Tayanch so’z va iboralar:
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari; iste’molchilar; foydalanuvchilar; mexlat predmeta; mehnat vositasi; ishni bajaruvchi; iqtisodiy-texnik omillar; iqtisodiy omillar; ijtimoiy-iqtisodiy omillar.
Takrorlash uchun savollar.
Axborot – kommunikatsiyalar biznesi tovarlari tarkibita nimalar kiradi?
Axborot mahsulotlarini yigash, saqlash, qayta ishlash va uzatish nima uchun mehnat predmeti sifatida qabul kiliigan?
Axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlarini qo‘llashning texnologik jarayoni tavsifi va tarkiblashtirish tizimining mazmunini tushuntirib bering.
Axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlarining mahsulot sifati da-rajasiga qanday iqtisodiy, texnik va ijgimoiy omillar ta’sir ko‘rsatadi?
5.6-§. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYALAR BOZORI TOVARLARINI QO‘LLASH NATIJASIDA OLINADIGAN IQTISODIY SAMARADORLIKNI HISOBLASH USULLARI
Axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlaridan foydalanish va axborot faoliyatining majmuaviy samaradorligi eng asosiy ko‘rsat-kichlardan biri bo‘lib hisoblanadi:
Ei – axborot samaradorliligi; Eib – axborot – kommunikatsiyalar bozori tovarlaridan foydalanish samaradorligi; Eid – axborot faoliyati samaradorligi.
Axborot – kommunikatsiyalar bozori tovarlaridan foydalanish bir necha sohalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u holda asosiy variant har bir soha bo‘yicha hisoblanadi. Ushbu bozor tovarlaridan t – yilda foydalanishning harajatlarini tejashni bashoratlash quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
(14)
bu yerda: ZTb – t – yilda asosiy texnologiyalardan foydalanish harajatlari miqdori; Zdi – axborot mahsulotlarini qayta ishlashning asosiy texnologiyalaridan foydalangan holda qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflangan harajatlar miqdori; Z – keltirilgan normativ harajatlar, yangi texnologiyalar ishlamay qolgan holda t – yilda j – turdagi ijtimoiy-iqtisodiy natijalar bilan ta’minlanib yangi texnologiyalarni qo‘llash natijasida olingan qo‘shimcha natijalar bilan solishtirish; Zok – keltirilgan normativ harajatlar asosida hisoblanib, ushbu texnologiyalarni qo‘llash natijasida vujudga keladigan k – turdagi ijgimoiy va iqtisodiy salbiy natijalarni qoplashni ta’minlaydi; Zn – t – yilda axborot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha yangi texnologiyalarini qo‘llash natijasida keltirilgan harajatlar.
Axborot – kommunikatsiyalar bozori tovarlaridan foydalanish orqali keltirilgan harajatlar quyidagicha aniqlanadi:
(15)
bu yerda: Zt – t – yilda keltirilgan harajatlar miqdori; S – t – yildagi joriy harajatlar miqdori; K – t – yilda foydalanadigan resurslar; Yent – t – yilda axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlaridan foydalanish samaradorligining me’yoriy koeffitsiyenta. Ushbu texnika va texnolo-giyalarining ma’naviy eskirish muddati 3 – 5 yilni tashkil qiladi.
Yuqorida keltirilgan formula asosida yillik harajatlarni tejashni t – yil bo‘yicha hisoblash, axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlarini qo‘llash har bir soha bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi. Sohalar bo‘yicha axborot – kommunikatsiyalar bozori tovarlardan foydalanish yillik tejamkorlik yig‘indisini (Et) quyidagi formula asosida aniqlash kerak:
(16)
bu yerda: Ek – axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarini t – yil k – sohada qo‘llashning yillik samaradorligi miqdori. Axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlaridan foydalanishning har bir soha va barcha yillar bo‘yicha olingan samaradorlik yig‘indisi suyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |