3 - b o b.
AXBOROT TEXNOLOGNYALARI
«Mashina ishlashi, inson
esa o’ylashi kerak».
IBM firmasi prinsipi.
3.1-§. TEXNOLOGIYALARNING UMUMNAZARIY
JIHATLARI
Texnologiyalar. «Texnologiya» grekcha so‘z bo‘lib (techne) mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan qo‘llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo‘naltirilgan xatti-hara-katlar majmui tushunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy xollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jara-yonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o‘zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullari-ning majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
Axborot texnolognyalari to‘g‘risida gap ketganda, material sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq, bu ob’ekt, jarayon yoki hodisa to‘g‘risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo‘ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo‘ladi.
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning boshidan oxirigacha bo‘lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy elementlarining (texnologik operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va prinsiplar orqali, ikkinchidan, mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish uchun jalb etish mumkin bo‘lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning prinsipial imkoniya-tini tavsiflab beradi. Ularning asosini inson tomonidan o‘rganilgan (balki to‘liq. emas) tabiiy (fizik, kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur soha mutaxassislarining ilmiy izlanishlari natijasida tuplangan tajribani aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil etiish mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya usullar va prinsiplarni belgilovchi butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham turlicha. Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi.
Uslublar va prinsiplarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga nisbatan ta’siri har xil bo‘lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub yoki prinsiplarning ishlab chiqarishga nisbatan ta’siri hisobga olinmasligi mumkin.
Uslub va prinsiplar ishlab chiqarishning oxirgi jarayonidagi mahsulotni olishni belgilab beradi. Ushbu mahsulotni olishga erishish uchun, ishni kim va qanday bajarish davomiyligi aniq belgilangan bo‘ladi. Mahsulotni yaratish jarayonida turli xil ishni amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan asbob-uskuna vosita-lari texnologiya tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Asbob-uskuna vositalarining mavjudligi (yoki bo‘lmasligi) tayyor mahsulot ko‘rinishida natijalar olish uchun zarur bo‘lgan texnologik operatsiya-lar ro‘yxatini belgilaydi. Agar uni yaratish bo‘yicha belgilangan barcha funksiyalar amalga oshirilsa (asbob-uskuna vositalari yordamida yoki ularni qo‘llamasdan), amalda usha buyumni olish texnologiyasini ish-lab chiqish mumkin. Aksincha, ayrim funksiya-lar bajarilmasa yoki mav-jud asbob-uskunalar bilan uni bajarish o‘ta murakkab bo‘lsa, u holda tegishli operatsiyani bajara oladigan asbob-uskunalarni yaratish vazi-fasi qo‘yiladi yoki bunday texnologiyani yaratish imkoniyati yo‘qligi haqida qaror qabul qilinadi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi deganda tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali belgi-lanadigan xom ashyo, material holati, xususiyati va shaklining o‘zgarish jarayoni tushuniladi. Texnologiya moddiy maxrulot olish maqsadida materialning sifati yoki boshlang‘ich holatini o‘zgartiradi (1.10-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |