Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

156
Jyul Vern
odamdan sira qo‘rqmaydi, San-Feliche qo‘rg‘onida ular 
qanotlarini qoqib «ter-ter» deb uchgani uchgan, – dedi.
– Eh, qachon yetamiz u yerga! – deb hovliqardi kich-
kina Jek.
San-Feliche qo‘rg‘oniga tezroq yetib borish uchun 
yo‘lda ozroq to‘xtash kerak edi. Shuning uchun missis 
Ueldon bilan sheriklari yo‘lda kamroq to‘xtashga qaror 
berdilar.
O‘rmonning ko‘rinishi o‘zgara boshladi. O‘rmon ichi-
da yalang joylar uchray boshladi. Qalin o‘sgan o‘tlar 
ichidan pushti va ko‘k rangli toshlar (granit bo‘lmasin 
yana?) ko‘rinardi. Qay bir adirlarda sassaparel o‘simligi 
uchrar edi. Bular orasidan o‘tish juda qiyin edi. Undan 
ko‘ra qalin o‘rmon ichidagi tor so‘qmoqlardan yurish 
sayohatchilarga yaxshiroqday tuyular edi.
Kun botguncha ular taxminan sakkiz mil yo‘l yurish-
di. Birinchi kun yo‘l yurishdan sayohatchilar unchalik 
charcha madilar va hech qanaqa voqea ham yuz bermadi. 
Albatta, bu faqat birinchi kungina edi, shuning uchun 
kelgusida qiyin chiliklar bo‘lishi turgan gap edi. Hamma-
ning roziligi bilan dam olgani to‘xtashga qaror qilindi. Bir 
kecha tunab ketish uchun ataylab lager qurib o‘tirishning 
hojati yo‘q edi. Shuning uchun ular qoq yerda yotishaver-
dilar. Yerlik qabilalar yoki yirtqich hayvonlarning hujum 
etish ehtimoli yo‘q bo‘lganidan, har ikki soatda bittadan 
qorovul almashinib tursa, bemalol bo‘laverar edi.
Sayohatchilar tunagani eng katta mango daraxti tagiga 
joylashishdi. Bu daraxtning har yoqqa tarqalgan shox-
lari va qalin barglari go‘yo qo‘lda qilingan katta gobirga 
o‘xshardi.
Sayohatchilar bu daraxt tagiga joylashib ham ulgur-
masdanoq, daraxt tepasida allaqanday qiy-chuv boshlandi.
Qarasalar, bu daraxt tepasida eng mahmadona, eng 
to‘po lonchi va eng yovvoyi to‘tiqushlar uyasi bor ekan. 
Ammo shuni aytish kerakki, Yevropa hayvonot bog‘larida 
saqlanadigan to‘tiqushlarga qarab, to‘tiqushlar shunaqa 
bo‘lar ekan, deyish un chalik to‘g‘ri bo‘lmaydi.


157
«O‘n besh yoshli kapitan»
To‘tiqushlar shunaqangi to‘polon ko‘tarishdiki, Dik 
Send ularni miltiq otib haydamoqchi ham bo‘ldi. Ammo 
Gerris, o‘rmonda borligimizni bildirish yaxshi emas, de-
gan bahona bilan uni to‘xtatdi.
– Shovqin-suron qancha kam bo‘lsa, yo‘l ham shuncha 
xatarsiz bo‘ladi, – dedi Gerris.
Kechki ovqat ham tayyor bo‘ldi – buning uchun gulxan 
yoqishning ham hojati bo‘lmadi. Ovqat – konserva bilan 
suxaridan iborat edi. Sayohatchilar yaqin joydagi buloq-
dan mazali suv ichdilar. Meva bo‘lsa shu yerning o‘zida – 
mango daraxti shoxlarida osilib yotar edi, to‘tiqushlarning 
hayqirig‘iga qaramasdan, uzib olinaverdi.
Sayohatchilar ovqat yeb bo‘lguncha qorong‘i ham 
tushib qoldi. Soyalar asta-sekin yerdan daraxt tepasi-
ga ko‘tarildi. Osmon yorug‘ligida barglar an chagacha 
ko‘rinib turdi. Onda-sonda yulduzlar charaqlay boshladi. 
Ular barglar orasidan mo‘ralab turuvchi gulga o‘xshar 
edi. Qorong‘i tushishi bilan shamol ham to‘xtadi, tinch 
havoda barglar sira qimirlamas edi. Hatto to‘tiqushlar 
ham jimib qoldi. Tabiat uyquga kirgan va butun tirik 
mavjudotni ham uxlashga chaqirar edi.
Tunashga hozirlik ko‘rish ham juda oson bo‘ldi.
– Kechasiga gulxan yoqib qo‘ysakmikin? – deb so‘radi 
Dik Send Gerrisdan.
– Hojati yo‘q, – dedi Gerris. – Hozir kechalari issiq, bu 
azamat daraxt esa biz uchun panoh. Demak, bizga sovuq 
ham tegmaydi, shudring ham tushmaydi. Men yana 
boyagi gapimni takrorlayman, do‘stim: bilintirmasdan, 
asta ketaverishimiz kerak. Miltiq otishning ham, gulxan 
yoqishning ham keragi yo‘q.
– Men bilaman, – deb gapga aralashdi missis Ueldon, 
– siz aytgan ko‘chmanchi qabilalarni nazarga olmaganda, 
mister Gerris, amerikalik hindulardan qo‘rqmasak ham 
bo‘laveradi... Biroq, o‘rmonda to‘rt oyoqli ko‘chmanchilar 
ham bor... Ularni gulxan yoqib haydash yaxshi emasmi?
– Missis Ueldon, bu yerdagi to‘rt oyoqlilar uchun 
gulxan yoqib o‘tirish arzimaydi. Odamlar ularga ro‘para 


158
Jyul Vern
kelishdan qo‘rqmaydi, balki ular odamga ro‘para kelish-
dan qo‘rqadi.
– Biz o‘rmondamiz, – dedi kichkina Jek, – o‘rmonda 
esa yirtqich hayvonlar ko‘p bo‘ladi.
– Har xil o‘rmonlar bo‘ladi, yirtqich hayvon lar ham har 
xil bo‘ladi, og‘ayni, – deb javob qaytardi Gerris, kulib. – 
O‘zingni kattakon bog‘da yurganday his qilaver. Bilsang, 
yerlik hindular o‘z mamlakatini «dunyo jannati» deb 
atashlari bejiz emas.
– Bu yerda ilon yo‘qmi? – deb so‘radi Jek.
– Yo‘q, o‘g‘lim, – deb javob qaytardi missis Ueldon. – 
Bu yerda hech qanday ilon bo‘lmaydi. Bemalol uxlayver.
– Arslonlar-chi? – deb so‘radi Jek.
– Hech qanaqa arslon yo‘q, chirog‘im, – deb javob 
qaytardi Gerris.
– Yo‘lbarslar-chi?
– Onangdan so‘ra-chi, Janubiy Amerikada yo‘lbars 
borligini eshitganmikan?
– Hech eshitganim yo‘q, – dedi missis Ueldon.
Bu gaplarni ittifoqo eshitib qolgan Benedikt tog‘a:
– Yangi dunyoda arslonlar ham bo‘lmaydi, yo‘lbarslar 
ham, deganlari to‘g‘ri. Ammo ular o‘rniga qoplonlar bor.
– Ular ham yomonmi? – deb so‘radi Jek.
– Be! – dedi Gerris. – Yerliklar ular bilan yakkama-yak-
ka olishaveradilar. Biz ko‘pmiz, qurollarimiz ham yomon 
emas. Gerkulesning bir o‘zi ikki qo‘li bilan ikkita qoplonni 
bo‘g‘ib tashlaydi.
– Hoy, Gerkules, tag‘in uxlab qolma! Agar meni qoplon 
tishlayman desa...
– Men uning o‘zini tishlab olaman! – deb javob berdi 
Gerkules, katta tishlarini irjaytirib.
– Siz qorovullik qilasiz, Gerkules, – dedi Dik Send, – 
sizdan keyin men qorovullik qilaman.
– Yo‘q, kapitan Send, – deb qo‘ymadi Akteon. – Gerku-
les, Bat, Ostin hamda men qorovullikni qilaveramiz. Siz 
bu kechasi dam olishingiz kerak.
– Rahmat, Akteon, – dedi Dik Send, – lekin, bugun men...


159
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Bugun hech nima qilmaysan, bu azamat yigitlarning 
gapiga quloq sol! – dedi missis Ueldon.
– Men ham qorovul bo‘laman, – deb bidirladi kichkina 
Jek, ko‘zlari yumilib ketayotganiga qara masdan.
– Xo‘p, mayli, – dedi unga onasi bola bilan aytishib 
o‘tirishni istamasdan.
– Agar bu o‘rmonda arslonlar bilan yo‘lbarslar bo‘lma-
sa, bo‘rilar bordir axir? – deb bijirladi bolasi tushmagur.
– Bor-u, lekin asl bo‘ri emas, chiyabo‘rilar, ularni 
o‘rmon iti deyishadi, – deb javob qaytardi Gerris.
– Chiyabo‘rilar ham qopadimi? – deb so‘radi Jek.
– Sening Dingo iting chiyabo‘rini bir yamlab yutib 
yuboradi!
– Chiyabo‘rilar ham bo‘ri ekan-da, – dedi Jek qattiq 
esnab olib, – bo‘lmasam, nega ularni bo‘ri deyishadi?..
Shu gaplarni aytdi-yu, bolasi tushmagur, daraxt tagi-
da o‘tirgan Nan kampirning qo‘lida uxlab qol di. Missis 
Ueldon uxlab qolgan o‘g‘lini cho‘lpillatib bir o‘pdi-da, 
uning yoniga yotib, charchagan ko‘zlarini yumgancha 
uyquga ketdi.
Shundan bir necha daqiqa keyin Gerkules Bene-
dikt tog‘ani sudrab, odamlar yotgan joyga olib keldi. 
Benedikt tog‘a yaltiroq tillaqo‘ng‘iz tutgani o‘rmonga 
jo‘nab qolmoqchi bo‘lgan edi, bo‘lmadi. Orqasidagi ikki 
joyidan ko‘kish yorug‘lik sochadigan bu hasharotlar 
Janubiy Amerikada juda ko‘p uchraydi. Ularni yerliklar 
bezak uchun sochiga taqadi. Benedikt tog‘a shunaqa 
qo‘ng‘izlardan anchasini tutmoqchi bo‘lgan edi-yu, lekin 
Gerkules bunga sira yo‘l qo‘ymadi. U olimni o‘z holiga 
qo‘ymasdan, sudrab joyiga olib kelib qo‘ydi. Gerkules 
juda intizomli yigit edi, u biron buyruq olsa, uni yeriga 
yetkazmagunicha qo‘ymasdi, buyruqni harbiychasiga 
aniq bajarardi. Shunday qilib, Gerkules bir qancha 
tillaqo‘ng‘izlarni hasharotshunos olimning qutisiga 
tushishdan saqlab qoldi.
Qorovullik qilayotgan Gerkulesdan boshqa sayo-
hatchilar tez orada qattiq uyquga ketdilar.


160
Jyul Vern

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish