K. A. Tursunmetov V bob. "Nisbiylik nazariyasi", VI bob. "Kvant fizikasi"


Modda va maydonning bir-biriga aylanishi



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/130
Sana30.05.2022
Hajmi2,71 Mb.
#619689
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130
Bog'liq
11-sinf-Fizika-darslik

Modda va maydonning bir-biriga aylanishi. 
elektronning o‘z 
antizarrasi – pozitron bilan uchrashuvi ularning elektromagnit nurlanish 
kvantiga aylanishiga va energiya ajralishiga olib keladi. Bu hodisa 
annigilatsiya deyiladi:
 e


e

→ 2γ. 
nafaqat elektron va pozitron, balki barcha zarralar ham o‘z antizarralari 
bilan uchrashganda annigilatsiyaga kirishadi. Boshqacha aytganda, ular 
elektromagnit maydon kvantlariga (fotonlarga) aylanadi.
Ushbu holda annigilatsiya so‘zi uncha qulay tanlanmagan. Chunki u 
lotincha «yo‘qolish» degan ma’noni anglatadi. aslida esa zarra va antizarra 


176
uchrashganda hech qanday yo‘qolish ro‘y bermaydi. Barcha saqlanish 
qonunlari to‘la bajariladi. Materiya modda ko‘rinishidan elektromagnit 
maydon kvantlari ko‘rinishiga o‘tadi, xolos.
energiyasi elektron va pozitronning tinchlikdagi energiyalari yig‘indisidan 
katta bo‘lgan γ-kvant Eγ > 2m
0
c
2
=1,02 MeV yadroning yonidan o‘tganida 
elektron-pozitron juftligiga aylanishi mumkin:
γ → 
e


e
+

elektron-pozitron juftligining paydo bo‘lishi va ularning annigilatsiyasi 
materiyaning ikki shakli (modda va maydon) o‘zaro bir-biriga aylanishlarini 
ko‘rsatadi.
Elementar zarralar ta’sirlashuvining turlari.
Zamonaviy tasavvurlarga 
ko‘ra, tabiatda to‘rt xil fundamental ta’sirlashuv mavjud. Bular kuchli, 
elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion ta’sirlashuvlardir. Bu ta’sir 
lashuv-
larning har birini amalga oshiruvchi zarralar va har biriga mos keluvchi o‘z 
maydonlari mavjud. adronlar – barcha turdagi fundamental ta’sirlashuvlarda 
ishtirok etadilar. Bu sinfga barionlar va π-mezonlar kiradi. Barionlar + 1 
barion zaryadiga, antizarralari esa –1 barion zaryadiga ega. Mezonlarning 
barion zaryadi nolga teng. Barionlarning spini yarim sonli, mezonlarniki 
esa butun son. nuklonlar va nuklonlarga bo‘linadigan og‘irroq zarralar ham 
barionlarga kiradi. Massasi nuklonning massasidan katta bo‘lgan barionlarga 
giperonlar deyiladi.
leptonlar – kuchli ta’sirlashuvdan boshqa har uchchala ta’sirlashuvlarda 
ham ishtirok etadi. leptonlar (“leptos” yunoncha 
– 
yengil) elektronlar, 
pozitronlar, μ – mezonlar va neytrinolardir. Leptonlar + 1 lepton zaryadiga, 
antizarralari esa –1 lepton zaryadiga ega.
fotonlar – gravitasion va elektromagnit ta’sirlashuvlarda ishtirok etadigan 
zarralar.
gravitonlar – faqat gravitatsion ta’sirlashuvda ishtrok etadi deb hisob-
lanuvchi zarralar. garchi oxirgi tajribalar gravitatsion to‘lqinlarni qayd 
etishayotgan bo‘lsa-da, gravitonlarning mavjudligi oxirigacha tasdiqlanmagan.
Barcha elementar zarralar bir-birlariga aylanib turishadi va bu aylanishlar 
ular mavjudligining asosiy omili bo‘lib hisoblanadi.
1964-yilda amerikalik fiziklar M. Gel-Man va J. Sveyglar kvarklar deb 
ataluvchi faraziy zarralar mavjudligini bashorat qilishdi. Ularning fikricha, 
adronlar kvarklardan tashkil topgan. hozirgi kunda ularning mavjudligini 
tasdiqlovchi tajriba natijalari mavjud.


177
kvarklar kuchli, kuchsiz va elektromagnit ta’sirlashuvlarda ishtirok 
etishadi. hammasi bo‘lib kvarklar oltita. Ular lotin harflari bilan 
belgilanib, uchta (u,d), (c,s), (t,b) oilaga bo‘linadi. Oltita kvarkning 
har biri o‘z “hidi” bilan ajratiladi va ular uchta – sariq, ko‘k va qizil 
“rangda” bo‘ladi. Dastlab u, d, s kvarklar kiritildi. keyinchalik esa 
ularga “maftunkor” c (charm), “go‘zal” b (beautn) va “haqiqiy” t 
(truth) kvarklari qo‘shildi. u, c, t kvarklarning elektr zaryadi elektron 
zarralarining +2/3 qismiga, qolganlariniki esa 1/2 qismiga teng. 
antikvarklar mos ravishda qarama-qarshi elektr zaryadiga ega. 
Kvarklarning spini ℏ birligida beriladi. 
kvarkning kattaligi 10
–18
dan 
oshmaydi, ya’ni kvark protondan kamida 10
3
(ming) marta kichik. 
Protonni 
E
≈ 2 · 10
4
MeV energiyali elektronlar bilan bombardimon qilish 
undagi zaryad proton ichida uch joyda mos ravishda + 2/3
q
e
,+ 2/3
q
e
va 
–+ 1/3
q
e
kabi joylashganini ko‘rsatdi.
neytron ham bitta 
va ikkita 
kvarklardan 
tashkil topgan.
Mezonlar kvarklar va antikvarklardan tashkil topgan. Masalan, 
π+-mezon 
dek tashkil topgan. Bu yerda: 
– kvarkning antizarrasi.

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish