K arim a q osim ova


m azm u n -m o h iyatin i  tushunadigan  bo'lishlariga  erishish  lozim .  Bu



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/522
Sana01.01.2022
Hajmi7,78 Mb.
#304570
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   522
Bog'liq
Ona tili o'qitish metodikasi K Qopsimova, S Matchonov va b

m azm u n -m o h iyatin i  tushunadigan  bo'lishlariga  erishish  lozim .  Bu
 
jarayonda  o'q u v ch ila m in g   faqat  kitoblarninggina  em as,  balki  gazeta
 
va jurnallar  m utolaasiga  ham  qiziquvchan  faol  kitobxon  bo'lishlariga
 
e ’tibor  qaratiladi.
Mavjud  dasturlarda  sinfdan  tashqari  o'qish  davom ida  o'quvchilar
 
egallashi  zarur  bo'lgan  bolalar  yozuvchilarining  asarlarini  tanlay
 
bilish,  mustaqil  o'qigan  kitoblarini,  ulardagi  qahram onlam ing  xatti-
 
harakatlarini  baholash,  asar  sujetidagi  m uhim   o'rinlarni  ajrata  olish,
 
sinfdan  tashqari  o'qish  kundaligi  yuritish  kabi  ko'nikm alarni  egallash
 
belgilab  berilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sinfdan  tashqari  o'qish,  o 'z   navbatida,  qiziqarli  va  o'ziga  jalb 
etadigan  faoliyat  bo'lib,  o'qu v chilam in g  bilimi  va  dunyoqarashini 
kengaytiradi,  kundalik  hayotga  faol  m unosabat  uyg'otadi.  Shuning 
uchun  ham   bu  xildagi  darslam ing  qurilishi  ham   xilma-xil  bo'ladi.
Sinfdan  tashqari  o'qish  darslarida  o'qu v chilar  o'qigan  kitoblari 
hisobga  olinadi,  yangi  kitoblar tavsiya  etiladi.  M ustaqil  m utolaa  qilin­
gan  asarlar  yuzasidan  o'tkaziladigan  suhbatlarda  asar  mavzusi,  janri, 
kom pozitsion tuzilishi,  sujet  qurilishi,  qahram o nlar tim soliga oid tahlil 
elem entlari  o'qituvchi  savollari  asosida  o 'q uv chilar  ongiga  singdirila 
boriladi.
Sinfdan  tashqari  o'qish  darslarida  ham   kirish  va  yakuniy  suhbatlar 
o'tkaziladi.  D arslar  rejasi  butun  o 'q u v   yili  u ch u n   oldindan  tuzilishi 
lozim.
Sinfdan  tashqari  o'qishning  asosiy  vazifasi  bolalarni  mustaqil 
amaliy  faoliyatga  o'rgatish,  bilimini  boyitish  va  o'qish  ko'nikm alarini 
takomillashtirishdir.  O'quvchilarga  sinfdan  tashqari  o'qish  darslarida 
o'qishlari  zarur  bo'lgan  kitoblar,  ular  bilan  tanishish  tartibi  yuzasidan 
ko'rsatm alar  beriladi.  M aktab  kutubxonasi  bilan  birgalikda  kitob 
ko'rgazm alari  tashkil  etiladi.  Bu  jarayonda  kitob  muqovasi,  tituli,  bet- 
larini farqlay olish, asar muallifi,  nom larini,  rassomlarni tanib-bilib olish, 
rasm  asosida  asarlam ing  nim a  haqida  ekanini,  m azm unini  aniqlashga 
erishish  m uhim   ahamiyatga  ega.
O'quvchilarda  muayyan  mavzularda  tavsiya  etilgan  asarlar  ichidan 
kitob tanlash va o'qish ko'nikm alarini shakllantirish, ulam i o'qigan asari 
m azm unini  qisqacha  so'zlab  berishga  o'rgatish  lozim.
O 'qish  mavzusi  sinfda  o'qiladigan  asarlar  mavzusi  bilan  uyg'unli- 
giga,  ta ’lim -tarbiya  birligiga,  mavsumiy,  bosqichli  va bolalar  qiziqishiga 
rioya  qilgan  holda  belgilanadi  ham da  asarlar  tanlanadi.
Sinfdan  tashqari  o'qish  uchun  tanlanadigan  mavzular,  asosan,  q u ­
yidagicha  rejalashtirilishi  m um kin:
1.  G ulla-yashna  hur  O'zbekiston!
2.  M ustaqillik  —  oliy  n e’mat.
3.  0 ‘zbekistonning  qahram on  o'g'lo nlari.
4.  Tabiat  —  bizning  uyimiz.
5.  Odob  —  oltindan  qim m at.
6.  Ona  tilim   — jo n -u   dilim.
7.  Bilim  ol,  hu nar  tanla!  va  boshq.
Boshlang'ich  sinflarda  STO '  darslarini  rejalashtirishda  quyidagi- 
larga  asoslaniladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


1.  M avsum iy  tam oyilga  va  m illiy  a n ’analarim iz  bilan  bog'liq 
bo'lishiga.
2.  S T O '  darslarini  sinfdan  sinfga  o 'tg an   sari  bosqichli  izchillik 
tam oyili  asosida  kengaytirib  borishga.
3.  Sinfda  o'q ish   darslarida  o'rganiladigan  m avzular  bilan  bog'liq 
bo'lishiga.
4.  Bolalar  yozuvchilarining  tavallud  kunlari  bilan  bog'liq  holda 
ularning  ijodini  o'rganishga.
5.  Bolalam ing  qiziqishlarini  hisobga  olishga.
6.  Adabiy jarayon  bilan  ham nafas  bo'lishiga.
7.  ST O '  uchun  beriladigan  topshiriqlarning  ijodiy  xarakterda 
bo'lishiga.
8.  O 'quvchilarda  m ustaqil  o'qish  ko'nikm alarining  shakllanishiga 
e ’tiborni  kuchaytirish  va  rahbarlik  shakllarining  xilma-xil  bo'lishiga.
4-sinfda  (ST O 'ning  asosiy  bosqichi)  STO '  darslarining  bir  yillik
taxm iniy  rejalashtirilishi  quyidagicha  bo'lishi  mumkin:

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish