Jurnalistikaga


Tahliliy  publitsistika  kishilarga  qanday  bilim  berib,  ularni



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

Tahliliy  publitsistika  kishilarga  qanday  bilim  berib,  ularni 
tarbiyalaydi?
4.  Korrespondensiya,  suhbat,  taqriz,  sharh,  xat janrlarini izohlang.
5. 
San ’atda  ko 'proq qaysi  tahliliy publitsistika ja n ri ishlatiladi?
9.1.  Korrespondeasiya
Tahliliy  publitsistikaning  boshlangich  janri  korrespondensiyadir. 
Korrespondensiya  so‘zi  lotincha  correspondance  degari  so‘zdan  olingan 
boTib,  joylardan  yubonlgan  xabar,  pochta-telegraf  orqali  j o ‘natiladigan 
xat-xabar,  ayrim  idoralar  o  rtasidagi  yozishmalar  degan  m a’nolarni 
anglatadi  Tahliliy  publitsistikada  esa  uning  birinchi  m a’nosi,  y a’ni
202


joylardan  yubonlgan  xabar,  hayotdagi  fakt,  voqea  va  hodisalar  haqida 
yozilgan (tayyorlangan) jum alistika materiali  sifatida qoMlaniladi.
Korrespondensiya  tahliliy  publitsistikaning  axboriy  publitsistika bilan 
bog‘lab  turuvchi  janrdir.  Chunki  uning  asosida  axborot,  xabar  yotadi. 
Faqat  korrespondensiyada  hayotdagi  fakt  voqea  va  hodisa  haqida  xabar 
qilibgina  qolinmasdan  ana  shu  fakt,  voqea  va  hodisa  haqida  ancha  keng, 
batafsil  m a’lumot  beriladi.  Shuning  uchun  ham  korrespondensiyani 
kengaytirilgan xabar ham deyiladi.
Korrespondensiyada  shu  bilan  birgalikda  faqat  biror  fakt,  voqea  va 
hodisa emas,  m a’lum bir mavzuga doir bir necha fakt, voqea hodisalar aks 
etishi  mumkin.  Eng muhimi  bu fakt,  voqea va hodisalar oddiy tarzda qayd 
etilmasdan  ular  umumlashtiriladi  va  tahlil  etiladi,  bir-biriga  solishtiriladi, 
baholanadi,  m a’lum  xulosalar  chiqariladi.  Y a’ni,  bu  o ‘rinda jurnalistning 
hayotga,  fakt,  voqea  va  hodisalarga  munosabati  asosiy  o ‘rin  tutadi. 
Shuning  uchun  ham  bu  janr  axboriy-tahliliy  janr  hisoblanadi.  U  orqali 
hayotda  yuz  berayotgan  fakt,  voqea  va  hodisalarning  ichki  sabablari, 
mohiyati  ochib  beriladi,  publitsistik  xulosalar  chiqarilib,  jamoatchilik 
fikriga havola etiladi.
Korrespondensiyaning  asosiy  vazifasi  hayotnirtg  bir  parchasini  jonli, 
ta’sirchan  tasvirlash  va  tahlil  etishdan  iborat.  Shu  boisdan  u  lavha  va 
reportajga  o ‘xshab  ketishi  mumkin.  Uning  bu janrlardan  farqi  -   m a’lum 
mavzuga  doir  faktlar  bilan  chegaralanishi,  tahlilning  ana  shu  faktlarga 
qaratilishidir.  T a’bir  joyiz  bo'lsa  korrespondensiyani  hayotning  k o ‘zga 
ko'rinib  turgan  tomonlariga  asoslangan  holda  uning  ichki  qatlamlarini, 
chuqur  mohiyatini  ham  bilib  olishga  tashlangan  ilk  qadam,  razvedka 
deyish  mumkin.  Bunda  fanda  keng  qoilaniladigan  induksiya -   oddiydan 
murakkablikka,  yakkadan  umumiyga  borish  usuli  o ‘z  ifodasini  topadi. 
Shunday  qilib,  korrespondensiya  m uallif hayotdan  olingan  faktlar  tahlili 
asosida  m a’lum  bir  mavzuni  yoritib  betuvchi  publitsistik  janrdir.  Faktlar 
korrespondensiyaning  asosini,  poydevorini  tashkil  etsa  publitsistik  tahlil 
uning  umumiy 
qiyofasini 
shakllantiradi. 
Korrespondensiya  uchun 
hayotdan  shu  kun,  shu  davr  uchun  ahamiyatli,  zarur  va  dolzarb  mavzu  va 
faktlar tanlab  olinadi  va  undan  shu  kun,  shu  davr  uchun  kerakli  xulosalar 
chiqariladi.  Korrespondensiyada  hayotdagi  faktlar,  voqea  va  hodisalar
203


tahlil  etilar  ekan,  ularga  ijobiy yoki  salbiy  yondashish  mumkin,  binobarin 
korrespondensiya  ijobiy  -   m a’qullash  yoki  tanqidiy  -   inkor  qilish 
xususiyatiga ega bo‘ladi.
Fakt,  voqea,  hodisalarga  baho  berishda,  ulami  tahlil  etib,  xulosalar 
chiqarishda jumalistning  bilimi  va  dunyoqarashi  muhim  o ‘rin  tutadi.  Shu 
boisdan  korrespondent  o ‘z  davrining  ilg‘or  g ‘oyalarini  egallashi,  yuksak 
e ’tiqodga, taraqqiyparvar dunyoqarashga ega b o iish i lozim.
Yuqorida  aytib  o ‘tiiganidek,  korrespondensiya  avvalo  ijobiy  va 
tanqidiy  xillarga boiinadi.  Shu  bilan birgalikda korrespondensiya axboriy 
korrespondensiya  va  tahliliy  korrespondensiyaga  ham  b o iinish i  mumkin. 
Bu xil korrespondensiyalarning asosiy xususiyati ularda axboriy va tahliliy 
clementlarning 
qanchalik 
o ‘rin 
olganligidadir. 
Axboriy 
korrespondensiyada  faktlar  bilan  tahlilning  nisbati  birinchi  komponent 
foydasiga hal etilsa, tahliliy korrespondensiyada esa tahlil nisbatan k o ‘proq 
o crin egallaydi.
Shuningdek,  m aiu m   mavzuga  bagishlangan  korrespondensiyalar 
turkumi ham mavjud.
Korrespondensiyalar  hududiy  jihatdan  ichki  va  tashqi  turlarga  ham 
boiinadi.  Ichki korrespondensiyalarda mamlakatning ichki hayoti aks etsa, 
tashqilarida  esa  xalqaro  hayot,  chet  ellarda  yuz  berayotgan  voqea  va 
hodisalar o ‘z ifodasini topadi.
Korrespondensiya janri jamiyat hayotining barcha tomonlarini qamrab 
oladi.  Unda ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy-ishlab chiqarish,  madaniy-ma’naviy 
hayotning  barcha  qirralari  o ‘z  aksini  topadi.  Korrespondensiyada  asosan 
inson,  uning  ijtimoiy,  yaratuvchilik  faoliyati  aks  etadi.  Unda  inson,  uning 
manfaati  bilan b o g iiq  b o ig a n  muhim  masalalar ko ‘tarilib  chiqiladi va hal 
etiladi.  Korrespondensiya  jurnalistikada  eng  ommaviy  janrlardan  biri 
boiganligi boisidan ham bu janr mualliflari, korrespondensiya yozuvchilar 
va  tayyorlovchilar  korrespondent  —   muxbir  degan  ommaviy  jurnalistik 
kasb egasi hisoblanadilar.
Ommaviy  axborot  vositalarining  turli  xillarida  korrespondensiya 
turlicha k o iim sh g a ega b o iad i.  Bu janr asosan gazeta va jumallarda keng 
o'rin  oladi.  Radio  va  televideniyeda  korrespondensiya  o ‘ziga  xos 
xususiyatlarga  ega  b o ia d i  va  ko‘pincha  radioaxborot,  teleaxborot  deb
204


ataladi.  Ommaviy  axborot  vositalarining  elektron  texnikaga  asoslangan 
butunlay  yangi  ko ‘rinishi  -   internetda ham  korrespondensiya  asosiy  o ‘rin 
tutadi.
Korrespondensiyalarning turli xillari  o ‘rtasidagi  chegara nisbiy b o ‘lib, 
ularda  bir-birlarining  xususiyatlari  bir-birlariga  o ‘tishi  mumkin.  Ulardagi 
eng  muhim  va  bosh  xususiyat  -  hayot  faktlarining  umumlashtirilishi  va 
publitsistik  tahlil  etilishidir.  Eng  muhimi  -   jurnalist  tomonidan  mavzuni 
aniqlab olish, muammo qo ‘ya bilish,  isbotlash va ishontirishga erishishdir.
Korrespondensiyaning  tuzilishiga  kelsak,  odatda  u  mavzu  —  
maqsadga kirish, faktlar, voqealar bayoni va ular tahlilidan kelib chiquvchi 
xulosa  —   fikrlar  shaklida  bo‘ladi.  Korrespondensiyaning  ikkinchi  bir 
xilida  esa jurnalist  m a’lum  biror  xulosani  oldin  keltirib,  keyin  bunga mos 
faktlami  ham  keltirishi  mumkin.  Bu  tahliliy  publitsistikaning  keyingi  bir 
janri  -   maqolaga  yaqin  turadi.  Korrespondensiyada  hayotni  jonlantirish 
uchun  reportaj,  lavhaga  xos  xususiyatlar  ham  o ‘z  ifodasini  topishi 
mumkin.  Korrespondensiyaning tili va uslubi  masalasiga kelganda u jonli, 
publitsistik  tilda  yozilishi  lozim.  Obrazli  iboralar  va  boshqa  tasviriy 
vositalar  juda  m e’yorda,  o ‘ta  zarur  hollardagina  qo‘llaniladi.  Ayrim 
hollarda  jurnalist  jiddiy  tahlil  bilan  birlikda  his-hayajon,  ehtirosga  ham 
o ‘rin  berishi  mumkin.  Unda  jurnalistning  ichki  dunyosi,  “men”i 
reportajdagi  kabi  to‘la  emas,  eng  zarur  o ‘rinlardagina  ifoda  etiladi.  Bu 
jihatdan  korrespondensiyani  hayotni  o‘rganish,  uning  ichki  qatlamlariga 
kirib  borishini  jiddiy  razvedkaga  qiyos  qilsa  bo‘ladi.  Hajviy  nashrlarda 
bosiladigan  tanqidiy  korrespondensiyalarda  esa  kulgi,  fosh  qilish 
elementlari ham ishtirok etishi mumkin.
Korrespondensiya janri jurnalistika  paydo  boigandan  beri  qoilanilib 
kelinadi.  0 ‘zbek  jumalistikasida  ham  u  dastlabki  davrlardan  beri 
kengaytirilgan  xabar  yoki  kichik  maqola  shaklida  keng  o ‘rin  olib  kelgan. 
Hozirgi  о ‘zbek  jumalistikasida  —   gazeta  va  jumallarda  hamda  radio  va 
televideniyeda  korrespondensiya  mamlakatimizda  o ‘tkazilayotgan  ulkan 
ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy-ma’naviy  islohotlarm  amalga 
oshirishda,  hayotdagi  muhim  faktlar,  voqea  va  hodisalarni  ommaga 
yetkazishda  kamarbasta  bo‘lib  xizmat  qilib  kelmoqda.  “Qishloq  hayoti” 
gazetasi  o ‘z  sahifalarida  korrespondensiya  janriga  keng  o ‘rin  beradi,
205


chunki  bu  janr  gazetaga  respublikamiz  qishloqlari  hayoti,  joylarda  olib 
borilayotgan  qishloq  x o ‘jaligiga  doir  ishlami  yoritishda juda  qo‘l  keladi. 
Gazetaning  2005-yil  5-avgust  sonida  “Uyilajak  xirmon  salmogM  bugungi 
mehnatimizga  bogcliq”  sarlavhali  korrespondensiya  bosilgan,  unga 
“Qashqadaryolik  paxtakorlar  ayni  kunlarda  shunday  azmu  qaror  bilan 
mehnat  qilishmoqda”  degan  kichik  sarlavha  q o ‘yilgan.  M uallif -  jurnalist
F.Bozorov o‘z korrepondensiyasini shunday boshlaydi:
“Bugun  har  bir  paxtakorning  yuragi  jo csh  urib,  g‘o ‘zani  sug‘orish, 
kultivatsiya,  chilpish  ishlarini  alohida  bir  ishbilarmonlik,  alohida  bir 
g ‘ayrat-shijoat 
bilan 
davom 
ettirishmoqda. 
Yurtimizning 
janub 
quyoshidan  nur  emib,  hosilga  hosil  qo‘shayotgan  beadoq  dalalarini 
aylansangiz  ko'nglingiz  ravshan  tortadi.  Bu  zamin  odamlari  tabiatiga  xos 
ishchanlik,  kuyunchaklik,  dalasiga  muhabbat  tuyg‘ulari  yana  ham  yorqm 
namoyon  boim oqda.  Qashqadaryo  vohasi  dehqonlarining  avgust  oyida  -  
ekinni  yasatadigan  palladagi  g‘ay rat-shijoati ga  qiyos  y o‘q” .  M uallif 
korrespondensiya davomida o cz  fikrini  isbotlash uchun vohadagi  bir necha 
xo'jaliklarda  b o ‘ladi  va  ularning  “G ‘o ‘za  qator  oralarini  begona  o ‘tlardan 
tozalash,  har tup  g ‘o ‘zani,  har  dona ko‘sakni  saqlab  qolish uchun”  mehnat 
qilayotganliklari haqida hikoya qiladi.
Gazetaning  shu  sonida  bosilgan  “Parvarishni  susaytirmagan  dehqon 
yutadi”  sarlavhali 
korrespondensiya  ham  yuqoridagi 
kabi 
ijobiy 
korrespondensiyadir. 
Uning  muallifi  jurnalist  Q.Asqarov 
Andijon 
viloyatida  g V z a   parvarishining  qanday  borayotganligini  aniq  misollar 
asosida  ko ‘rsatib  beradi.  I.Toshevning  “Qulay  va  samarali”  sarlavhali 
korrespondensiyasi esa (“Qishloq hayoti”, 2005, 2-avgust) joylarda shirkat 
xo‘jalikl arming  fermer  x o ‘jaliklariga  aylantirish  ishlarining  ahvoli  haqida 
hikoya qiladi.
Gazetaning  2005-yil  5-sentyabr  sonida  bosilgan  “Yer  “bangf’ga 
aylanmoqda”  sarlavhali  material  esa  tanqidiy  korrespondensiyaga  misol 
bo‘la  oladi.  Jurnalist  T.Ergashev  unda  Jizzax  viloyatida  yerlarnmg 
meliorativ  holati  buzilayotganligini,  yerga  keragidan  ortiqcha  sun’iy 
o ‘g ‘itlar 
solinishi 
tufayli 
yerlar 
o ‘ziga 
xos 
“bangi”ga 
aylanib 
qolayotganligi, 
y a’ni 
unga 
yetarli 
darajada 
mahalliy 
o ‘g ‘itlar 
solinmayotganligi  sababli  hosildorlik  pasayib  ketayotganligini  va  boshqa
206


kamchiliklarni  joylardan  olingan  aniq  misollar  bilan  k o ‘rsatib  beradi. 
Bunday  korrespondensiyaning  mo‘1jalga  borib  tegishi  va  sohada  ma’lum 
o ‘zgarishlar yasalishiga sabab b o ‘lishi turgan gap.
Afsuski, k o ‘pgina gazetalar mazkur janrga yetarli e ’tibor berishmaydi, 
joylardan 
yozilgan, 
aniq, 
hayotiy 
faktlar 
asosiga 
qurilgan 
korrepondensiyalar  kam  beriladi.  Holbuki  faqat  qishloq  x o ‘jaligi  emas, 
sanoat,  savdo  va  hayotning  boshqa  sohalari  hayotini  yoritishda,  ilg‘or 
namunalarni 
tarqatish 
va 
kamchiliklarga 
qarshi 
kurashda 
korrespondensiyaning o ‘rni beqiyosdir.

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish