Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
· Nomoddiy aktivlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish;
Nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish;
Nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri baholash;
Nomoddiy aktivlar holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) ni belgilangan usul va me’yorlar bo‘yicha to‘g‘ri hisoblash;
Nomoddiy aktivlarni Soliq Kodeksiga muvofiq soliqga tortilishini ta’minlash;
Nomoddiy aktivlar butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tqazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‘g‘ri aniqlash va hisobga olish;
Mavjud nomoddiy aktivlardan unumli foydalanish, keraksiz nomoddiy aktivlarni likvidatsiya kilish, bepul berish yoki sotish natijalarini to‘g‘ri hisobga olish;
Nomoddiy aktivlarga qilingan qo‘shimcha harajatlarni (kapital quyilmalarni) to‘g‘ri hisobga olish.
Nomoddiy aktivlarni baholash . Nomoddiy aktivlarni baholashda boshlang‘ich qiymat, tiklangan qiymat, qoldiq qiymat, amortizatsiyalanadigan qiymat, sotish qiymati turlari ishlatilishi mumkin (BXMS № 7, p. 9-15). Ushbu qiymat turlarining mohiyati asosiy vositalarni baholashda qullaniladigan qiymat turlarining mohiyatiga to‘liq o‘xshashdir.
Nomoddiy aktivlarni hisobga olish qiymati bo‘lib boshlang‘ich qiymat hisoblanadi. Ushbu qiymat nomoddiy aktivlarni kelib tushish manbalariga qarab quyidagicha aniqlanadi:
Ta’sischilardan ustav kapitaliga ta’sis badali sifatida qabul qilinganda – ta’sischilarni kelishuv shartnomasi bo‘yicha;
Sotib olinganda – sotib olish bahosi plyus barcha ishlashga tayyor holatga keltirishga ketgan harajatlarni o‘z ichiga olgan qiymat bo‘yicha;
Bepul olinganda – ekspert yo‘li bilan aniqlangan qiymat bo‘yicha;
Ilmiy tadqiqot va izlanishlarning natijasi sifatida qabul qilinganda – haqiqiy tannarxi bo‘yicha.
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
84
Tiklangan qiymat nomoddiy aktivlarni qayta baholashdan keyingi yoki qo‘shimcha kapital quyilmalardan keyingi vaqtinchalik qiymati bo‘lib, u shu sanadan boshlab boshlang‘ich qiymat hisoblanadi.
Qoldiq qiymat nomoddiy aktivlarni jamlangan eskirish summasi chegirib tashlangandan keyingi boshlang‘ich qiymati bo‘lib, asosan ularni balans qiymatini topishda ishlatiladi.
Sotish qiymati nomoddiy aktivlarni oluvchi va sotuvchi o‘rtasidagi kelishuv qiymati bo‘lib, u faqat sotish natijalarin hisobga olishda qo‘llaniladi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat boshlang‘ich va likvidatsion qiymat o‘rtasidagi farq bo‘lib, u amortizatsiya (eskirish ) summasini hisoblashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |