8.2.Bank kreditlari va olingan qarzlar bo‘yicha majburiyatlarning hisobi
Korxonalar banklardan va boshqa yuridik shaxslardan o‘zlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish, moliyaviy –xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli , shuningdek kapital qurilish ishlarini olib borish va boshqa maqsadlar uchun uzoq muddatli kreditlar va qarzlar olishlari mumkin. Kreditlar va qarzlar tuzilgan shartnomalarga muvofiq korxonaning kassasiga berilishi, hisob-kitob yoki boshqa maxsus schyotlariga o‘tqazib berilishi, shuningdek bankdagi maxsus ssuda schyoti orqali to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan taqdim etilishi mumkin.
21- son BHMS ga muvofiq bank kreditlarining hisobi 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida, olingan qarzlar esa 6820 «Qisqa muddatli qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarida olib boriladi. Ushbu passiv schyotlarning kreditida kreditlar va qarzlarning olinishi, shuningdek ular bo‘yicha majburiyatlarning qoldig‘i, debetida esa ularning qaytarilishi aks ettiriladi. Bank kreditlari va olingan qarzlar bo‘yicha hisoblangan foizlar va ular
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
155
bo‘yicha hisob –kitoblar maxsus 6920 « Hisoblangan foizlar» schyotida olib boriladi. Olingan bank kreditlari va qarzlar, ularning qaytarilishi, hisoblangan foizlar buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
-
Tar-tib
|
Operatsiyaning mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
Yozuvga asos
|
raqami
|
|
schet
|
schet
|
bo‘luvchi hujjat
|
1.
|
Kreditlarni olinishi:
|
|
|
Kredit va qarz
|
|
-Korxona kassasiga
|
5010
|
6810,
|
shartnomalari
|
|
-Hisob –kitob schyotiga
|
5110
|
7810
|
to‘lov
|
|
-Akkreditiv schyotlarga
|
5510
|
6820,
|
topshiriq-
|
|
-Maxsus boshqa schyotlarga
|
5530
|
7820
|
nomasi, kirim
|
|
-Ta’minotchilarga to‘langanda
|
6010
|
|
kassa orderi,
|
|
-Ta’minotchilarga avans tariqasida
|
4310
|
|
bank
|
|
o‘tqazilganda
|
4330
|
|
ko‘chirmalari
|
|
|
|
|
|
2.
|
Kreditlarni qaytarilishi:
|
|
|
Kredit va qarz
|
|
-Kassadan
|
6810,
|
5010
|
shartnomalari
|
|
-Hisob-kitob schyotidan
|
7810,
|
5110
|
to‘lov
|
|
-Akkreditiv schyotlardan
|
6820,
|
5510
|
topshiriq-
|
|
-Maxsus schyotlardan
|
7820
|
5530
|
nomasi, kirim
|
|
-Depozit schyotlardan
|
|
5890
|
kassa orderi,
|
|
-Haridorlarlar va buyurtmachilardan
|
|
|
bank
|
|
tushgan tushumdan
|
|
4010
|
ko‘chirmalari
|
|
-Haridorlardan olingan avans
|
|
|
|
|
to‘lovlaridan
|
|
6310
|
|
3.
|
Uzoq muddatli kredit joriy
|
7810,
|
6950
|
Kredit va qarz
|
|
majburiyatga o‘tqazilganda
|
7820
|
|
shartnomalari
|
|
|
|
|
|
4.
|
Kreditlar bo‘yicha foizlar
|
9610
|
6920
|
Kredit va qarz
|
|
hisoblanganda
|
|
|
shartnomalari
|
|
|
|
|
|
5.
|
Foizlar to‘langanda
|
6920
|
5110
|
Bank
|
|
|
|
|
ko‘chirmalari
|
Bank kreditlari va olingan qarzlarning analitik hisobi ularning turlari va qaytarish muddatlari bo‘yicha olib boriladi.
8.3.Ta’minotchilar va haridorlar oldidagi majburiyatlarning hisobi
Ta’minotchilar oldidagi majburiyatlar ulardan TMB, uzoq muddatli aktivlar, turli ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni va oxirgi to‘lovlarni keyinchalik amalga oshirganda vujudga keladi. Haridorlar oldidagi majburiyatlar esa ulardan hali jo‘natilmagan TMB lar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni avans tariqasida oldindan olib qo‘yilganda vujudga keladi. 21- son BHMS ga muvofiq bunday tovar harakteridagi majburiyatlar hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
156
6010 “ Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”
6020 “Berilgan veksellar”
6110 “ Alohida ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotllar”
6120 “ Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”
6310 “Haridor va buyurtmachilardan olingan avanslar”
Ushbu passiv schyotlarning kreditida ta’minotchi va haridorlar oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi, ularni ko‘payishi va oxirgi qoldiqlari, debetida esa majburiyatlarni uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarni vujudga kelishida uzoq muddatli aktivlar schyotlari (0110-0190,0410-0490,0710,0810-0890), TMZ schyotlari (1010-1090,1110-1120,2010,2310,2510,2810,2910-2990), davr harajatlari schyotlari ( 9410,9420,9430) va boshqa schyotlar debetlanadi. Majburiyatlarni uzilishida pul mablag‘lari schyotlari (5010,5110,5510-5530,5210,5220), kredit va qarzlar schyotlari ( 6810,6820,7810,7820) va boshqa schyotlar kreditlanadi. Ta’minotchilar va haridorlar bilan hisob-kitoblarning analitik hisobi ularning har biri bo‘yicha alohida yuritiladi.
8.4.Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarning hisobi
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjetga to‘lovlari bo‘lib asosan soliqlar va yig‘imlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida soliq va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash tartiblari Soliq Kodeksi va har bir soliq to‘lovlari bo‘yicha tasdiqlangan yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan.
Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan barcha soliq to‘lovlarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin:
Korxonalarning oborotidan olinadigan soliqlar – ularga aksiz solig‘i, QQS va eksport bo‘yicha bojxona to‘lovlari kiradi.
Korxonalarning boshqa operatsion harajatlariga kiritiladigan soliqlar –ularga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kiradi.
Korxonalarning daromadi (foydasi) dan olinadigan soliqlar – ularga daromad (foyda) solig‘i, yalpi tushumdan yagona soliq,, yagona yer solig‘i, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i kiradi.
Jismoniy shaxslar daromadlaridan ushlanadigan soliq.
21- son BHMS ga muvofiq byudjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarning hisob-kitoblari 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyotida hisobga olinadi. Korxonalar o‘zlarining ishchi schyotlar rejasida har bir soliq turiga alohida schyotlarni, masalan, 6411 “ Byudjetga QQS bo‘yicha qarz”, 6412 “Byudjetga aksiz bo‘yicha qarz” va shu kabi boshqa schyotlarni, ochishlari mumkin. Ushbu passiv schyotlarning kreditida soliq to‘lovlari bo‘yicha byudjet oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi, ularning ko‘payishi va oxirgi qoldiqlari, debetida esa byudjetga to‘lovlarni kamaytirilishi va o‘tqazib berilishi aks ettiriladi. Soliqlar bo‘yicha majburiyatlar ular bo‘yicha tuzilgan hisob-kitoblarga asosan hisoblanadi va quyidagicha aks ettiriladi:
Aksiz solig‘i, QQS va eksport bo‘yicha bojxona boji summasiga Debet 4010,4020,4110,4120,4210,5010
Kredit 6410 (soliq turlari bo‘yicha mos schyotlar)
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
157
Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar summasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |