Jurnalistikasi



Download 10,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/61
Sana25.04.2022
Hajmi10,04 Mb.
#580225
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61
Bog'liq
Jahon jurnalistikasi tarixi (F.Mo\'minov, A.Nurmatov) (1)

Hozirgi
kunda bu 
gazeta nafaqat
Misrda, balki butun Yaqin Sharqda eng nufuzli nashrlardan hisoblanadi. 
Ingliz tilidagi «Ijipshn gazett» nashri esa 1880-yili tashkil etilgan. G rek 
tilidagi «Taxidromas Egiptes» (M isr kureri) kundalik gazetasi 1882-yildan 
boshlab chiqayapti. Fransuz tilidagi kundalik «Progre ejipsen» (M isr 
taraqqiyoti) gazetasi 1890-yildan nashr qilinib kelinmoqda. Arab tilida 
chiqadigan adabiy jum al «Al-Hilol» (Yarim oy) esa 1895-yildan buyon 
chop etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Alohida davlat hisoblangan Vatikan shahrida 1861-yildayoq gazeta 
chiqarish yo‘lga q o ‘yiIgan. «OccepBaroe 
poMaHo» 
(Rim lik sharhlovchi), 
gazetasi shulardan bin bo‘lib, u siyosiy-diniy yo‘nalishga ega edi.
Xulosa qilib aytganda, XIX asrda matbaa texnikasining taraqqiy etganligi 
m atbuot ra\Tiaqida asosiy poydevor boldi. Bu texnologiyalar rivoj topib, tako- 
millashgani sari gazeta, jum al, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini ishlab 
chiqarish ham sifat, ham m iqdor jihatidan rivojlanib boraverdi.
X V
bob.
XIX ASRDA DUNYO JURNALISTIKASI 
¡-/as/.
Yevopada umumiy ijtimoiy-siyosiy vaziyat va jurnalistika
XIX asrda Yevropadagi siyosiy hayot shiddatli kechdi deyish mumkin. 
Asm ing birinchi yarm ida ko‘plab mamlakatlarda manufakturalardan 
mashinalashgan fabrikalarga o ‘tish jarayoni boshlanib ketdi. 0 ‘sha payt- 
larda jam iyatda feodal tuzum i hukm surardi, ijtimoiy kamsitish ko'pincha 
milliy kamsitishga aylanib ketdi. Ayni shu davrlarda odam larda ozodlik, 
tenglik, o ‘zlikni anglash va ijtim oiy haqiqat uchun kurash ehtiyoji kuchaya 
boshladi. Ushbu jarayonlar barobarida sinfíy, millatlararo va boshqa 
m ojarolar ham yuzaga keldi. Bu esa, o ‘z navbatida, millatchilik va ijtimoiy 
g ‘oyalarning avj olishiga sabab bo‘ldi.
1848— 1849-yillarda Yevropaning Fransiya, Avstriya, Germaniya, 
Italiya kabi ko‘plab daviatlari inqilobiy harakatlar markaziga aylanib qoldi. 
U shbu q it’a tarixidan kelib chiqib aytish mumkinki, milliy tiklanish 
harakatlari hall hech qachon bu darajagacha yetmagan edi. Yevropaning 
turli burchaklarida bo‘lib o ‘tgan inqilobiy chiqishlar har xil tus olgani va 
turli natijalar bilan yakunlangani tabiiydir. Cluuiki ularda ishtirok etgan 
xalqlarning taqdiri bir xil em asdi, lekin bir narsa-butun Yevropa inqiîoblar 
og'ushiga ch o ‘mganligi aniq edi.
XIX asr siyosiy jurnalistikasini yaxshiroq tushunish maqsadida biz 
tarixiy voqealarni xronologik tarzda va keng o'rganishdan tiyilib, shu 
davrdagi matbuot rivojining m uhim yo'nalishlariga teranroq nazar tash- 
laymiz.
Bu davrda jum alistikaning davlatlar va xalqlar ijtimoiy hayotiga ta ’siri 
anch a kuchaydi. Misol tariqasida Yevropaning taraqqiy etgan davlatlaridan 
biri b o ‘lgan Fransiyani olam iz. Asr boshlarida mamlakatda matbuot 
m onarxiya bilan kurashish vositasiga aylanib qolgan edi. Binobarin, 30- 
yillarda Lui Filipp legitimistlar va respublikachilar bilan kurashishga katta 
e ’tib o r qaratdi. Ayniqsa, ikkita qonuniy guruhga birlashib oigan respub­
likachilar uning uchun haqiqiy bosh og‘riqqa aylandi.
Buijuaziya respublikachilaridan iborat birinchi guruh A. Marrast bosh- 
chiligidagi «Natsonal» gazetasi atrofida uyushgan edi. Unda ko‘proq 
savdogar va tadbirkorlaming manfaatlarini ko‘zlovchi hamda Fransiya 
respublika sifatida e’lon qilinishiga da’vat etuvchi, saylov huquqi, ichki bozor * 
aylanmasini tartibga solishga chaqinivchi va shunga o'xshash maqolalar chop 
etilardi. Ushbu gumli a ’zolari ijtimoiy islohotlarga qarshi edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Q at’iyroq kayfiyatdagi respublikachilaridan tashkil topgan ikkinchi 
guruh bosliida advokat A. Lediyu-Rollen turgan bo'lib, ular «Reforma» 
nomli gazeta atrofida birlashdilar. Mazkur gazeta umumsaylov huquqi, 
ijtimoiy-iqtisodiy îslohotlarning aniq dasturlari bilan ishchi xizmatchilar 
orasida katta hurmat qozongan.
Matbuotda yagona milliy davlat tuzish g'oyasi ham o ‘z aksini 
topayotgan edi. Germaniyaga murojaat etaylik. 1848-yiining l-aprelidan 
Berlin shahrida chiqa boshlagan «National Zeitung» gazetasi mamlakat 
xalqining huquq va erkinliklarini ta ’minlovchi Konstitutsiya qabul qili- 
uishiga katta hissa q o ‘shdi.
Yangi gazeta o ‘zining biriachi sonida «Bizning maqsadimiz G er- 
maniyani Sharq va G ‘arb hayiqadigan birlashgan kuchli davlat sifatida 
ko‘rishdir. Tashqi havfsizlik va kuchli davlatchilik, bizningcha, har bir 
xalqning hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi va ishchilarni rivojlantirshga 
bo‘lgan inlilishiga bogliq. Biroq xalqning kuchi uning to'laqonli siyosiy 
savodxonligi bilan chambarchasdir», degan shiorni ilgari surdi.
Ta’kidlash kerakki, «National Zeitung* milliy davlatchilik g‘oyalarini 
asosiy maqsad qilib olgan edi. Gazetaning siyosiy boMimiga yosh iqtidorli 
doktor Fridrix Sabel boshchilik qilardi. Feleton bo'lim ida Fedor Myugge 
va Eduard Tempeltey, keyinchalik esa Karl Frensellar o 'z maqolalari bilan 
ishtirok etishi mamlakatlarining ko'pchiligida chet davlatlar mustam- 
lakachiligiga qarshi milliy tiklanish kurashida m atbuotning o ‘m i beqiyosdir. 
Italiyada Avstriya, Ispaniya mustamlakachiligiga qarshi kurash harakati 
(1780-1870) Risordjimento (Tiklanish) nom ini oldi. Respubiika g'oyasini 
singdinivchi bir qator nashrlar vujudga keldiki, ular orasida «Оссерваторе 
дела република италяна» va «Когтеre Milano» gazetalari alohida ajralib 
turardi. 0 ‘z navbatida, ular jamoatchilik orasida vatanparvarlik kayfiyatlari 
kuchayishiga ham zamin varatgani shubhasiz.
Turli xalqlaming o 'z liuquqlari uchun kurashida ham matbuotning 
o ‘mi ahamiyatlidir. Grek, yahudiy, serb, bolgar va boshqa xalqlar musta- 
bidchilikdan aziyat chekar edi. Asr oxirlarida Usmonlilar imperiyasida 
sodir bo‘lgan voqealar ham bunga yorqin misol bo'la oladi. «Armeniya», 
«Ayastan», «Gnchak* gazetalarida o ‘z fikr va maqsadlarini ifoda etgan 
arman vatanparvarlari sulton Abdul Hamid II da katta xavotir uyg‘otar edi. 
Milüy o'zlikni tanish yo'lida tashkil etilgan har qanday siyosiy tadbir 
harbiy Armaniston hokimlari tomonidan bartaraf etilardi. Chunki ayni shu 
voqealar Usmoniylar saltanati birdamügiga tahdid solib turardi. Abdul 
Hamid buyrug‘i bilan matbuotda «Armeniya», «Makedoniya» kabi 
geografik atamalarni ishlatish taqiqlab qo'yildi. Harbiy Armanistonning 
Vana, Erzurum va boshqa markazlarida gazeta chiqarishga umuman ruxsat 
berifmasdi. Shunday bo‘isa-da, harbiy A rm anistonda o'sha yiliarda «Ayk», 
«Droshak» va boshqa gazetalar o'quvchilariga yetkazib turilardi. Jenevada 
esa.armanlar «Amaynk» nomli gazetasini bosib chiqarishar edi. 1
1 «Independent», 1884. Ne6, 37-bet; «Le semafor de Marselb», 1890 yil
2 dekabr, «Deyli nyus», 1890, № 1, 2-bet; Londonda chiqadigan «Tayms», 1890, 
№221-222 va boshqalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


A nnan m uam m osiga bag‘ishlab Nyu-York, M arsei va London mat- 
buotida tez-tez m aqolalar chop etilardi. 1894— 1896-yillarda arman xalqiga 
nisbatan qo‘llanilib, 300 ming kishi hayotiga zom in boMgan ommaviy 
terror voqeasi G ‘arb nashrlarida aloliida o ‘rin egalladi. Ushbu hunrezlik 
turklar tom onidan arm an xalqiga qarshi genosid sifatida baholandi.
XIX asrda Y evropada noqonuniy nashrlar ko‘payib bordi. Jumladan, 
D. M adzinining «D ei e popoIo»,«Djustísía e liberta» kabi vatanparvarlik 
ruhidagi nashrlari ju d a m ashhur edi. Angliya davlati xalqaro jamoatchilik 
munosabatlari m arkaziga aylandi. U XVIII asr oxiri va XIX asr bosh- 
laridagi urushlarda b ir qator yutuqlami q o ‘lga kiritib, ko‘p yiilarga 
Yevropada ta ’sir kuchini oshirdi. Ishlab chiqarishdagi muvaffaqqiyatlari 
xalqaro savdo-sotiqda ham ustunlikka imkon berdi.
Nisbatan siyosiy barqarorlik va shaxs erkinligi kafolotlari tufayli bu 
davlatda Yevropanining boshqa qismida, xususan, Ispaniyadan Rossiya- 
gacha bo‘lgan m am lakatlarda tazyiqqa uchrayotgan mafkuraviy siyosiy 
harakatlar panoh topdi. Mag'lubiyatga uchragan bir qator inqilobiy 
harakatlaming yetakchilari, jum ladan, L. Koshut, D. Madzini Londonda 
qo'nim topishdi. A. G ersen «Kolokol» gazetasi nashrini yo‘lga qo‘ydi, 
V. Gyugo esa u yerdan N apoleon III tuzumiga qarshi kurash olib borardi. 
Yevropaning noqonuniy matbuoti haqida so‘z yuritganda, aynan G er- 
senning «Колокол» nashrini eslash joiz. Senzuradan tashqaridagi btrinchi 
nashr sifatida u nafaqat muhojirlar doirasida, balki Rossiyantng o'zida ham 
katta mu vafiaqiyatlarga erishdi. Dunyo miqyosida, ayniqsa, Fransiya, 
Germaniya, Italiya kabi mamlakatlarda senzura masalasi o 'ta murakkab 
bo'lgan bir paytda «Колокол»п1вд hurmati va salohiyati nihoyatda yuqori 
edi. Yevropada m uxolif kayfiyatdagj nashrlar orasida yuksak jurnalistik 
m ahorat va yuqori professionallik bobida ham «Koлoкoл»ga yetadigani 
topilmasdi.
XIX asm ing o ‘rtalari q it’adagi firqalar harakatlarining faollashuvi 
bilan xarakterlidir. 1846-yilda Parijda partiya nashriyotlarining soni 26 tani 
tashkil etgan bo‘lsa, 1848—1851-yiilarga keíib, ular 789 taga yetdi.
Yevropa tarixining eng yangi davri jurnalistikada har tom onlam a o ‘z 
aksini topdi. V oqea-hodisalarning xabarchisigina bo‘lishdan qoniqmagan 
gazetalar siyosiy g ‘oyalam i ilgari surib, jam oatchilik fikrining ifodachisiga 
liam aylanishdi. M azm un va mohiyatiga ko‘ra salohiyatliroq hisoblangan 
nashrlar ko'pincha shu jam oatchilik fikrini shakllantiradigan vosita ham 
bo‘lib qolishdi. Ayni ushbu jihati bilan m atbuot davlatlar hayotining 
ajralmas qismiga aylandi.
Ko‘plab siyosiy guruhlar faoliyat yuritayotgan bir paytda konser- 
vatorlar-mavjud tu zu m n i q o ’Uash, liberallar-tadbirkorlar manfaatlarini 
himoya qilish va bozor munosabatlarini joriy etish, islohotparvarlar-ja- 
miyatda tub burilishlar yasash, radikallar-bu o ‘zgarishlami qat’iyroq 
hayotga tatbiq etish, dem okrat va respublikachilar-monarxiyani ag‘darish 
va mamlakatni respublika deb e’ton qilish yo'lida kurash olib bordilar. 
Sotsial-dem okratlar ishchilar flrqasi o'laroq m ehnatkashlam ing manfaat- 
larini himoya qilar edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


H ar bir partiyaning o ‘z matbuot vositasi, xabar berishning o ‘ziga xos 
usiubiari, auditpriyaga ta ’sir o ‘tkazish yo'llari bor edi. Bu m a’noda 
«Times» va «Daily Telegraph» konservativ ruhdagi gazetalar edi. Masalan, 
Italiya respublikachilari «Djomale del popolo» (Xalq gazetasi) va «И
талия
дел пололо» (Xalq ïtalyan gazetasi) kabi kundalik nashrlariga ega edi. 
«Nyus Kronîkal» ham liberallann qoilab-quw ailadi.
Maqsad hamda vazifalari, m azmun va mohiyati jih atid an , albatta, 
siyosiy nashriar boshqalardan keskin farqlanar edi. Angliyaning «Moming 
kronikl», Avstriyaning «Presse» gazetalari misolida bu farq yaqqol ko'zga 
tashianadi. «Neue Preussische Zeitung» esa nemts gazetalari ichida ajralib 
turardi. 1848-yilning 16-iyunida tashkil qilinib, «inqilobiy harakatlarga 
qattiq zarba berishni» o ‘z oidiga maqsad qilib qo'ygan va birinchi 
m uharriri German Vagner bo'lgan ushbu gazeta xodim lari orasida Bis­
mark, Kleyst-Resov, Shtai, Genrix Leo va boshqa siyosiy nam oyondalar 
bor edi. Gazeta har qanday ozodlik harakatiga qarshi chiqib, fon Radovis 
siyosatini, Avstriya vaziri fon Bax islohotlarini qattiq tan q id ostiga olar edi.
Siyosiy jarayonlarda cherkov birlashmalariga qarashli nashriar ham 
faol ishtirok etdi. 1871-yilda m adaniy kurash avj oigan davrda tashkil 
etilgan «Zentrumspresse» katolik matbuoti markazi bunga misol bo‘la 
oladi. Katolik jumalistikasining namoyondalaridan yana biri Dyusseldorfda
1878-yilda tashkil topgan «Katolik matbuotni qo‘U ab-quw atlash Avgustin 
ittifoqi»dir. Awal katolik matbuotning yetakchi o ‘rinlarida «Germaniya 
gazetasi» turgan. Keyinchalik doktor Iosif Kardaun boshchiiigidagi «Kol- 
nishe VolkszeitungV gazetasi hajmi, mazmuni va sifati jih atid an ilgarilab 
ketdi. U Germaniya g‘oyalarini ilgari surib, boshqa nashriar bilan ochiq- 
oydin ziddiyatlarga borardi. Italiyaning har bir shahrida islohotlaming 
raqiblari ham o 'z gazetalariga ega edilar. Bunga Vatikan nashri bo‘lgan 
«Оссерватор Романо» gazetasini misol keltirish m um kin.
Siyosiy nashriar ravnaqiga ijtimoiy-iqtisodiy jih atlar ham o ‘z ta ’sirini 
o'tkazdi. Qog'oz ishlab chiqarishning rivojlanishi, transatlantika kabelining 
o'tkazilishi, fotografiya, mikrofon, telefon, yangi bosm a mashinalarining 
ixtiro qilimshi, harf terishning mexanizatsiyalashuvi-bulaming barchasi 
jumalistikaning yanada haqgo'yroq, tezkorroq va sîfatliroq bo‘lishiga 
sharoit yaratdi. Gazetalarning telegraf xizmatidan foydalanishi esa axborot 
manbalarining ortishiga olib keldi.
Ana shunday imkoniyatdan bahramand bo‘lgan yirik nashrlardan biri 
«National Zeitung» gazetasidir. U Bemgard Volfning telegraf b o ‘limi 
yordamida dunyoning turli burchaklaridan tezkor axborotlam i chop etishga 
muvaffaq bo‘lardi. Gazetalarning imkoniyat doirasiga telegrafning qo'shi- 
lishi ularning jamiyatda tutgan o ‘rni hamda vazifalarini birm uncha o ‘z- 
gartifdi.
Ushbu davmi o ‘rganish jarayonida OAVga davlat ta ’sirini ham 
nazarda tutish kerak. Bu ta’sir iqtisodiy, huquqiy va mafkuraviy ko‘ri- 
nishda o‘z aksini topdi. Jurnalistikaning tez sur’atlarda rivojlanishi va 
m a’lum m a’noda jamiyatga o'tkazayotgan ta ’siridan m atbuotga nisbatan 
o ‘ziga xos siyosatga ega bo‘lgan birinchi davlat arboblaridan N apoleon o ‘zi
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilganicha foydalandi. Uning fikricha, matbuot polk va diviziyalar o ‘mini 
bemalol egallay oladi. Shu m a’noda aynan Napoleon m atbuotni siyosat 
o ‘tkazish quroliga aylantirgan birinchi hukmdorlaidan hisoblanadi.
1800-yil 17-yanvar kuni Parij va uning yaqin atrofida chop etilayot- 
gan 73 ta gazetadan 60 tasini yopish haqidagi ko‘rsatma Napoleonning ilk 
qarorlaridan b o ‘ldi. Rasman senzura yo‘q deb hisobiansa-da, «Matbuot 
bo‘limi* n om li maxsus organ joriy etildi. Buning natijasida, birinchidan, 
gazetalarning keskin tanqidiy ruhdagi maqolalarni chop etishga ishtiyoqi 
pasaydi. Ikkinchidan, har qanday nojo‘ya mavzudagi material bosilgan 
gazetani tarqatilishidan ancha oldin musodara etish taomilga kirdi. 
U chinchidan, gazetalarda yoritilayotgan mavzularga nisbatan m as’uliyat 
ortdi.
1803-yilda Adliya vazirligi qoshida maxsus ko‘rik komissiyasi ish 
boshladi. «M oniteur» gazetasi Napoleonning jarchisiga aylandi. «Gazeta 
m uharririariga tayinlab qo'yingki, m en hech qachon gazetalarimda mening 
m anfaatlarim ga qarshi chiqilishiga, zaharli maqolalar chop etish yo‘l 
qo‘ym aym an. Bir kunm as-bir kun og‘izlarini yumib qo‘yishim m um - 
kinligini bilib q o ‘yishsin*, der edi Napoleon. U 1805-yilning 7-avgustidan 
e ’tiboran soliq, shtem pel yig'imlari va boshqa tadbirlar orqali gazetalarça 
iqtisodiy bosim o 'tk aza boshladi. 1807-yil 6-noyabrda esa siyosiy maqolalar 
chop etilishi um um an taqiqlandi. Bunday maqolalarni faqatgina «Moni- 
teur*da joylashtirish mumkin edi.
1820-yilda Parijda chiqarilayotgan gazetalar haqidagi dekret loyihasi 
tasdiqlandi. U nga ko‘ra, mamlakatda siyosiy va ichki ahvol haqida axborot 
beruvchi gazetalar soni uchtadan ortmasligi kerak edi; 1811-yilning 1-yan- 
varidan boshlab «Journal de I Empire*, «Le Publiciste* va «La G azette de 
France* shunday gazetalar sifatida belgilandi; endi feleton bo‘lmas!igi, 
nashrlar esa haftada uch marta chiqarilishi kerakligi ko'rsatiidi1. Hattokii 
islohotlarga qarshi chiqadigan avstriyalik jum alist G ents ham o ‘z d o ‘sti 
M etternixga yo'llagan xatida m atbuotga nisbatan nohaq siyosat quyish- 
qondan chiqib ketayotgani haqida yozdi2.
K eyinchalik, XIX asrning 60-yillarida Bismark ham xuddi shu y o in i 
qo‘llashga urindi. Germaniyada pruss byurokratiyasini nemis jam oatchi- 
ligiga singdirishga uringan va pinhona ravishda davlatdan moddiy yordam 
olib turadigan «sudraluvchan* m atbuot vujudga keldi. Bir paytlar muxo- 
lifatda b o ‘lgan gazetalar hukumat siyosatining kuychisiga aylanib qoldi.
1862-yilda Avgust Bras tom onidan tashkil etiiib, awaliga demokratik 
va Buyuk Gei-maniya g‘oyalami ilgari surgan «Norddeutsche Allgemeine 
Zeitung» gazetasi Bismark ta ’siri ostiga tushib, konservativ partiya organiga 
aylanib qoldi. Jirardenning «Lya Press», «Jurnal de Deba* nashrlari qatori 
ushbu gazeta ham yashirincha ravishda hukumat yordamini olish evaziga 
pruss m onarxiyasi boshchiligida yagona milliy davlat tuzilishini m a’qullab, 
har qanday inqilobiy harakatlami qoralashga o ‘tib oldi.
1 Тарле E.B. Печать во Ф ранции при Наполеоне I. М.: 1913, 14-е.
2 0 ‘sha joyda, 15-бет.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shunday qiiib, XIX asr boshqariladigan va soîib olinadigan matbuotni 
yuzaga keltirdi.
Ushbu davr jumalistikasiga xos jihatlardan yana b in uning oqsuyaklar 
hamda o'rta va past tabaqalar uchun nashrlarga b o ‘linganligidir. Bu 
holatni, ayniqsa, Buyuk Britaniya misolida kuzatish m um kin. Mamlakatda 
m atbuot va hukum at o'rtasidagi munosabatlar nisbatan xotiijamroq 
kechardi. Biroq bu yerda ham matbuotni iskanjaga oluvchi qonunlar 
mayjud edi. 1819-yilda Parlament tom onidan am aldagi siyosiy tuzumga 
tanqidiy baho berganla^ga 
jazo
choralarini belgilovchi oltita akt qabul 
qilingandi. Aniqroq qilib aytganda, bu hujjatlar qirol parlamenti yoki 
hukumat sha’niga dog* tushiruvchi, isyonlarga chaqiruvchi materiallar 
chop etilishining oldini olish maqsadini ko'zlar edi. Qoidalarga bo‘ysun- 
magan gazetalar musodara etilib, mualliflarga keskin jazo choralari ko‘ri- 
lardi.
«Bilimlar uchun soliq*lar matbuot rivojiga katta to‘siq bo'ldi. 
Hukumat tom onidan har bir nashrdan undirib olinadigan bojlar majburiy 
bo‘lib, ulami 

Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish