Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

38
Jyul Vern
– O‘zim ham bilaman! – deb afsuslangandek yelkasini 
qisdi Benedikt tog‘a. – Men kayutalarni allaqachon xo‘b 
titkilab chiqdim...
– Agar qiziqsangiz, tryumda suvaraklar topilib qolsa 
ajab emas, – dedi kapitan Gul, yana gapini davom ettirib.
– Albatta qiziqaman! Suvaraklar hamma narsani 
yeyveradigan hasharotlar bo‘lib, ular...
– Hamma joyni iflos qiladilar... – deb qo‘shimcha qildi 
kapitan Gul.
– Ular kemada podsho bo‘lib olishibdi! – deb uning 
so‘zini tuzatdi Benedikt tog‘a maqtanganday bo‘lib.
– Suvaraklar podsholigi ekan-a!
– Ana xolos, taqsirim, entomolog emasligingiz ko‘rinib 
turibdi!
– Zinhor.
– Menga qarang, Benedikt tog‘a, – dedi kulimsirab 
missis Ueldon, – ishqilib, fanga foyda bo‘lsin deb bizlarni 
suvaraklarga yem qilib qo‘ymang tag‘in?
– Yo‘g‘-e, men sizlardan hech narsa talab qilayotganim 
yo‘q, jiyanim Ueldon! Men kolleksiyamni boyitadigan bironta 
nodir hasharot topilib qolmasmikan, degan umiddaman.
– Demak, siz Yangi Zelandiyada topgan hasharot-
laringizdan rozi emas ekansiz-da?
– Yo‘q, jiyanim Ueldon, juda ham roziman. Men u 
yerda bir dona yovvoyi qo‘ng‘iz topdim. Mendan ilgari 
olimlar bunday qo‘ng‘izni faqat Yangi Kaledoniyadagina 
bo‘ladi, der edilar.
Shu topda Jek bilan o‘ynayotgan Dingo Benedikt tog‘a 
oldiga chopib keldi.
– Qoch, ket! – deb haydadi itni tog‘a tushmagur.
– Iye, janob Benedikt! – deb xitob qildi kapi tan Gul. – 
Bu qanaqasi, suvaraklarni yaxshi ko‘rasiz-u, itni yomon 
ko‘ra sizmi?
– Yana tag‘in shunaqangi yaxshi itni-ya?! – dedi kich-
kina Jek, ikki qo‘li bilan Dingoning boshidan quchoqlab.
– Ha, shunday... – deb g‘uldiradi Benedikt tog‘a. – 
Chunki bu yaramas jonivor mening umidimni puchga 
chiqardi.


39
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Qanday qilib, Benedikt tog‘a! – dedi missis Ueldon. 
– Nahotki, siz Dingoni ham ikki qanotlilar yoxud parda 
qanotlilar qatoriga kirgizmoqchi bo‘ldingiz?
– Yo‘q, – deb jiddiy javob qaytardi olimimiz. – Dingo 
Avstraliya naslidan bo‘lsa ham, G‘arbiy Afrika qirg‘og‘idan 
topib olingan-ku!
– To‘g‘ri aytasiz, – deb uning gapiga qo‘shildi missis 
Ueldon. – Tom buni «Valdek» kemasida eshitgan ekan.
– Shuning uchun... men... bu jonivorning ustida faqat 
G‘arbiy Afrikada bo‘ladigan bironta hasharot topilib qol-
masmikan, deb umid qilgan edim.
– Yo xudo! – deb nido qildi missis Ueldon.
– Ehtimol, undan bironta noma’lum turdan bo‘lgan 
burga-murga topilib qolsa deb...
– Hoy, Dingo, eshitayotibsanmi? – dedi kapi tan Gul. 
– Eshitayotibsanmi? Sen o‘z vazifangni bajarmabsan.
– Uning yungini tarashim behuda ketdi, – dedi ento-
molog alamidan. – Unda birorta ham burga topilmadi-ya!
– Aminmanki, agar burga topganingizda o‘ldirardin-
giz-qo‘yardingiz-da? – dedi kapitan.
– Shuni bilib qo‘yingki, taqsir, – deb quruqqina qilib 
javob qaytardi Benedikt tog‘a, – janob Jon Franklin
13
hasharotlarni, hattoki burgadan ham yomonroq chaqa-
digan amerika chivinlarini ham hech qachon o‘ldirmas 
edi. Janob Jon Franklin dengizchi bo‘lganda ham tengi 
yo‘q dengizchi bo‘lganini bilsangiz kerak deyman?
– To‘g‘ri aytasiz! – deb bosh egib javob qay tardi kapi-
tan Gul.
– Bir kuni uni iskabtopar qattiq chaqib olibdi. Ammo 
Franklin unga qarab bir puflabdi-da: «Marhamat qilib, 
jo‘nab qoling. Har ikkimiz uchun ham olam keng!» – debdi.
– Ha-ha! – dedi kapitan Gul ma’nodor qilib.
– Shunday, taqsir!
Janob Benedikt, bu so‘zlarni Franklindan an cha 
ilgari boshqa bir kishi aytganligini bilmaysizmi?
13
Jon Franklin – ingliz dengizchisi va qutb o‘lkalarini tek-
shirgan shaxs (1786–1847).



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish