K. A. Alimov va boshq.; S. S. G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. T.: «Sharq»



Download 1,59 Mb.
bet1/77
Sana09.07.2022
Hajmi1,59 Mb.
#766676
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
__________________________________________________________________
MILLIY
IQTISODDA
AXBOROT
TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI


O‘ Q U V Q O‘ L L A N M A
Akademik S.S.G‘ulomovning
umumiy tahriri ostida

“SHARQ” NASHRIYOT-MATBAA


AKSIYADORLIK KOSPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT – 2004
Mualliflar:
R. X. ALIMOV, B. Yu. XODIYEV, K, A. ALIMOV,
S. U. USMONOV, B. A BEGALOV, N. R. ZAYNALOV,
A. A. MUSALIYEV, F. FAYZIYEVA


Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma // Mualliflar: R.Halimov, B.Yu.Xodiyev, K.A.Alimov va boshq.; S.S.G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. — T.: «Sharq», 2004.— 320 b.
Sarlavhada: O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteta.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada axborot tizimlari va texnologiyalarini milliy iqtisodda qo‘llash asoslari, jumladan, tizimning umumiy tushunchalari, axborot va ma’lumotlar, axborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularni boshqaruvda qo‘llash, axborot xizmatlarining zamonaviy turlari keltirilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
BBK 65.3(5U) – 5ya73+
32.973YA73
© Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2004.
MUNDARIJA
Kirish ........................................................................................................................ 4
1 – b o b. TIZIMLARNING UMUMIY TA’RIFI
1.1-§. Tizim: asosiy tushuncha va ta’riflar................................................................... 9
1.2-§. Boshqaruv tizimi............................................................................................ 14
1.3-§. Boshqaruv tizimi faoliyatining axborot jihatlari............................................ 23
1.4-§. Axborot tizimlari ........................................................ 29
2 – b o b. AXBOROT VA MA’LUMOTLAR
2.1-§. Axborot: asosiy tushuncha va ta’riflar............................................................ 32
2.2-§. Tashkilotning axborot resurslari ........................................................ 37
2.3-§. Axborot va qarorlar qabul qilish.................................................................... 41
3 – b o b. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
3.1-§. Texnologiyalarning umumnazariy jihatlari …............................................... 48
3.2-§. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari...................................................... 51
3.3-§. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining tasnifi ............................. 54
3.4-§. Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bozori ishtirokchilarining tashkiliy-iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish................................................ 61
3.5-§. Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi .......................................................... 69
4 - b o b. AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARI
4.1-§. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining umumiy tavsifi va strukturasi ......77
4.2-§. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi ........................................ 84
4.3-§. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari evolyutsiyasi .................................... 93
4.4-§. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari samaradorligi ................................... 100
4.5-§. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va ri vojlantirishning
zamonaviy tendensiyasi hamda omillari .................................................... 104
5 - b o b. BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
5.1-§. Boshqaruv faoliyatila axborot texnologiyalari ............................................... 107
5.2-§. Tadqiqot va loyihalashda axborot texnologiyalari ......................................... 113
5.3-§. Texnologik jarayonlarning avtomatlashgan boshqarish tizimlari ............. 120
5.4-§. Ekspert tizimlari ...................................................................................... 123 5.5-§. Axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlarini qo‘llashning texnologik jarayoni tavsifi va tarkiblashtirish tizimi.................................................... 131
5.6-§. Axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlarini qo‘llash natijasida
olinadigan iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullari ................................. 138
5.7-§. Elektron darsliklarni yaratish asoslari.......................................................... 144
5.8-§. Multimedia muhitida o‘qitish kurslarini ishlab chiqish ............................. 150
6 - 6 o b. AXBOROT XIZMATINING ZAMONAVIY TURLARI
6.1-§. Axborotni faksimil uzatish......................................................................... 156
6.2-§. Elektron pochta............................................................................................ 158
6.3-§..Videokonferensiyalarni tashkil qilish ............................................................ 160
6.4-§. Internet....................................................................................................... 161
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………………. 167
«Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamo-naviy yuqori texnologiyalar, axborot — kompyuter tizimlari asrida yashayotganimizni unutmasligimiz kerak».


Islom Karimov.


KIRISH


Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan – yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo‘llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushi-rish va keng qo‘llashdan maqsad jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarni hal etishdir.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarida boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan tuliq va o‘z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni hamma joylarda tadbiq etish tushuniladi. Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini hamma joyga tadbiq etish qabul qilinajak qarorlar samarasini oshiradi. Bu faqat mil-liy iqtisod rivojlanishining iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil etish, aholining turmush darajasini oshirish, atrof-muhitni muxofaza qilishga yo‘naltirilgan fundamental va amaliy fanlarda sifatli ilmiy yutuqlarga erishishni ham ta’minlaydi.
Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan o‘rni tobora yuksalmoqda va ular stra-tegik resursga aylangan. Dunyoda jamg‘arilgan axborot va bilimlarning 90%i so‘nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan, ta’limda ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng ko‘lamda samarali foydalanishni talab etmoqda.
Axborot xuddi an’anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo‘lgan resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek mudofaa qobiliyatini ham belgilab beradi, deyishga jiddiy asos bor.
Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanishda ular mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenta sifatada namoyon bo‘ladi. Ayni paytda axborot – bu boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni asrab-avaylashga ko‘maklashuvchi yagona resurs turidir.
Shunday qilib, axborot resurslari zamonaviy axborotlashgan jamiyatda ishlab chiqarishning asosiy qismi bo‘libgina qolmay, balki milliy daromad manbai sifatidagi tovar hamdir.
XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan mehnat resurslarining og‘ishmay axborotlar sohasiga o‘tib borishi tendensiyasi tobora yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish sur’ati o‘sishi va rivojlanishi jarayonida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborot hajmi oshib borayapti. Bu o‘sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon bo‘lmoqda.
Axborot tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga tushadi. Ayni paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanish bo‘yicha eng ko‘p axborotga ega bo‘lgan tizim yutib chiqmoqda.
Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini sanoat rivojlanishi sharoitida bozor iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishining asosiy sohalari u yoki bu ma’noda axborot bilan bog‘liq bo‘lib, ish bilan band bo‘lganlarning 40 – 60 % ini tashkil etadi. Axborot xizmatlari jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadining 10% ini tashkil qilmoqda. Shuning 90% i AQSH, Yaponiya va G‘arbiy Yevropa hissasiga to‘g‘ri keladi.
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o‘z foydalanuvchilariga yetkazishning "usullari va vositalari"ni ishlab chiqish hamda joriy etish jadal sur’atlarda olib borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini yaratishda o‘z aksini topgan.
Axborot texnologiyalari industriyasining yuzaga kelishi ularning axborot jamiyatini yaratishni qanday ta’minlashiga bog‘liq. Axborot texnologiyalari industriyasi axborot mahsulotlari va vositalarini ishlab chiqaradi hamda iste’molchilarga yetkazadi. Axborot mahsulotlari deganda avvalo, an’naviy yo‘l bilan yoki elektron texnika yordamida olingan turli bilimlar sohasi, shuningdek ma’lumot va axborotning boshqa shakllari tushuniladi.
Shaxsiy kompyuterlarning (SHK) ommaviy ravishda ishlab chiqa-rilishi ayniqsa axborot texnologiyalari sanoati uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. SHKlar inson faoliyatining deyarli barcha sohalariga kirib bordi va mutaxassislarning bilimlar manbaiga kirib borishi hamda uni bevosita qayta ishlash jarayonida qatnashish imkoniyatini kengaytirdi.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini ta’lim tizimida qo‘llashda shaxsiy kompyuterning tutgan o‘rni oshib bormoqda. 2000 yilda AQShda 1000 kishiga 500 ta kompyuter to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, axborotlashgan iqtisod hali kirib bormagan mamlakatlarda ahvol ancha jiddiy. Ya’ni Braziliyada – 24, Rossiyada – 31, Turkiyada – 20, Hindistonda esa – bu raqam 3 taga to‘g‘ri kelmoqda. Internet orqali savdo-sotiq qilish kundan-kunga ortib borayapti, jumladan AQShda SHK Internet tizimiga ulangan oilalarning 47 % i elektron magazinlardan tovarlar sotib olishmoqda. Axborotlashgan Iqtisod yangi ish o‘rinlarini barpo etmoqda. Xizmatchilar o‘z ish joyini AQShda o‘rta hisobda 4 yilda, Yevropada esa 8 yilda almashtiradi. Bunday sharoitda uzluksiz ta’limni axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarisiz yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi.
Axborot texnologiyalari rivojlanishi bevosita iqtisodiy ob’ektlarning axborot tizimlaridan foydalanishi bilan bog‘liq. Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassislarga, texnik xodimlarga axborotni qayta ishlash va qarorlar qabul qilishda hamda to‘liq va ishonchli bo‘lgan zamonaviy axborot tizimini yaratishda ko‘mak beradi.
Axborot texnologiyalari ma’lumotlarni qayta ishlashning mustaqil tizimi sifatida ham, funksiyaviy tarkibiy qism sifatida ham ishlaydi va yanada yirik tizim doirasida boshqaruv jarayonini ta’minlaydi. Bunday tizimlar qatoriga sanoat korxonalari, firma-lar, korporatsiyalar, moliya-kredit va tijorat-savdo tashkilotlari, ishlab chiqarish va xo‘jalik jarayonlarining avtomatlashtirilgan boshqarish, ilmiy tajribalar, iqtisodiy-matematik modeli, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi, kutubxona xizmati va boshqa bir qator sohalar kiradi.
Jahonda ta’lim tizimi tezkor sur’atlarda taraqqiy etib bormoqda. Misol uchun Gollandiyani olib qaraydigan bo‘lsak, yuqori saviyaga ega bo‘lgan bitiruvchilar ishsiz qolmoqda. Shuning uchun ham yetkazayotgan kadrlarimizga bo‘lgan talab darajasini yaqindan o‘rga-nishimiz kerak. Agar ichki bozorimizda bunday kadrlarga ehtiyoj bo‘lmasa, Internet orqali tashqi bozorda ularga bo‘lgan talabni qidirib topishimiz kerak. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, AQSH universitetlaridagi professorlarning 85 % ini hindistonliklar tashkil qiladi. Ularning ushbu yutuqlarga erishishini avvalo aniq fanlarni chuqur bilishi, chet tillarini mukammal o‘rganganligi va axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini milliy iqtisod va ta’lim sohalarida samarali qo‘llay bilishi bilan izohlash mumkin.
Hozirgi kunda nafaqat ta’lim sohasiga, balki milliy iqtisodning barcha tarmoqlariga Internet, elektron tijorat, elektron biznes, virtual tijorat, virtual ta’lim, masofaviy o‘qitish, virtual stend texnologiyalari keng ko‘lamda kirib kelmoqda.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining hayotimiz barcha jabhalariga kirib kelishi biznes va ta’limni yo‘lga qo‘yish mexa-nizmlarini tubdan o‘zgartirib bormoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, jahon iqtisodiyotining globallashib borayotganida Internet orqali ta’lim xizmatlarini taklif etish borasida mehnat bozorining hajmi cheksizdir.
Milliy iqtisodimizga axborot-kommunikatsiyalar texnologiya-larining kirib kelishi, ma’lumotlar bazalarida jamg‘arilgan axborotlarning xavfsizligini ta’minlash muammosini keltirib chiqarmoqda. Axborotga hujum qilish deganda korxonaga katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan axborot bilan ishlash qoidalarining qayerdan buzilishi tushuniladi.
Ko‘p hollarda yovuz niyatli kishilar kompyuter tizimiga kirishga yoki qarshiliksiz kirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, yoki tizimning oshkora xatolaridan, yoki himoya dasturlarini joriy qilishdagi xatolardan foydalanishadi.
DataPro Research tadqiqot markazining keyingi yillardagi axborotlariga ko‘ra elektron axborotlar shikastlanishining asosiy sabablari quyidagicha taqsimlandi: insonning bexosdan xatosi – 52%, insonning qayeddan harakatlari – 10%, texnikaning buzilishi – 13%, yongan natijasida shikastlanishlar – 15%, suvdan shikastlanish – 10%. Har o‘nta holatdan birida elektron ma’lumotlarning shikast-lanishi qayeddan harakatlar bilan bog‘liqligi ko‘rinib turibdi.
Axborotlarga nisbatan uyushtirilgan hujumlarning oqibatlari nimalarda ko‘rinadi? Albatga, bizni birinchi navbatda, iqtisodiy zarar qiziqtiradi. Jumladan:

  • tijorat axborotini oshkora qilish, bu bevosita bozordagi vaziyatga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin;

  • katta hajmdagi axborotning o‘g‘irlanishi haqidagi xabar firma obro‘yiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, bilvosita savdo operatsiyalari hajmining pasayishiga olib keladi;

  • raqobatchi firmalar o‘g‘irlangan axborotdan foydalanishlari mumkin. Ya’ni, agar o‘g‘irlik holati sezilmay qolsa, firmani to‘liq inqirozga uchrashi uchun o‘nta ziyonli bitimlarni majburlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Axborotni uzatish hamda saqlashda uni almashtirib qo‘yish firmaga katta ziyon yetkazishi mumkin. Ya’ni, biror axborot xizmati ko‘rsatuvchi firmaga ko‘p marta muvaffaqiyatli hujumlar uyushtirilsa, mazkur firma o‘z mijozlarining firmaga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi va bu daromad hajmiga ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda kompyuter viruslari hamda yovuz niyatli maqsad-larda ishlatiluvchi turli xil dasturlar ana shunday g‘arazli niyatlar vositalaridan biri bo‘lib qoldi.
Panda Software kompaniyasining 2003 yil mart oyida bergan ma’lumotlariga qaraganda, shu oyda ma’lumotlarning viruslar bilan zararlanishi bo‘yicha holatlarning 13,8 % iga Klez.I virusi, 7 % iga NiceHello virusi, 6 % iga esa Enerkaz virusi sababchi bo‘lgan.
Albatga, kompyuterga hujumlar nafaqat moddiy, balki juda katta ma’naviy zarar ham yetkazishi mumkin, chunki foydalanuvchilar-ning axborotlarga bo‘lgan ishonchi pasayadi, kompyuter xotirasidagi axborotlarni birlamchi holatiga keltirish ancha qiyin bo‘ladi.
Mualliflar jamoasi ushbu o‘quv qo‘llanmani yanada takomil-lashtirish borasida bildiriladigan barcha fikr va mulohaza hamda tanqidiy qarashlarni bajonidil qabul qilishga tayyor.
O‘quv qo‘llanmani tarkiban va mazmunan tayyorlashda o‘zlarining qimmatli fikr va mulohazalarini ayamagan akademik V.K.Qobulovga o‘z minnatdorchiliklarimizni bildiramiz. Shuningdek, shaxsiy kompyuterga matnlarni kiritishdagi yordami uchun O.Sidiqov, U.Bekmurodovlarga o‘z tashakkurimizni izhor etamiz.



Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish