13.5.Xususiy kapital to‘g‘risida hisobotni tuzish
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobotning (5-son shakl) asosiy maqsadi bo‘lib korxonaning xususiy kapitalining holati va harakati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Hisobot to‘qqizta ustunchadan iborot bo‘lib, uning 1 va 2-ustunlarida hisobotning ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning 3-8 ustunlari xususiy kapitalning alohida turlarining holati va harakatiga doir ma’lumotlarni aks ettirishga mo‘ljallangan, jumladan:
3-ustun “Ustav kapitali”;
4-ustun “Qo‘shilgan kapital”;
5-ustun “Rezerv kapitali”;
6-ustun “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)”;
7-ustun “Sotib olingan xususiy aksiyalar”;
8-ustun “Maqsadli tushumlar va boshqalar”;
9-ustun “Jami” .
225
Hisobotning har bir satrida xususiy kapitalning holati, ko‘payishi va
kamayishi , shuningdek turli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar xususiy kapitalning elementlarini hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlardan (8300, 8400, 8500, 8600,8700,8800) olinadi, jumladan:
-
Satr
|
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Satrni to‘ldirish tartibi
|
|
|
|
010
|
Yil boshiga qoldiq
|
8300, 8400, 8500, 8600,8700,8800-
|
|
|
schyotlarning bosh qoldig‘i
|
|
|
yoziladi
|
020
|
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi
|
Aksiyalarni chiqarilishi va sotilishi
|
|
|
natijasida ustav kapitali va
|
|
|
qo‘shilgan kapitalni ko‘payishi
|
|
|
mos ravishda 3 va 4- ustunchalarda
|
|
|
aks ettiriladi
|
030
|
Uzoq muddatli aktivlarni qayta
|
Korxona mulkini qayta baholash
|
|
baholash
|
natijasida vujudga kelgan rezerv
|
|
|
kapitali summasi 5-ustunchada
|
|
|
ko‘rsatiladi
|
040
|
Ustav kapitalini shakllantirishda
|
Chet el investorlarining ustav
|
|
paydo bo‘lgan valyuta kursi
|
kapitaliga kiritgan badallari
|
|
farqlari
|
bo‘yicha vujudga kelgan qo‘shilgan
|
|
|
kapital summasi 4-ustunchada aks
|
|
|
ettiriladi
|
050
|
Rezerv kapitaliga ajratma
|
Hisobot yilning sof
|
|
|
taqsimlanmagan foydasidan rezerv
|
|
|
kapitaliga ajratma summasi 5-
|
|
|
ustunchada (+) belgisi bilan va 6-
|
|
|
ustunchada (-) belgisi bilan
|
|
|
ko‘rsatiladi
|
060
|
Joriy yilning taqsimlanmagan
|
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida
|
|
foydasi (zarari)
|
hisobotning eng oxirgi satrida
|
|
|
ko‘rsatilgan sof foydasi
|
|
|
(qoplanmagan zarari) 6-
|
|
|
ustunchada aks ettiriladi
|
|
|
( qoplanmagan zarar summasi
|
|
|
ushbu ustunchada (-) belgi bilan )
|
070
|
Tekinga olingan mol-mulk
|
Yuqori tashkilotdan olingan va
|
|
|
rezerv kapitaliga kiritilgan mol-
|
|
|
mulk summasi 5-ustunchada
|
|
|
ko‘rsatiladi
|
080
|
Maqsadli foydalanish uchun
|
Turli maqsadlarda olingan grantlar,
|
|
olingan mablag‘lar
|
davlat subsidiyalari, davlat
|
|
|
yordamlari, soliqlar bo‘yicha
|
|
|
imtiyozlar va boshqa maqsadli
|
|
|
tushumlarning summasi 8-
|
|
|
ustunchada aks ettiriladi
|
090
|
To‘langan dividendlar
|
Hisoblangan dividendlar summasi
|
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
226
-
|
|
6- ustunchada (-) belgisi bilan aks
|
|
|
ettiriladi
|
100
|
Xususiy kapital shakllanishining
|
Xususiy kapital elementlarining
|
|
boshqa manbalari
|
boshqa manbalar evaziga ko‘payish
|
|
|
summalari mos ravishda 1-8 –
|
|
|
ustunchalarda ko‘rsatiladi(
|
|
|
kamayish summasi (-) belgi bilan )
|
110
|
Yil oxiridagi qoldiq
|
8300, 8400, 8500, 8600,8700,8800-
|
|
|
schyotlarning yil oxiridagi
|
|
|
qoldig‘i ko‘rsatiladi
|
120
|
Xususiy kapitalning ko‘payishi
|
Xususiy kapitalni hisobot yilining
|
|
(+) yoki kamayishi (-)
|
boshiga nisbatan hisobot yilining
|
|
|
oxirida oshgan yoki kamaygan
|
|
|
summalari mos ustunchalarda aks
|
|
|
ettiriladi
|
130
|
Chiqarilgan aksiyalar soni, dona
|
Hisobotning 9-ustunchasida
|
|
|
ma’lumot tariqasida ko‘rsatiladi
|
131
|
Shu jumladan imtiyozli aksiyalar
|
Hisobotning 9-ustunchasida
|
|
soni
|
ma’lumot tariqasida ko‘rsatiladi
|
132
|
Shu jumladan oddiy aksiyalar
|
Hisobotning 9-ustunchasida
|
|
soni
|
ma’lumot tariqasida ko‘rsatiladi
|
140
|
Aksiyaning nominal qiymati
|
Hisobotning 9-ustunchasida
|
|
|
ma’lumot tariqasida ko‘rsatiladi
|
150
|
Muomaladagi aksiyalar soni,
|
Hisobotning 9-ustunchasida
|
|
dona
|
ma’lumot tariqasida ko‘rsatiladi
|
151
|
Shu jumladan imtiyozli aksiyalar
|
Hisobotning 9-ustunchasida
|
|
soni
|
ma’lumot tariqasida ko‘rsatiladi
|
152
|
Shu jumladan oddiy aksiyalar
|
Hisobotning 9-ustunchasida
|
|
soni
|
ma’lumot tariqasida ko‘rsatiladi
|
13.6. Moliyaviy hisobotga kiritilgan ma’lumotnoma, tushuntirish xati va ilovalar
Korxonalarning moliyaviy hisoboti o‘z ichiga “Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma” (2a- shakl), shuningdek tushuntirish xati va ilovalarni ham oladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma (2a- shakl) ning asosiy maqsadi bo‘lib korxonaning hisobot davri oxiriga bo‘lgan debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotlarni turli belgilari bo‘yicha guruhlab ko‘rsatish hisoblanadi. Ma’lumotnoma 12 ta ustunchadan iborot bo‘lib, uning 1-va 2- ustunchalarida tartib raqami, debitorlar va kreditorlarning nomi, 3- ustunchada jami umumiy qarzlar, 4-ustunchada jami qarzlarning muddati o‘tgani ko‘rsatiladi. Ma’lumotnomaning 5-12 – ustunchalari korxonaga taalluqli bo‘lmagan sabablar bo‘yicha vujudga kelgan qarzlar to‘g‘risida axborotlarni berishga mo‘ljallangan, jumladan, 5- va 6- ustunchalarda bunday
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
227
qarzlarning mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi, 7- va 8- ustunchalarda xukumat qaroriga asosan oldindan xaq to‘lamay jo‘natilgan (olingan) mahsulotlar bo‘yicha qarzlarning mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi, 9-va 10-ustunchalarda davlat resurslari va jamg‘armalaridan ko‘zga tutilgan xom-ashyo va materiallar bo‘yicha o‘tqazilgan bank to‘lovlarining mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi, 11- ustunchada xukumat qarori bo‘yicha kechiktirilgan qarzlar, 12-ustunchada qonunchilikga muvofiq qilingan da’volar bo‘yicha sud jarayonida ko‘rib chiqilayotgan yoki xo‘jalik sudi tomonidan kreditorlardan o‘ndirish to‘g‘risida qaror chiqqan qarzlar summasi ko‘rsatiladi.
Ma’lumotnomaning satrlarini to‘ldirishda quyidagi ketma-ketlikga amal qilinishi lozim. Oldin barcha debitorlik qarzlar, keyin esa barcha kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Chunonchi, debitorlar va kreditorlarning qarzlari respublika ichidagi qarzlar, ichki idoraviy qarzlar va respublikadan tashqaridagi qarzlar guruhlari bo‘yicha tasniflangan holda ko‘rsatiladi. Ma’lumotnomada ko‘rsatilgan debitorlik qarzlarning umumiy summasi buxgalteriya balansining 110 va 210- satrlaridagi summaga (alohida bo‘linmalarning qarzlaridan tashqari), shuningdek kreditorlik qarzlarning umumiy summasi buxgalteriya balansining 491 va 601-satrlaridagi summaga mos kelishi shart.
Moliviy hisobotga uning u yoki bu ko‘rsatkichlarini tasniflovchi analitik jadvallar, shuningdek korxona moliviy-xo‘jalik faoliyatining ayrim jixatlari bo‘yicha tushuntirish xati ilova qilinadi. Asosiy analitik jadvallar bo‘lib, masalan, soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar ro‘yxati, soliq bo‘yicha imtiyozlar hisob –kitobi, imtiyozlarni ishlatilishi, foydani taqsimlash hisob-kitobi va boshqalar hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish xatida korxonaning hisob siyosatidagi o‘zgarishlarning sabablari, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida mavjud salbiy jihatlar, jumladan xo‘jalik faoliyatini zarar bilan yakunlashga olib kelgan sabablar ochib beriladi. Bunday tushuntirishlar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashda, shuningdek hisobot asosida to‘g‘ri qarorlar qabul qilinishida katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |