Fermiy va Eynshteyniy
1952-yilda AQSH harbiylari tomonidan termoyadro portlash sinovi amalga oshirilgan
edi. 1953-yilda o‘sha portlash mahsulotlaridan ikkita yangi element izotopi aniqlangan.
Kelishuvga ko‘ra, mazkur yangi kimyoviy elementlarga fermiy va eynshteyniy deb nom
berilgan. Birinchisi italyan fizigi Enriko Fermi (1901-1954) sharfiga bo‘lsa, ikkinchisi Albert
Eynshteyn (1879-1955) nomiga qo‘yilgan.
Kyuriy
Bu elementni 1944-yilda Glen Siborg boshchiligidagi Amerikalik fiziklar guruhi
tomonidan, plutoniyni geliy yadrolari bilan bombardimon qilish orqali olingan. Olingan yangi
kimyoviy elementni olimlar radioaktivlik hodisasining kashfiyotchisi Mariya Kyuri sharafiga
uning familiyasi bilan atashga qaror qilishgan. Mazkur element formulasida (Cm) birinchi harf
Kyurining familiyasini (Curie) ikkinchi harf, esa uning ismini (Mariya) bildiradi.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |