5.2. Auditning tashkiliy asoslari
Auditni tashkil etishni shartli ravishda quyidagi to‘rtta bosqichga bo‘lish mumkin:
-
Bosqich
|
|
Bosqichning nomi va unda amalga oshiriladigan ishlar
|
|
Auditni boshlashga qadar bo‘lgan bosqich. Ushbu bosqichda
|
|
quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
|
|
·
|
audit o‘tqazuvchi sub’ektning yozma buyurtmasi qabul
|
|
|
qilinadi;
|
|
·
|
audit o‘tqazuvchi sub’ektga audit o‘tqazishga auditor
|
|
|
yuborilib, audit o‘tqazuvchi sub’ekt, uning hisob va
|
|
|
hisobotining dastlabki holati o‘rganiladi, auditning ob’ektlari,
|
|
|
ish hajmi, auditorlik xatarining darajasi belgilanadi;
|
|
·
|
audit o‘tqazuvchi sub’ekt nomiga audit o‘tqazish
|
1- bosqich
|
|
majburiyatini olish to‘g‘risida rozilik xati tayyorlanadi,ushbu
|
|
xatda audit o‘tqazish bo‘yicha shartlar, jumladan auditorlik
|
|
|
xatari darajasi, ko‘rsatiladi;
|
|
·
|
audit o‘tqazish bo‘yicha shartlar o‘zaro kelishilgandan so‘ng
|
|
|
audit o‘tqazish to‘g‘risida shartnoma tuziladi;
|
|
·
|
auditning dasturi tuziladi va uni o‘tqazish grafigi belgilanadi.
|
|
·
|
Auditorlar o‘rtasida funksional majburiyatlar o‘zaro
|
|
|
taqsimlanadi, ularga yordamchilar belgilanadi.
|
|
|
|
Auditorlik tekshiruvini o‘tqazish bosqichi. Ushbu bosqichda
|
2- bosqich
|
tasdiqlangan dasturga muvofiq audit ob’ektlari tanlangan
|
|
usullarda tekshirishdan o‘tqaziladi
|
|
Auditorlik tekshiruvi natijalarini jamlash va
|
|
rasmiylashtirish bosqichi. Ushbu bosqichda auditorlik
|
3-bosqich
|
tekshiruvi ma’lumotlari (isbotlari) har bir ob’ekt bo‘yicha
|
|
jamlanadi. Ma’lumotlar (isbotlar) jadvallar ko‘rinishida
|
|
jamlanadi. Barcha ma’lumotlar (isbotlar) jamlangach, yozma
|
|
auditorlik hisoboti tayyorlanadi. Auditorlik hisobotida barcha
|
|
kamchiliklar ko‘rsatiladi va ularni bartaraf etish bo‘yicha
|
|
tavsiyalar beriladi.
|
|
Auditorlik tekshiruvi natijalarini tadbiq etish bosqichi.
|
4-bosqich
|
Ushbu bosqichda auditorlik tekshiruvi natijalari muhokama
|
|
etiladi, aniqlangan chetlanishlar bo‘yicha tuzatishlar, qayta
|
|
hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Tuzatilgan hisobot bo‘yicha
|
|
auditorlik xulosasi beriladi.
|
Quyida auditni tashkil etishning 1-bosqichida amalga oshiriladigan ishlarning va tuziladigan hujjatlarning mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz.
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
252
Audit o‘tqazuvchi sub’ektning yozma buyurtmasi – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tashkilotiga bergan rasmiy xati –murojaatnomasi bo‘lib, unda qaysi hisobot davri uchun, qanday ob’ektlar bo‘yicha auditning aniq turini o‘tqazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish so‘raladi. Yozma buyurtma buyurtmachi korxonaning rahbari tomonidan imzolanadi.
Buyurtmachida o‘tqaziladigan dastlabki kuzatishlar. Bunday kuzatishni auditorlik tashkilotining rahbari yoki uning vakil etib yuborgan auditori amalga oshiradi. Dastlabki kuzatishda korxonaning ta’sis hujjatlari o‘rganib chiqiladi, uning yuridik statusining to‘liqligi aniqlanadi, bosh kitob va moliyaviy hisobot ma’lumotlari dastlabki vizual nazoratdan o‘tqaziladi. Korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, jumladan bankrotlik belgilari o‘rganiladi, operatsiyalar va ularga tegishli hujjatlarning
soni va xajmi aniqlanadi. Hujjatlarning sifati, ularning ma’lumotlarini hisob
ma’lumotlari bilan uyg‘unligi tanlab tekshiriladi. Korxonada ichki nazorat tizimining
-
mavjudligi, uning ta’sirchanligi baholanadi. Bu kuzatishlar
|
audit tekshiruvi bo‘yicha ish
|
xajmini aniqlashga, auditorlik
|
xatarining
|
darajasini belgilashga,
|
shuningdek ish
|
qiymatini kelishishga asos bo‘ladi.
|
|
|
|
Audit bo‘yicha
|
ish hajmi . Auditorlik tekshiruvida auditorlar tomonidan
|
bajariladigan ishning
|
hajmi
|
auditorlik
|
tekshiruvining
|
turiga,
|
ob’ektlar soniga,
|
operatsiyalar va ular bo‘yicha tuzilgan boshlang‘ich hujjatlar soniga, hisobni yuritish holati va usullariga, soliq to‘lovlari tarkibiga va boshqalarga qarab taxminlanadi. Ish hajmini har bir tekshiruv ob’ektiga sarflanishi mumkin bo‘lgan kunlar soniga qarab ham belgilash mumkin.
Auditorlik xatari – bu auditorlarning o‘zlariga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan sabablarga qo‘ra moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi bo‘yicha auditorlik xulosasini berishda yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarining baholangan miqdori. Ushbu xatolarning miqdori,odatda,foizlarda ifodalanadi, uni so‘mlarda ham ifodalash mumkin. Auditorlik xatarining darajasi auditor tomonidan dastlabki kuzatuvni o‘tqazish vaqtida aniqlanadi.
9-son AFMS «Auditorlik isboti va xatari» ga muvofiq dastlabki kuzatish vaqtida baholanadigan umumiy auditorlik xatarining darajasi quyidagi umum qabul qilingan matematik model yordamida topiladi:
AR=IR *CR*DR
Bu yerda: AR (audit risk) – umumiy auditorlik xatarining darajasi, ya’ni
moliyaviy hisobotga noto‘g‘ri xulosa berish
ehtimoli;
IR (inherent risk ) – ichki xo‘jalik xatarining darajasi, ya’ni
hisobdagi xatolar ehtimoli;
CR ( control risk ) – nazorat tizimi xatari darajasi, ya’ni ichki
nazorat tizimining samarasizlik ehtimoli;
DR (detection risk ) -xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar darajasi, ya’ni xatoni topa olmaslik ehtimoli
Ichki xo‘jalik xatari (IR) deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga ishonchsizlikni tug‘diradigan ichki xo‘jalik omillaridan vujudga keladigan xatar tushuniladi. Bunday xatar, masalan, bosh buxgalterni yoki buxgalterlarni hisobot yilida ko‘p marotaba o‘zgartirilganligidan, ularni malakasini pastligidan, me’yoriy
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
253
hujjatlar bilan ta’minlanganlikning past darajasidan, buxgalteriya xodimlari o‘rtasida funksional majburiyatlarni taqsimlanmaganligidan, ish jarayonlaridagi doimiy uzilishlar va xodimlarning majburiy qo‘shimcha ta’tillarga chiqarib yuborilganligidan, ish haqini o‘z vaqtida berilmayotganligidan, sotish hajmini o‘tgan yillarga nisbatan kamayganligidan va boshqa hollardan kelib chiqadi. Ushbu xatarni auditor qanchalik past darajada belgilasa, u shunchalik xulosa qilishda ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, bu bilan u o‘zining umumiy auditorlik xatari darajasini kam belgilagan hisoblanadi. Ichki xo‘jalik xatari darajasi qanchalik yuqori deb belgilansa, auditorlik isbotini talab qiladigan dalillarni yig‘ish soni shunchalik ko‘p bo‘lishi lozim. Faqatgina auditorlik isbotini ko‘p yig‘ib, auditor o‘z xatosini minimumga yetqazishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |