axborot – kommunikatsiyalar biznesi tovarlaridan foydalanish darajasi ulardan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan mahsulot hajmining umumiy ishlab chikilgan mahsulot hajmiga nisbati bilan aniqlanadi (% hisobida);
axborot – kommunikaxshyalar biznesi tovarlarining solishtirma og‘irligi, ushbu tovarlar umumiy narxining boshqarish ob’ektidagi uskunalar umumiy narxiga nisbati bilan aniqlanadi (% hisobida);
kelajakda takomillashib boradigan texnologik jarayonlarning solishtirma og‘irligi, ushbu texnologiyalar asosida ishlab chikilgan mahsulot hajmining umumiy ishlab chiqilgan mahsulot hajmiga nisbati bilan aniqlanadi (% hisobida);
fondlarning yangilanish koeffitsiyenti, ushbu davrda kiritilgan asosiy fondlar narxining umumiy narxga nisbati orqali ifodalanadi (% hisobida);
b) iqtisodiy omillar:
yuqori sifatli mahsulotlar hajmini ko‘paytirish maqsadida axborot – kommunikatsiyalar biznesi tovarlarini sotib olish uchun ajratilgan moliyaviy harajatlar, so‘mhisobida;
yuqori sifatli bo‘lganligi uchun daromadlarning oldingi davrga nisbatan ko‘payish miqdori (so‘m hisobida);
axborot – kommunikatsiyalar biznesi tovarlarini jalb etish natijasida olingan iqtisodiy samaradorlik darajasi(so‘m hisobida);
v) ijtimoiy-iqtisodiy omillar:
ishchilarning malakasi oshganligi darajasi. Ya’ni – axborot-kommunika-tsiyalar texnologiyalarini mukammal egallash yo‘lida o‘z malakasini oshirgan ishchilar sonining umumiy ishchilar soniga nisbati (%hisobida);
ishchining o‘rtacha oylik haqi (so‘m hisobida);
mahsulot sifatini oshirish natijasida olina-digan mukofotlar miqdori (sum hisobida).
Taklif etilgan mazkur yondashishdan O‘zbekiston Respublikasi viloyat-lari miqyosida keng foydalanilsa quyidagi imkoniyatlarga erishish mumkin:
viloyat boshqaruvi miqyosida zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlaridan kompleks foydalanishni ta’minlaydi. Bu esa undagi barcha boshqarish darajalarining mehnat unumdorligini yuksaltirishga katga imkon beradi;
korporativ axborot tizimlarini yaratish, qo‘llash va rivojlantirish yo‘lida hamda avtomatlashtirilayotgan jarayonlarning axborot va funksional modellari dasturiy – texnik asosini tashkil toptirishda katta yordam beradi;
viloyat boshqaruvi korporativ axborot tarmog‘ining jahon axborot resurslariga kirib borishiga imkon beradi;
axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlari asosida viloyatning barcha boshqaruv darajalarida boshqaruv masalalarini to‘g‘ri va oqilona yo‘lga qo‘yishda keng shart – sharoit yaratadi.
Shunday qilib, biz taklif kilayotgan axborot – kommunikatsiyalar biznesi tovarlaridan foydalanishning texnologik jarayoni tasnifi va tarkiblashtirish tizimidan nafaqat viloyat miqyosida, balki bosh-qaruv sub’ektlarining barcha pog‘onalarida ham ilmiy asoslangan holda foydalanish mumkin.