K. D. Ushinskiyning pedagogik faoliyat va qarashlari. Konstantin dmitriyevich ushinskiy (1824—1870) Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o’qituvchilarining o’qituvchisi»



Download 19,35 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi19,35 Kb.
#673613
Bog'liq
K.D.Ushinskiy mustaqil


K.D.Ushinskiyning pedagogik faoliyat va qarashlari. KONSTANTIN DMITRIYEVICH USHINSKIY (1824—1870)
Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o’qituvchilarining o’qituvchisi» Konstitantin Dmitriyevich Ushinskiy 1824 yilning 19 fevralida Tula shahrida tug’ildi.
Ushinskiy 9 yoshga qadar oilada tarbiyalanib, savod chiqardi. So’ngra Novgorod-Seversk gimnaziyasiga o’qishga kirib, uni 1840 yilda muvaffaqiyatli tamomladi. O’sha yili Moskva dorilfununining yuridik fakultetiga o’qishga kirdi va o’sha davrning mashhur professori Redkinning bevosita rahbarligi ostida ta’lim oldi.
Ushinskiy 22 yoshida YAroslav litseyiga kameral (yuridik) fanlar professori vazifasini bajaruvchi sifatida xizmatiga kirdi va ish boshladi. U uch yillik dastlabki pedagoglik faoliyatida katta iste’dod egasi ekanini namoyish eta oldi. SHuningdek, Ushinskiy zo’r ishtiyoq bilan o’qituvchilik ishini olib borib, talabalarga havas bilan bilim berishga harakat qildi, ularda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg’otdi, eng muhimi, o’z halqi va ona yurtini jondan sevish, ardoqlash hamda vijdonan halol mehnat qilishga da’vat etdi. Bu yosh va iste’dodli professorning mazmunli ma’ruzalarini litsey talabalari maroq bilan tinglab, chuqur va mustahkam saboq olar edilar.
K.D.Ushinskiy pedagoglik faoliyatini ilmiy-ijodiy ish bilan birga qo’shib olib bordi. 1848 yilda uning birinchi ilmiy ishi — «Kameral fanlarni o’qitish haqida» degan asari nashr qilindi. Bu asarda Ushinskiy oliy o’quv yurtlaridagi mavjud o’qitish tizimiga nisbatan tanqidiy ko’z bilan qaradi. Hukumat tomonidan erkinlik berilishini talab etdi. O’qitish tizimini yaxshilashga oid yirik uslubiy muammolarni o’rtaga qo’yib, ularni qanday hal etish yo’llarini ko’rsatib berdi.
Ushinskiyning ilm-fanni demokratik tarzda targ’ib etishi reaksion doiralarga ma’qul tushmadi. 1849 yil sentyabrida Ushinskiy va uning do’stlari, demokratik ruhdagi o’qituvchilar, siyosatda shubhali, hukumatga ishonchsiz kishilar sifatida litseydan chetlatildi. K.D.Ushinskiy boshqa ish topish maqsadida 1949 yilda Peterburgga ko’chib borib, juda katta qiyinchiliklardan so’ng 1850 yilda ichki ishlar vazirligida kichik bir amaldor vazifasida ishlashga majbur bo’ldi va u yerda to’rt yil ishladi.
Ushinskiy faqat 1854 yildagina Yaroslavl litseyi sobiq direktorining tavsiyasi bilan Gatchino institutida til-adabiyot va qonunshunoslik o’qituvchisi bo’lib ishga kiradi va u yerda tez fursatda shu institutning sinflar inspektori vazifasiga ko’tariladi. Ushinskiyning pedagogik faoliyati tom ma’nosi bilan ana shu vaqtdan boshlandi. U 1859 yilda Smolniy institutining sinflar inspektori vazifasiga tayinlanib, unga shu institutning juda achinarli holga tushib qolgan ilmiy bo’lim ishlarini qaytadan tartibga solishday muhim topshiriq yuklandi. Ushinskiy bu ishni epchillik bilan puxta bajarib, pedagoglik jarayonni uyushtirish sohasida katta qobiliyat sohibi ekanini ko’rsatdi. SHu bilan birga uning pedagogika masalalariga bag’ishlangan va muntazam chop etilayotgan nazariy tadqiqotlari uning faqat amaliyotchi emas, balki o’z ixtisosi bo’yicha kuchli nazariyotchi ekanligini ko’rsatdi.
Ushinskiy 1857 yildan boshlab «Tarbiya jurnali» («Jurnal dlya vospitaniya»)da, so’ngra «Xalq maorifi jurnali»da juda ko’p sermazmun maqolalar e’lon qildi. 1860 yilda u «Xalq maorifi jurnali»ning muharriri qilib tayinlandi. Ushinskiy 1861 yilda o’zining «Bolalar dunyosi» («Detskiy mir») nomli o’qish kitobini nashr ettirdi. Bu kitob o’sha yilning o’zidayoq ikki marta chop etildi.
Ushinskiyning pedagogik faoliyatiga soya soluvchi (1862 yil) imzosiz xat uni o’z ishini to’xtatishga majbur qildi. Bu xatda u go’yo siyosiy jihatdan ishonchsiz kishi, deb ayblangan edi. Buning oqibatida u chet ellardagi xotin-qizlar maorifining yo’lga qo’yilishini o’rganish va pedagogikadan darslik yozish uchun o’z vatanidan ketishga majbur bo’ldi. U xorijiy mamlakatlarda yurgan davrida o’zining butun kuch-g’ayratini ta’lim-tarbiyaga doir asarlar yozish va ularni chop ettirishga yo’naltirdi. Natijada, 1861 yilda uning I va II o’quv yillari uchun «Ona tili» darsligi nashr etildi va unga «Muallimlar uchun qo’llanma» degan metodik asari ilova qilindi. 1870 yilda esa III o’quv yili uchun ham «Ona tili» darsligi bosilib chiqdi. Bundan tashqari, Ushinskiyning pedagogika sohasidagi asosiy nazariy asari hisoblangan «Inson — tarbiya predmeti sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba») nomli asari ayrim jildlarga bo’linib nashr qilina boshladi. 1867 yilda bu asarning I jildi, 1869 yil II jildi bosilib chiqdi. Ushinskiy bu kitobning hamma jildlarini qisqartirib ingliz tiliga tarjima qilish maqsadida uchinchi jild ustida zo’r g’ayrat bilan ishlay boshladi. Afsuski, bu ishni tamomlash unga nasib bo’lmadi. U Qrimda davolanish paytida qattiq shamollab qoldi. Bu shamollash va zo’r berib ishlashi hamda xizmati bilan bog’liq bo’lgan ko’ngilsizliklar orqasida zaiflashib toliqqan edi. Natijada 1870 yil 21 dekabrda Odessada zotiljam kasalidan vafot etdi.
K.D.Ushinskiyning pedagogika nazariyasi xalqchillik goyasi asosida qurilgandir. «Har bir mamlakatda bolalarni tarbiyalash tizimi, deb aytgan edi u, xalqning rivojlanish sharoitlari, uning ehtiyoj va talablari bilan belgilangan». «Hamma uchun umumiy bolgan birgina tugma moyillik borki, tarbiya hamisha shunga tayanishi mumkin; bu biz xalqchilik deb atagan narsadir. Xalqning ozi tomonidan yaratilgan va xalqchilik asosiga qurilgan tarbiya shunday tarbiyaviy kuchga egaki, bunday kuch abstrakt goyalarga asoslangan yoki boshqa xalqlardan olingan eng yaxshi tizimlarda ham yoqdir»
Ushinskiy xalqchillik deb har bir xalqning oziga xosligini tushunar ediki, bu oziga xoslik osha xalq yashashi va mehnat qilishi lozim bolgan tarixiy taraqqiyot, geografik va tabiiy sharoitlar bilan ifodalanadi.
U «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi» sarlavhali maqolasida tarbiyaning xalqchillik ruhida bolishi kerakligini aytib, boshqa xalq pedagogikasini mexanik suratda rus tuprogiga kochirishni aqlga mutlaqo muvofiq emasligini takidlaydi.
Ushinskiy tarbiyada xalq ruhining eng yaxshi ifodasi ona tili ekanligiga, rus bolalarini oqitishda rus tili asos bolishligini; boshlangich maktablardagi talim ham bolalarni rus tarixi, Rossiya geografiyasi va uning tabiati bilan tanishtirmogi lozim deydi.
Ushinskiyning pedagogika tizimida ona tilining tarbiyaviy va talimiy ahamiyati tarbiyaning asosi bolgan xalqchillik bilan chambarchas bogliqdir.
Ushinskiy ozining «Ona tili» sarlavhali maqolasida «Xalq tili uning qadim zamonlardan boshlanuvchi bugungi manaviy hayotining eng yaxshi, hech qachon solmaydigan, doimo yangidan ochilib yashnab turadigan gulidir. Butun xalq va uning vatani til bilan tirikdir¾ bularning hammasi xalq ijod etgan til orqali ifodalanadi. Xalq avlodlari birin-ketin yashab otaveradi, ammo har bir avlod hayotining natijalari keyingi avlodlarga til orqali meroc bolib otadi. Har bir avlod oz his-tuygularini, tarixiy voqealar, diniy etiqod, maslak natijalarini, boshidan kechirgan qaygu va xursandchiliklarini ona tili xazinasiga qoshadi. Til eng jonli, eng boy va mustahkam aloqa vositasi bolib, xalqning yashab otgan, yashayotgan va kelajakda yashaydigan avlodlarini bir-birlari bilan chambarchas boglaydi, ularning ulug, tarixiy, jonli bir butunga aylantiradi. Til bor ekan, xalq ham bor, xalqning hayot ekanligini til orqali bilish mumkin. Til xalqning hayotidir. Xalq tili yoqolganida xalqning ozi ham yoq boladi»1, deb uqtiradi. Ona tili Ushinskiyning fikricha na kitob, na maktab bolmagan vaqtda ham xalqni oqitgan eng yaxshi xalq ustozidir.
Axloqiy tarbiya maqsadlari va vositalari. K.D.Ushinskiy tarbiya ishidagi turli vositalar orasida axloqiy tarbiyaga katta etibor berib, «Tarbiyaning asosiy vazifasi axloqiy jihatdan tasir etishdan iboratdir, bu aqlni umuman ostirish, boshni bilimlar bilan toldirishdan kora ham muhimroqdir», deb yozgan edi.
Axloqiy tarbiya bolalarda odamlarga hurmat va muhabbat bilan qarashni, ularga nisbatan samimiy, xayrixoh va adolatli munosabatda bolishni ostirishi kerak.
Ushinskiy kor-korona, tayoq intizomiga qarshi norozilik bildirib, «Eski maktabda intizom nihoyatda gayritabiiy asosga yoki mukofotlar va yoki jazolar ulashib beruvchi oqituvchidan qorqish asosiga qurilgan edi. Bu qorquv bolalarni zararli holatlarga: sustkashlikka, sinf doirasidagi zerikishga va ikkiyuzlamachilikka olib keldi» deb u bolalarga nisbatan insoniy munosabatda bolishni talab qildi.
Ushinskiy egoistlik, mansabparastlik, bekorchilik, garazgoylik, munofiqlik singari nuqson va kamchiliklarni qattiq qoralaydi.
Ushinskiyning fikricha, axloqiy tarbiyaning vositalari quyidagilardan iborat bolishi kerak: 1. Talim (axloqiy tarbiyada kitob va darsliklarni orni); 2. Oqituvchining shaxsan namuna bolishi (Ushinskiyning obrazli ifodalashicha, «bu narsa yosh qalb uchun quyoshning barakali nuridirki, uni hech bir narsa bilan almashtirib bolmaydi»); 3. Etiqod; 4. Oquvchilarga mohirlik bilan munosabatda bolish (pedagogik odob); ogohlantirish choralari; 6. Ragbatlantirish va jazolash.
Ushinskiy bolalar mehnati haqida gapirib, insonning togri rivojlanishidagi zarur shart mehnatdir, deb hisoblagan edi. Uning fikricha «agar tarbiya kishini baxtli qilmoqchi bolsa, uni baxt uchun tarbiyalamaslik kerak, balki hayotdagi mehnat uchun tayyorlashi lozim». Tarbiya kishida mehnatga muhabbat va odatni ostirish kerak. Ushinskiy kishi oz faoliyatida jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatni birlashtirsa, juda foydali bolur edi, deb hisoblaydi. U oquvchilar mehnati haqida gapirib, «Oqish mehnatdir va mehnat bolib qolishi, ammo tola manoli mehnat bolishi lozim», deydi. U talimni ovunchoqlik, kongil ochish yoli bilan otkazishga, bazi pedagoglarning talimni mumkin qadar yengilroq qilishga harakat qilishlariga qarshi chiqdi. Bolalar oqish davrida mehnatga, qiyinchiliklarni yenga olishga organishlari kerak. Faqat kichkina bolalarnigina oynab turib oqishga orgatish mumkin, deb yozadi Ushinskiy. Aqliy mehnat ogir, organmagan kishini tezda charchatib qoyadi. SHuning uchun bolalarni kuchi yetadigan ishlar bilan sekin-asta orgatish lozim.
K.D.Ushinskiyning aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan qoshib olib borish togrisidagi, oqish va dam olishni togri tashkil etish haqidagi pedagogik fikrlari hozirgi kunda ham qimmatlidir.
K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari pedagogika tarixida ozining chuqurligi va oziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushinskiy talimni bolalarning psixologik jihatdan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olishni va ular psixologiyasining xususiyatlarini etiborga olib tashkil etish kerakligini talab qildi.
Ushinskiy xotira bilan esda saqlab qolish togrisida gapirib, unutishning oldini oladigan tez-tez takrorlash yoli bilan tarbiya oluvchilarda oz xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak, deb korsatdi. U darsda korsatmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berib, psixologik nuqtai nazardan korsatmali talimni mohiyatini yoritib berdi.
Ushinskiy korsatmali talim tamoyillarini nazariy jihatdan ishlab chiqishga va uni amalda tatbiq etishga doir juda kop qimmatli fikrlar kiritdi. Ushinskiy oqitish jarayonida korsatmali talimga munosib orin berdi: u korsatmali talim oquvchilarning rivojlanishini tamin etadigan shartlardan biridir, deb bildi.
Ushinskiy bolalarning oquv materialini anglab, puxta va mustahkam ozlashtirishi tamoyiliga katta etibor berdi. U bu tamoyillarni tushunish va tatbiq qilishda ozidan ilgari otgan pedagoglarga nisbatan kopgina yangiliklar kiritdi. Masalan, oquv materialini takrorlash togrisida batafsil metodika ishlab chiqdi.
Ushinskiy talim yonalishida ikki yonalish borligini qayd etdi. Birinchi yonalish bolalar oqituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa togrisida umumiy tushuncha hosil qiladilar. Ikkinchi yonalishda olingan bilimlar umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Ushinskiy maktabning ikki xodimi: murabbiy bilan oqituvchi ortasida tarbiya va talim (funksiyasini) jarayonini bolib qoyishga qarshi norozilik bildirdi. U talimni tarbiyaning eng muhim vositasi deb hisobladi.
Ushinskiy ozining pedagogik tizimida dars hamda talim metodiga katta ahamiyat berdi.
Darsda mashgulotlar turlicha bolishi mumkin: yangi bilim berish, oquvchilarning mashqlar bajarishi, otilganlarni takrorlash, oquvchilarning bilimini hisobga olish, oquvchilarning yozma ishlarni bajarishlari. Har bir dars malum maqsadga qaratilgan, tugallangan bolishi va yetarli darajada tarbiyaviy xarakterga ega bolishi lozim. Ushinskiy mashgulotlarni almashtirib va metodlarni xilma-xil qilib turishni tavsiya qildi.
Ushinskiy bolalarda mustaqil ishlash qobiliyatini ostirishga etibor berib, oqituvchi maktabga yangi kirgan bolalarga darsda mustaqil ishlashning togri usullarini orgatishi kerak, bolalar to mustaqil ishlash malakalarini mustahkam ozlashtirib olmaguncha, ularga uyga vazifalar berish yaramaydi, deydi.
Ushinskiy «Rus tilini dastlabki oqitish» (1864) sarlavhali maqolasida bir qancha qimmatli metodik korsatmalar berdi. Uning fikricha, oqitishning uchta vazifasi bor: 1) bolaning nutqini ostirish; 2) bolalarni rus tilinining boyligidan ongli suratda foydalanishga orgatish va 3) tilning mantiqini (grammatikasini) ozlashtirish. Bu uch vazifa bir vaqtda birlikda bajariladi.
Rossiyada oqishga orgatishda tovush metodini joriy qilish va keng tarqatishda Ushinskiyning xizmati katta boldi.
Ushinskiy oqituvchilarning roliga yuksak baho berib, «pedagogning oquvchilarga tasiri shunday tarbiyaviy kuchga egadirki buni hech qanday ustav va dastur bilan, oquv yurtini har qancha qulay tashkil etish bilan almashtirib bolmaydi», deb hisoblar edi. U «¾ tarbiya ishida murabbiyning shaxsi eng asosiy narsa», deb yozgan edi.
Ushinskiy pedagogika oqituvchilari va orta maktab oqituvchilari tayyorlaydigan pedagogika fakultetlari togrisidagi fikrni olga surdi. U bunday deb yozgan edi: bizda meditsina fakultetlari bor-u, pedagogika fakultetlari yoq ekan, bu shuni korsatadiki, biz axloqiy va tarbiyaviy sogligimizga qaraganda tanamiz sogligini koproq qadrlar ekanmiz. Uning bu fikri songgi yillarda amalga oshdi.
K.D.Ushinskiyning xizmati shundaki, u oz vataniga, oz xalqiga xizmat qilishni pedagogik faoliyatining asosiy burchi deb hisobladi. K.D.Ushinskiy ilmiy-amaliy pedagogik faoliyatining asosiy goyasi va yonalishi ham yuqoridagi mehnatlari bilan bevosita bogliqdir. K.D.Ushinskiy pedagogikaning oziga xosligini, milliy xususiyatlarini himoya qildi, shuningdek, tarbiya xalqchil bolishi lozim, deb hisobladi. K.D.Ushinskiy mehnatga inson baxt-saodatining asosiy sifatida qaradi, bolalarni mehnat orqali tarbiyalashga katta etibor berdi. Ushinskiy talimotining mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini ishlab chiqishda ham kop ishlar qildi. U talimni va uning korsatmaliligini, ongli va uzviy talim-tarbiya masalalarini ishlab chiqdi. Oqitish shakl va metodlarining rang-barangligiga erishishni talab etdi.
K.D.Ushinskiy oqituvchining mehnatini va uning tarbiyalanuvchi shaxsga tasirini yuqori baholadi. Ushinskiy oqituvchilar tayyorlash tizimini birinchi marta ishlab chiqdi.
Ushinskiy boshqa xalqlarning ham pedagogikasi va xalq maktablari taraqqiyotiga katta tasir korsatdi.
1895 yilda Ushinskiyning vafotiga 25 yil tolishi munosabati bilan bolgan yigilishda, uning ishini davom ettiruvchilardan biri, Modzalevskiy aytib otganidek, «Xuddi Lermontov bizning xalq olimimiz, Suvorov bizning xalq lashkarboshimiz, Pushkin bizning xalq shoirimiz, Glinka bizning xalq kompozitorimiz bolganidek, Ushinskiy ham bizning haqiqiy xalq pedagogimizdir» deganda haq edi.
L.N.Тolstoy (1828-1910) ning pedagogik faoliyati 1849 yildan boshlanadi. "Yasnaya Polyana"da dehqon bolalarini o`qitadi. Bu faoliyat to`xtashlar bilan umrining oxirigacha davom etadi. "Yasnaya polyana" jurnalini chiqaradi. 1872 yil "Azbuka", 1875 yil "Novaya Azbuka", va 4ta "O`qish kitobi"ni nashr ettiradi.
Тolstoy o`z pedagogik tizimida "erkin tarbiya" nazariyasini olg`a suradi. Bu bola shaxsini hurmat qilishga asoslangan. Uning maktabida o`qish, yozish, din darsi, tarix, arifmetika, tabiat fanlari o`qitilgan. Qatiy o`quv reja, dastur, darslik bo`lmagan. Uy vazifasi berilmagan.
Tolstoy talimning mazmuni va oqitiladigan fanlarning hajmini belgilashda oquvchilarning qiziqishi va havasi mezon bolish kerak deb hisoblaydi. U 12 ta fan oqitilishi, lekin ularning hajmi va ularni oqish uchun ajratilgan vaqt oquvchilarning xohishiga bogliq edi.
O`qitishning metodlari talim prinsiplariga oid qarashlari ham ahamiyatlidir. U talim metodlari orasida oqituvchining jonli sozi (hikoya, suhbat)ga alohida orin beradi. U bolalarning ijodkorligini ostirishga kattta ahamiyat beradi. Mustaqil ish berish, insholar yozdirishga etibor qaratadi.
Anton Semyonovich Makarenko (1888-1939) ukrain pedagogi. 1905 yildan o`qituvchilikni boshlaydi. Poltava o`qituvchilar institutida o`qiydi.
1920 yili "M.Gorkiy" nomidagi mehnat koloniyasini tuzadi, jinoyatchi bolalardan 120 dan ortig`ini tarbiyalaydi. 1927 yildan Xarkovdagi "F.Dzerjenskiy" nomidagi kommunada ish boshlaydi. Mehnatga katta e’tibor qaratiladi. Тurli narsalar yasashadi.
1933-35 yillarda "Pedagogik poema", "Ota-onalar kitobi" (1937), 1938 yilda "Minoradagi bayroqlar" asarlari chiqadi.
U "jamoada va jamoa orqali tarbiyalash" g`oyasini olg`a suradi. Makarenko mehnat bilan birga axloq tarbiyasi, bolada or nomus, iroda, xarakter va intizom tarbiyalashga alohida etibor beradi. Jazolash va rag`batlantirishga qo`yilgan talablarini bayon etadi. U oila tarbiyasiga oid muhim masalalarni yoritadi. Bola tarbiyasida ertaklar, kitoblar, teatr, kino va o`yinning ahamiyatini ko`rsatib beradi. Bolaning estetik tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi.
Download 19,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish