Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

154
Jyul Vern
Ular, tush paytida birpas dam olgandan keyin, daryo 
yoqalab ketgan baland tog‘ning etagidagi adirlarga chiqa 
boshladilar.
Bu yerlarda o‘rmon siyraklasha boshlagan va daraxt-
larning soyasi ham unchalik quyuq emas edi. Ammo 
yo‘l baribir yaxshilanmadi, chunki qalin o‘sgan baland 
o‘tlar yo‘lni to‘sib turar edi. Bu yer Sharqiy Hindistondagi 
odam kirmas qalin changalzorning xuddi o‘zginasi edi. 
O‘simliklar daryoning dengizga quyiladigan joyidagi kabi 
unchalik qalin bo‘lmasa ham, lekin yangi va eski dunyo-
ning mo‘tadil o‘lkalaridan ko‘ra qalinroq edi. Har yer-har 
yerda indigonoska o‘simliklari ko‘rinar edi. Gerrisning 
aytishicha, bu o‘simlik juda beor bo‘lib, agar dehqon yeri-
ga sal qaramay qo‘ysa, yerni darrov shu o‘t bosib ketar 
ekan. Yevropada tikanakka qanday beparvo bo‘lishsa, 
bu o‘simlikka ham bu yerda shunday qarashar ekan.
Ammo o‘rmonda kauchuk daraxtlari hech ham yo‘q 
edi. Holbuki, Fisus prinoides, Ctstilloa elastica, Cecropia 
peltata Collsphora utilis, Camerania latifolia siphonia 
elastica va boshqa o‘simliklar Janubiy Amerika o‘rmon-
larida odatda ko‘p uchrab turguvchi edi. Sayohatchilar 
birorta ham kauchuk daraxti ko‘rinmaganiga juda hay-
ron edilar.
Dik Send o‘z do‘sti Jekka kauchuk daraxtini ko‘rsa-
taman deb allaqachon va’da bergan edi. Bola juda xafa 
bo‘lgan edi, chunki u koptok, rezinka o‘yinchoqlar, gapir-
adigan rezinka masxarabozlar – hammasi ham shu kau-
chuk daraxtida o‘zidan-o‘zi o‘saverar ekan, deb o‘ylar edi.
Jek o‘z dodini onasiga aytib shikoyat qildi.
– Sabr qil, jonginam, – dedi Gerris unga. – Bizning 
qo‘rg‘onimiz atrofida bundaqangi daraxt lar to‘lib yotibdi.
– Ular asl rezinkadan qilinganmi? – deb so‘ra di kich-
kina Jek.
– Rezinkaning o‘zginasidan! Hozircha mana bu nokdan 
bir yeb ko‘r-chi.
Gerris shu so‘zlarni aytar ekan, daraxtdan xud di 
shaftoliga o‘xshagan bir necha dona meva uzib oldi.


155
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Bu mevalar zaharli emasmi? – deb so‘radi missis 
Ueldon.
– Yo‘q, missis Ueldon, mana o‘zim ham yeb ko‘rsata-
man. Bu mango daraxtining mevasi bo‘la di, – dedi Gerris, 
haligi mevani oq tishlari bilan tishlab yeya boshlab.
Jek ham ko‘p o‘ylanib turmasdan mevani yedi. Bu 
mavsumda boshqa mevalar hali pishganicha yo‘q edi, 
shuning uchun «nok» muddaodagidek ish bo‘ldi.
– Juda shirin ekan, juda, – dedi bola, og‘zi to‘la «nok» 
yeb turib.
– Agar yaxshi bola bo‘lsam, Dik menga, rezin ka darax-
tini ko‘rsataman, deb edi. Rezinka darax tini ko‘raman!
– O‘g‘lim, birpas sabr qil! – deb bolani ovutmoqchi 
bo‘ldi missis Ueldon. – Mister Gerris senga va’da qildi-
lar-ku...
– Undan boshqa, – deb xiqillab yig‘ladi Jek. – Dik 
menga va’da qilib ediki...
– Dik senga tag‘in nima va’da qilib edi? – deb so‘radi 
Gerris jilmayib.
– Pashsha qushni ko‘rsataman deb va’da qilib edi!
– Pashsha qushni ham ko‘rasan, do‘stim! Lekin hozir 
emas, keyinroq ko‘rasan, – deb javob qildi Gerris.
Jekning juda chiroyli zig‘irdek bo‘lgan pashsha qushini 
ko‘rsatinglar, deb turib olishi ham to‘g‘ri edi, chunki ular 
sayohat qilayotgan mamlakatda bu qushchalar juda ko‘p 
edi. Hindlar bu qushchalarni juda siylab «oftob nuri», 
«gullar shohi», «osmon guli», «kunduz kuni yarqiraydigan 
guldasta» der edilar...
Bu ajoyib qushchalar bir yuz ellik xil bo‘lar ekan. Yer-
lik hindlar ularning har bir xiliga yarasha she’riy nomlar 
qo‘yishgan ekan.
Biroq, hamma sayohatchilar: Boliviya o‘rmonlarida 
pashsha qush juda ko‘p, deb aytgan bo‘lsalar ham, lekin 
kichkina Jek Gerrisning quruq va’dasi bilan qanoatlanib 
qo‘ya qoldi, Gerrisning aytishicha, hali ular dengizdan 
olislanib ketganlari yo‘q, pashsha qushlar esa, dengiz 
havosini yoqtirmas ekan. Gerris Jekka: – Bu qushchalar 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish