan moddalar ataladi va ular odatda, birikmalar
bo‘ladi. Masalan, suvsiz ftorosulfon kislotasi HSO
3
F, yoki, HF ning SbF
5
bilan aralashmasi
shular jumlasidandir. HSO
3
F va SbF
5
ning ekvimolyar aralashmasini «sehrli kislota» deb ham
yuritiladi. Superkislotalar muhitida hatto alkanlar ham protonlanish layoqatiga ega bo‘lib
qoladi.
Kimyo bo‘yicha 1994-yilgi Nobel mukofoti egasi Jorj Ola o‘zining Nobel ma’ruzasida
«Sehrli kislota» atamasi haqida qiziq bir hikoyani keltirib o‘tgandi. Unga ko‘ra, «Sehrli
kislota» terminini 60-yillarda Klivilenddagi kimyo laboratoriyasida ishlagan va o‘sha paytda
hali o‘spirin yoshda bo‘lgan Lukas ismli bola o‘ylab topgan ekan. O‘shanda, milod bayrami
arafasida laboratoriyada bayram shamlari yoqib qo‘yilgan. Shunday shamlarning biri hali
yonib tugamay, juda oz qolgan, lekin, hali o‘chmagan edi. Lukas o‘sha shamni olib, HSO
3
F va
SbF
5
ning ekvimolyar aralashmasiga tashlab yubordi. Sham kislotada erib ketdi. Hosil bo‘lgan
eritma esa butil kationining juda ajoyib, chiroyli YaMR-spektri hosil qilib jilvalandi. Tabiiyki,
bu holat ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi va ayniqsa Lukasning o‘zi ishtiyoqi ortib ketdi. U
bola ongi bilan, o‘sha kislotani «sehrli kislota ekan» deb xitob qilgandi. Bu so‘z bir pasda butun
laboratoriya ilmiy jamoasi nutqida o‘rnashib qoldi va hamma endi bu kislotani shunday
ataydigan bo‘lib ketdi. Keyinchalik, ushbu laboratoriya xodimi Ned Arnett ushbu terminni o‘z
maqolalarida ham qo‘llab, ilmiy adabiyotlarga ham kiritib yubordi. Shu tariqa, oddiy o‘smir
bolaning hayrat aralash xitobi butun boshli ilmiy terminga aylanib ketdi. Biroz vaqt o‘tib,
Olaning shogirdlaridan biri, Svoboda ismli aspirant kimyoviy reagentlar ishlab chiqarish
bo‘yicha xususiy firma ochgan va o‘z korxonasida ushbu kislotani ham ishlab chiqarishni
yo‘lga qo‘ygan. O‘shanda Svoboda bu kislota uchun «Sehrli kislota
®
» tariqasidagi qonun bilan
himoya qilinadigan tovar nomini ro‘yxatdan o‘tkazib ham qo‘ygan edi.
«Per-», «super» singari old qo‘shimchalar qatorida, kimyoda shuningdek «giper-» old
qo‘shimchasi ham tez-tez uchrab turadi. Yunon tilida hyper so‘zi «ko‘proq», «ortiqcha» va
shuningdek, «ustama» degan ma’nolarni ham beradi. Fanda esa, O
2−
ko‘rinishidagi oksidga
ega bo‘lgan birikmalar giperoksidlar deyiladi (ba’zan superoksidlar ham deyishadi). Organik
82
birikmalar tuzilishi nazariyasida «giperkonyugatsiya» termini mavjud. Bundan tashqari, asosan
noorganik birikmalar nomida «gipo-» old qo‘shimchasini ham uchratishimiz mumkin. Bu ham
yunon tilidan olingan old qo‘shimcha bo‘lib, bu tilda hypo - «ostida», «tagida» hamda,
«yetishmaslik» (sal qolgan) ma’nosiga ham to‘g‘ri keladi. Bu old qo‘shimchaga ega birikma
nomlariga duch kelsangiz, bilingki, undagi elementlar juda past oksidlanish darajasiga ega
bo‘ladi. Xususan, Na
2
N
2
O
2
, ya’ni, natriy giponitriti shunday birikmalar jumlasidandir. Lekin
bu old qo‘shimchani organik birikmalar nomida deyarli uchratmaysiz. Misol tariqasida purin
hosilalaridan bo‘lmish ksantin va gipoksantinni esga olish mumkin. Ksantin molekulasi bilan
taqqoslaganda, gipoksantin molekulasida bitta kislorod atomi kam bo‘ladi.
«Super» so‘zi va old qo‘shimchasi lotin tilidan kirib kelgan bo‘lib, bu so‘z ilm-fandan
tashqari yana deyarli barcha sohalarda keng iste’molga kirib ketgan. Asl ma’nosi lotinchada
«ortiqcha», «ko‘proq», «ustiga-ustak», «yuqoriroq» kabi ma’nolarga to‘g‘ri keladigan bu so‘z
superfosfat, superksiddismutaza, superferrit, supersensibilizatsiya singari kimyoga oid
terminlar tarkibida ham muqim joy olgan. K
2
O
2
kaliy peroksidi bo‘lsa, KO
2
esa kaliy
superoksidi bo‘ladi. «Super-»ga yaqin ma’nodosh yana bir old qo‘shimcha bu «supra-» old
qo‘shimchasidir. Bu ham «yuqoriroq», «balandroq», «ko‘proq», «ortiqcharoq» degan
ma’nolarni anglatadi. Avvallari ushbu termin fanda ancha kam qo‘llanilar edi. Lekin, yaqin
yillarda kimyoda paydo bo‘lgan yangi yo‘nalish – supramolekulyar kimyo sohasi ushbu
terminni yana urfga kirishiga sabab bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |