K arim a q osim ova


ko'rib  (ko'rip),  qaytdik  (qayttik),  aytib  (aytip),  ketayotib



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/522
Sana01.01.2022
Hajmi7,78 Mb.
#304570
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   522
Bog'liq
Ona tili o'qitish metodikasi K Qopsimova, S Matchonov va b

ko'rib  (ko'rip),  qaytdik  (qayttik),  aytib  (aytip),  ketayotib
 
(ketayotip),  tortib  (tortip),  terib  (terip),  olib  (olip),  obod  (obot),  borishdi
 
(borishti);
  qisqa  talaffuz  qilinadigan  i  unlisi  bor  so'zlar: 
bilan  (blan),
 
sira  (sra);
 talaffuzda tushib  qoladigan  undoshli  so'zlar: 
ba la n d  (balan),
 
do ‘st  (do's),  Toshkent  (Toshken),  fa rza n d   (farzan),  daraxt  (darax)
 
kabilarni  yozilgandek  o'q ish   im loni  o'rganishga  tayyorlaydi.  Bular 
a w a l  orfografik,  so'n g  orfoepik  o'qitiladi.
Yuqoridagi  kabi  so'zlarni  o 'q ish   bilan  b o'g'inlab  o 'q ish   malakasi 
takom illashadi:  o 'q u v chilar talaffuzi va  yozilishida  farqlanadigan  so 'z ­
larni  ham   to 'g 'ri  o'qishga  o'rganadilar.
Alifbo  davrining  oxirida  o'q u v ch ilar  quyidagi  bilim  va  k o 'n ikm a- 
larga  ega  bo'lish lari  zarur:
a)  h am m a tovushlam i tanishi  va  h ar qanday  holatda to 'g 'ri talaffuz 
qilishi;
b)  so'zning  b o 'g 'in -to v u sh ,  to v u sh -h arf  tahlilini  bilishi,  so'zdagi 
tovushlarning  izchil  tartibini  aniqlay  olishi,  kerakli  tovushni  so 'z  va 
b o'g'inga  ajrata  olishi;
d)  kesm a  h a rf va  b o 'g 'in la rd an   so 'z   tuza  olishi  va  o'qishi;
e)  2-3 -4  b o 'g 'in li  so'zlarn i  yaxlit,  adabiy-orfocpik  talaffuz  bilan 
o'qishi;
f)  gaplarni  ohangiga  rioya  qilib  o'qishi;
www.ziyouz.com kutubxonasi


g)  o'zi  o 'qigan   m atnning  m azm unini  tushunib,  ongli  o'qishi;
h)  o'q ig an   m atn  m azm unini  savollar  asosida soddagina  qilib  qayta 
hikoyalab  berishi;
i)  o 'qigan  m atnga  sarlavha  to p a   olishi;
j)  to 'g 'ri,  tez,  ongli  va  ifodali  o'q ish   m alakalariga  ega  bo'lishi.
Alifbo  davri  yozuv  darslarining  vazifasi  —  kichik  va  bosh  yozm a 
harflarni  to 'g 'ri  shakllantirish,  harflarni  to 'g 'ri  ulash,  alifbeda  o'qigan 
b o 'g 'in ,  so 'z  va  gaplarni  nam unaga  qarab  yozish,  harf,  b o 'g 'in ,  so 'z, 
gap  diktantlarni  yozish  ko'nikm asini  shakllantirish,  izohli,  saylanm a, 
k o'ruv  rasm  diktant  kabi  ta ’lim iy  diktant  turlarini  yoza  olishlariga 
erishish,  um u m an ,  grafik  m alakani  shakllantirishdir.  Savod  o'rgatish 
jarayonining  oxirida  bir darsda,  agar darsning  2/3  qismi  yozuvga  ajra- 
tilsa,  20  tagacha  so'z  yoza  olishlari  talab  qilinadi.
Savod  o‘rgatish  davrida  o‘quvchilarni  o‘qishga  o‘rgatish
M a’lumki,  savod  o'rgatish  jarayonidagi  o'qish  darslarining  asosiy 
vazifasi  o'quvchilarga  tovush  va  harfni  tanishtirish,  ulam ing  to 'g 'ri 
talaffuzini  o'rgatish  orqali  bolalarda  to 'g 'ri,  ongli,  ifodali  o 'q ish   ko'nik- 
malarini  shakllantirishdan  iborat.  Shuningdek,  o'quvchilar  lug'atini 
boyitish,  bog'lanishli  nutqini  o'stirish,  bilimini  boyitish,  tafakkurini 
shakllantirish,  eshitish,  qabul  qilish  sezgisini  o'stirishda  ham   bu  davr 
m as’uliyatliligi  bilan  alohida  o'rin  tutadi.
Tayyorgarlik  davri  o'qishga  o'rgatish  uch un   zam in  hozirlaydi.  Bu 
davrda  bolalarda  o'zgalar  nutqini  eshitish,  diqqatni  to'plash,  til  bir- 
liklarini  (tovush,  b o 'g 'in ,  so'z,  gap)  farqlash,  ajratish,  ularning  vazi­
falarini  anglash  kabi  xususiyatlar shakllantiriladi.  Bular  o'quvchilam ing 
o'qishni  muvaffaqiyatli  egallashlariga  yordam   beradi.
O 'qishga o'rgatish uch u n, a w a lo , o 'qu v chi tovush va h a rf bilan yax­
shi tanishtirilishi  lozim .  Tovush va  h a rf bilan tanishtirishda b o 'g 'in d a n  
tovushni  ajratish  tam oyiliga  rioya  qilinadi.  H a rf bilan  tanishtirish  bir 
necha  xil  y o 'n alish d a  am alga  oshirilishi  m um kin:
1.  M azm unli  rasm   yuzasidan  savol-javob  usuli  bilan  b o g 'lan ish li 
hikoya  tuzdiriladi.  U ndan   kerakli  gap,  s o 'n g   kerakli  s o 'z   ajratib  o li­
nadi,  so 'n g ra   so 'z   ustida  yuqoridagi  kabi  tahlil  ishlari  uyushtiriladi.
2.  S o 'z   asos  qilinib,  analitik  m ashqlar  yordam ida  o 'rg an ilad ig an  
tovush  ajratib  olinadi.  M asalan: 
oy.
  O 'qitu v ch i 
oy 
rasm ini  k o 'rsa ta d i, 
o 'q u v c h ila r  un ing   nom ini  —  so 'zn i  aytadi.  O 'qituvchi  о   tovushini 
c h o 'z ib   (o -o -o -y )  aytadi  va  qaysi  tovushni  c h o 'z ib   aytayotganini
www.ziyouz.com kutubxonasi


o 'q u v ch ilard an   so ‘raydi.  O 'q u v c h ila r  о  tovushini  aytgach,  uning 
xususiyatlari  h aqid a  savol-javob  o 'tk azilad i.  О  tovushli  so 'z la r  o ‘ylab 
to ptiriladi.  S h undan  so ‘ng  о  harfi  kesm a  harfdan  yoki  rasm li  alif- 
bodan  k o'rsatiladi.  B unda  о  harfining  shaklini  esda  olib  qolishlariga 
alohida  e ’tib o r  qaratiladi.
3. 
O 'rganilgan  harflar  ichiga  bugun  o'rganiladigan  h a rf  aralash- 
tirib  qo'yiladi,  bolalar uning  ichidan  notanish  harfni  ajratadilar,  so'ng 
o'qituvchi  bu  h a rf ifodalaydigan  tovushni  aytadi.  O 'quvchilar  tovush­
ning xususiyatlarini  aytadilar.  Shu  h arfni  kesma  harflar ichidan  topib, 
kitob sahifasidan,  rasmli alifbodan  ko'rsatadilar.  Shu tariqa to v u sh -h arf 
bilan  tanishtirilgach,  o'qishga  o'rg atish   ustida  ishlanadi.
O 'qishga  o'rg atishda  b o 'g 'in   asos  qilib  olinadi.  Buning  uchun 
o 'qituvchida  b o 'g 'in   jadvali  bo'lishi  lozim .  B o 'g'in  jadvali  asosida 
o'qish  nam unasi  ko'rsatiladi,  y a’ni  harflab em as,  ichida,  birinchi  harfni 
ko 'z  bilan k o'rib,  uning  nom ini dilda saqlab,  ikkinchi  harfni k o 'rish  va 
ikkalasini  bog'lab,  unlini  m o'ljallab  ulab  aytish  tushuntiriladi.  B o'g'in  
o'qish o'qituvchining  nam unasi  asosida  doim iy  ravishda  har bir darsda 
izchil  olib  boriladi.  Bunda  quyidagi  kabi  chizm alardan  foydalanish 
m umkin:
Bunda  „Alifbe"  sahifalaridagi  so 'zlarn i  oldin  b o 'g 'in g a  b o'lish, 
so'ng  o 'qishni  m ashq  qilish  yaxshi  sam ara  beradi.  O 'qituvchining  na­
m unali  o 'qishidan  so 'ng  birgalikda  ovoz  chiqarib  o'q ish,  yakka-yakka 
o'qish,  shivirlab  o 'q ishdan   foydalaniladi.  Ayniqsa,  sekin  o'qiydigan 
o'quv chilar bo'lgan  sinflarda  xor  bilan  o'q itish   o'qishni  tezlashtirishga 
yordam   beradi.  S inf  o'quvchilarining  o 'q ish   ko'nikm alaridan  kelib 
chiqib,  m atndagi  so'zlarni  xattaxtada  bo 'g'inlarga  bo'lib  yozish, 
o'rganilgan  harflarni  hisobga  olgan  holda  q o 'sh im cha so 'z   birikm alari, 
gapiar  tuzib  yozish  va  o'qitish  usulidan  ham   foydalaniladi.
M a’lumki,  „Alifbe"  sahifalarida  b o 'g 'in   tuzilishi  m urakkablashib 
boradi.  Shuning  uchun  o'qituvchi  h a r  bir  b o 'g 'in   tuzilishining  m u- 
rakkabligiga  qarab  ish  usullarini  belgilab  olishi  zarur.  M asalan,  uch 
tovushdan  tuzilgan,  to 'rt  tovushdan  tuzilgan  b o'g'inlarni  o'qishga 
o'rgatish ham  o'ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.  Bunda 

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish