Jurnalistikaga



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

x u s u s iy  
a t1-  un8a  4°  yiladigan  asosiy  talab 
uning publitsistikligidir.  Jurnalist 
( r e p o r t e r )  
reportajida avvalo jamiyatning 
shu  kuni,  ayni  zamoni  uchun  ijtimoiy  ahamiyatli  fakt,  voqea  va  hodisani 
tanlab  oladi  hamda  unga  shu  kun,  аУп!  zamon  nuqtai  nazaridan 
yondashadi,  tasvirlaydi,  tahlil  qiladi  v a   jam iyat  uchun  zarur,  kerakli 
publitsistik xulosalar chiqaradi.  Bu  esa  reportajda axboriy,  xabardor qilish 
xususiyati  bilan  birlikda  unda  m a iu m   darajada  tahliliy  tomonlari  ham 
borhgini  ko ‘rsatib  turadi.  Y a’ni, 
r e p o r t a j  
sharh  bilan  yaqin  turganligi 
boisidan reportyorlami sharhlovchilar 
h ^ m
 deb yuritiladi.
Reportaj 
jam iyat 
hayotining 
ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy-ishlab 
chiqarish  va  madaniy-ma’naviy 
h a y o t i n i n g  
barcha  sohalarini  qamrab
192


olishi,  o'zida aks  ettirishi mumkin.  Y a ’ni, reportaj  muhim  ijtimoiy-siyosiy 
voqealar 
yuz 
berayotgan 
joylardan, 
paxta 
dalalaridan, 
sanoat 
korxonalaridan  olib  borilishi,  ommaviy  madaniy-ma’naviy  tadbirlar, 
masalan,  bayramlar,  sport  musobaqalari  haqida  hikoya  qilishi  mumkin. 
Shu  bilan  birgalikda  reportaj  kundalik,  oddiy  voqealar  haqida  emas,  o‘z 
ijtimoiy  ahamiyat  jihatidan  yangilik  b o ‘lgan,  endi  voqea  bo‘layotgan 
ijtimoiy hodisalarni aks ettiradi.
Reportaj  aks  ettirayotgan  obyekti  nuqtai  nazaridan  voqiy  reportaj, 
mavzuiy  (tematik)  reportaj,  muammoli  reportaj,  reportaj  -   sharh  kabilarga 
bo'I mad I.  Voqiy  (voqeaband)  reportaj  hayotda  yuz  bergan  biror  muhim 
ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy yoki  madaniy-ma’naviy  voqea va hodisa haqida 
hikoya  qiladi.  Bunga  mamlakat  hayotida  yuz  bergan  muhim  ijtimoiy- 
siyosiy  hodisalar  —   parlament  majlisi,  hukumat  rahbarlarining  rasmiy 
safarlari  va  uchrashuvlari,  yirik  anjumanlar  haqidagi  reportajlar  misol 
bo'la  oladi.  Shuningdek,  mamlakat  hayotida yoki  chet  ellarda yuz  bergan 
muhim  favqulodda  hodisalar  -   urush  k o ‘rinishlari,  terroristik  hodisalar, 
tabiat hodisalari va boshqalar haqidagi reportajlar ham shu turga kiradi.
Mavzuiy  reportajlar  esa  m a’lum  mavzuga  bagishlangan  bo‘ladi. 
Masalan, jurnalist  (reporter) jam iyat  hayotidagi  biror  bir  mavzu,  masalan, 
biror  shifoxonaning  faoliyati,  ilmiy  muassasalarda  olib  borilayotgan  ilmiy 
tadqiqot  ishlari,  yoki  bolalarning  yozgi  dam  olishlari  kabi  va  boshqa 
mavzulami  o ‘rganib,  o'sha  joylardan  reportaj  olib  borishi  mumkin. 
Bunday  reportajlar  shu  sohada  olib  borilayotgan  ishlami  yoritadi,  turli 
ilmiy,  ishlab  chiqarish  jarayonlari  haqida  hikoya  qiladi.  Albatta,  bu  xil 
reportajlarda  ham  bu  janrning  asosiy  xususiyatlari,  shu  jumladan 
publitsistik tadqiqot asosiy o ‘rin tutadi.
Muammoli  reportaj  esa  hayotning  m a’lum  bir  ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy  yoki  madaniy-ma’naviy  muammolami  yoritishga  bag‘ishlangan 
b o ‘ladi.
Masalan,  jurnalist  hayotda  uchraydigan  giyohvandlik,  ichkilikbozlik 
yoki  biror  boshqa  noxush  hollar  haqida  maxsus  reportajlar  tayyorlashi 
mumkin.  Bunda u shu sohadagi fakt, voqea va hodisalarni  chuqur o ‘rganib, 
tahlil  qilib  bu  muammolar haqida jamoatchilik  fikrini  uyg‘otishi  mumkin. 
Reportaj  -   sharh  biror  voqeani  boshdan-oyoq  tasvirlash,  ko‘rsatishga
193


bag‘ishlanadi va o'sha voqeani  sharhlab beradi.  Bunga sport eshittirishlari, 
futbol  sharhini  misol keltirish  mumkin.
Reportaj  qaysi  ommaviy  axborot  vositasida  berilishiga  qarab  gazeta 
reportaji,  jurnal  reportaji,  radioreportaj  va  telereportaj  kabi  xillarga 
bolinadi.  Bunda  reportajning  asosiy  janr  xususiyatlari  saqlangan  holda 
o ‘zida  ommaviy  axborot  vositalarning  turli  k o ‘rinishlarga  xoslik  ham 
mavjud  b o iad i.  Gazeta  reportaji  hajm  jihatidan  jurnal  reportajidan  farq 
qilishi  mumkin.  Jurnal  reportajida  esa  gazeta  reportaji  singari  tezkorlik 
talab  etilmaydi,  u  biror  voqea  va  hodisaning  ichki  mohiyatini  ochib 
berishga,  y a’ni,  chuqur  tahlilga  asoslanishi  mumkin.  Gazeta  va  jurnal 
reportaji jurnalist  (reporter)ning  yuz  bergan  voqea  va  hodisani  o ‘z  k o ‘zi 
bilan ko‘rib, voqif b o iib  keyin uni  so‘z bilan tasvirlab berishni talab  qilsa 
radio  va  telereportaj  ko ‘pincha  to‘ppa-to'g‘ri  efirga  uzatiladi.  Hayotni 
suratlar vositasida yorituvchi fotoreportaj ham o ‘ziga xoslikni, fakt, voqea, 
hodisalarni sinchkovlik bilan topib, aks ettirishni talab etadi.
Reportajning qaysi xili bolm asin  unda jurnalistning bevosita ishtiroki, 
“men”i  sezilib  turadi.  Chunki  u  real  voqelik  bilan  o ‘quvchilar 
(tinglovchilar,  tamoshabinlar)  o ‘rtasidagi  vositachi,  o ‘ziga  xos  “kanal” 
hisoblanadi.  Y a’ni,  o ‘quvchi,  radiotinglovchi,  teletomoshabin  boiayotgan 
va  hikoya  qilinayotgan  voqealarni jurnalist  (reporter)  k o ‘zi  bilan  ko‘radi, 
idrok  etadi.  Bu  esa jumalistdan  katta  m as’uliyat  va  kasbiy  mahorat  talab 
etadi.  Reporter voqea va hodisalar haqida oddiy xabar beruvchi emas,  balki 
ularni  tahlil  etuvchi,  baholovchi  hamdir.  Shu  boisdan  reportaj  olib 
boruvchi  jurnalist  o ‘zi  xabar  qilayotgan,  tasvirlayotgan  voqeaning 
mohiyatini  yaxshi  bilishi,  barcha  tafsilotlaridan  xabardor  b o iish i  lozim. 
Masalan,  hukumat  rahbarlarining  rasmiy  safarlari,  uchrashuvlar,  yirik 
anjumanlar  va  boshqa  ijtimoiy-siyosiy  mavzulardagi  reportajlarda  zarur 
m a’lumotlar  oldindan  tayyorlab  qo ‘yilishi  lozim.  Favqulodda  voqealar, 
tabiat  hodisalari  haqidagi  reportajlarda  esa  garchi  tasvirlanayotgan 
voqcalaming  qanday  rivojlanishi,  qay  xilda  tus  olishi  oldindan  ma’lum 
bolm asa-da,  reportyor  ularni  ziyraklik bilan  kuzatib  borishi,  biror muhim 
tafsilotni  k o ‘zdan  qochirmasligi,  har  bir  ayrim  ko ‘rinishlami  o ‘z  vaqtida 
sharhlab,  tahlil  etib  borishi  lozim.  Bayramlar,  ommaviy  tadbirlar  va 
ayniqsa sport  musobaqalaridan  olib boriladigan  reportajlarda ham jurnalist
194


yuz  berayotgan  voqealar,  sport  musobaqasi  va  o'yinlarning  borishi, 
jamoalar  tarkibi  va  boshqalarni  sinchiklab  kuzatishi,  tomoshabinga 
sharhlab  borishi  kerak.  (Sport  o‘yinidan  olib  boriladigan  bu  xildagi 
reportajlarda  sharhga  keng  o ‘rin  berilishi  boisidan  bu  ishni  bajaruvchi 
jurnalistlar  sport  sharhlovchilari  deb  nomlanadilar).  Reportajning  barcha 
xillarida  yuqorida  ta ’kidlanganidek,  haqqoniylik,  aniqlik  birinchi  o'rm da 
turadi.
Reporter  uchun  o ‘zi  olib  borayotgan,  yozayotgan  reportajida  faktlar, 
voqealar  haqqoniyligi,  barcha tafsilotlar m a’lumligi  bilan bir qatorda yana 
bu  fakt,  hodisa va voqealar tafsilotidan  eng  muhimlari,  asosiylarini  ajratib 
olish,  ularni  mushohada  qila  bilish  ham  talab  etiladi.  Bu  esa  jurnalistik 
topqirlik bilan publitsistik idrok orqali amalga oshiriladi.
Y a’ni,  reporter  o ‘zi  tasvirlayotgan  voqea  va  hodisalarni  haqqoniy, 
umuminsoniy  va  milliy  tamoyillar  asosida,  eng  Ug  or  insoniy  tuyg'ular 
asosida  baholay  olishi,  ulardan  eng  to ‘g cri  va  zarur  xulosalar  chiqara 
bilishi  lozim.  Bu  undan  keng  bilim,  yuksak  madaniyat  va  m a’naviyatni 
talab qiladi.
Reporterdan  yuqorida  keltirilgan  xususiyatlardan  tashqari  yana 
alohida  ko ‘ra  bilish  va  ko‘rganlarini  mushohada  qilgach  jonli  ta’sirchan 
qilib  yoza  bilish,  (hikoya  qila  bilish)  layoqati,  o ‘tkir  publitsistik  iste’dod 
ham talab  etiladi.  Bu —  reportaj  uchun kerakli,  o ‘z o'm idagi  iboralar topa 
bilish, tushunarli tilda ta’sirchan gapirib berish, hikoya qila olish demakdir.
Reportajning  tili  va  uslubi  uning  mazmuni,  material  oldiga  qo'yilgan 
maqsaddan  kelib  chiqadi.  Rasmiy  uchrashuvlar,  anjumanlar  haqidagi 
reportajlar  asosan  rasmiy-publitsistik  tilda  olib  borilsa,  favqulodda 
voqealar, tabiat hodisalari haqidagi va boshqa mavzulardagi reportajlar ana 
shu mavzu va voqealar uchun lozim bo'lgan tarzda olib borilishi (yozilishi) 
mumkin.  Bunday reportajlarda kerakli  o'rinlarda obrazli  tasviriy vositalar, 
his-tuyg'uli  o'rinlar  ham  bo'lishi  mumkin.  Jumladan  sport  musobaqalari, 
futbol,  tennis,  boks  va  boshqa  sport  o'yinlaridan  olib  borilayotgan 
reportaj-sharhlarda ham shunday bo'lishi mumkin.  Bu -  reportajning rang- 
barang janriy xususiyatlarga ega ekanligini ko'rsatadi.
Shuni  aytish  kerakki,  hayotni  bevosita  jonli  tasvirlash  uslubi 
publitsistikada  asosiy  o ‘rin  egallashi  bilan  birlikda  adabiyot  va  san’at
195


asarlariga ham kirib borishi mumkin.  Bunga misol  sifatida reportaj  usulida 
yozilgan  roman, qissa, sahna asari yoki  kinofilmlarni k o ‘rsatish  mumkin.
Reportaj  janri  jahon jurnalistikasi  tarixida  keng  qo‘llanilib  kelingan. 
0 ‘zbek jurnalistikasiga  bu janr  asosan  o ‘tgan  asrning  o ‘ttizinchi  yillarida 
kirib  keldi.  Mustaqil  respublikamiz  jum alistikasida  reportaj  janri  keng 
o'rin  olib  kelmoqda.  Gazeta  va  jumallarim izda  bosilayotgan,  radio  va 
televideniye  orqali  berib  borilayotgan  reportajlarda  mamlakatimizda 
amalga  oshirilayotgan  ulkan  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  -   ishlab  chiqarish 
va madaniy-ma’naviy islohotlar, hayotimizning keng jabhasi, xalqimizning 
yaratuvchilik mehnati o'zining yorqin aksini topmoqda.
“Xalq  so‘zi”  gazetasining  2005-yil  1-sentyabr  sonida  O 'zA   muxbiri 
N.Ochilovning  “Mangulikka  muhrlangan  xotira”  sarlavhali  reportaji 
bosilgan.  Rasmiy  tusda  yozilgan  bu  reportajda  poytaxtning  Yunusobod 
mavzusida barpo etilgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida qatag‘on 
qurbonlarini  yod  etish  munosabati  bilan  o'tkazilgan  marosim  haqida 
hikoya  qilinadi.  M uallif  o ‘z  reportajini  bu  marosimning  ijtimoiy  tarixi 
haqidagi kirish so‘zlari bilan boshlaydi:
“Istiqlol  xalqimizga  o ‘zligini  anglash,  milliy  qadriyatlarimizni  tiklash 
va  yanada  boyitish,  ona-Vatanimiz  hurligi  y o ‘lida  jo n  fido  qilgan 
ajdodlarirriizning porloq xotirasiga ehtirom k o‘rsatish imkonini berdi,- deb 
yozadi:  ti.  Muslabid  tuzum  davrida  qatag‘on  qilingan  minglab  o ta- 
bobolarimizning  nohaq  qoralangan  muborak  nomlari  yana  poklandi. 
Vatanimiz:  istiqloli  y o ‘lida  shahid  ketgan  qatag‘on  qurbonlari  xotirasi 
abadiylashtirildi”.
Reportaj 
davomida 
mazkur 
anjumanning 
qanday 
o ‘tganligi 
tasvirlanadi  va  unda  0 ‘zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimovning  marosimda 
ishtirok  etgan  jamoatchilik  vakillari  va  jurnalistlar  bilan  uchrashib,  ular 
bilan  respublikamiz  hayotining  muhim  masalalari  b o ‘yicha  o ‘z  fikr- 
mulohazalarini bildirganligi xabar qilinadi.
Gazetaning  shu  sonida  0 ‘zA  muxbiri  G ‘ulom  Mirzoning  “Ozod 
xalqning  ulug‘  bayrami”  sarlavhali  reportaji  ham  berilgan.  Unda  muallif 
mustaqillikning  14  yilligi  munosabati  bilan  poytaxtimiznmg  Alisher 
Navoiy  nomidagi  milliy  bog‘ida  bo ‘lib  o ‘tgan  bayram  tantanalari  haqida 
so ‘z  boradi.  Mazkur  gazetaning  3-sentyabr  sonida  esa  jurnalist
196


E.Bolievning  “Osmoni  musaffo  yurtga  bayramlar  yarashadi”  degan 
reporlaji bosilgan.  Unda mamlakatimiz viloyatlari,  shahar va qishloqlarida 
Mustaqillik  bayramining  qanday  nishonlanganligi  haqida  hikoya  qilinadi. 
M uallif  o ‘z  reportajida  intervyu  janridan  foydalanadi  va  viloyatlardagi 
muxbirlarning  bayram  tantanalari  qanday  o ‘tganligi  haqidagi  xabarlarni 
umumlashtiradi.  Yuqoridagi reportajlar bu janrning voqeaga bag‘ishlangan 
turiga  kiradi.  Ammo  negadir  respublikamiz  jurnalistikasida  joylardan 
olingan  va  hayotda  bo ‘ladigan  turli  voqealarga  bag‘ishlangan  reportajlar 
kam  uchraydi.  Bu  achinarli  hoi,  chunki  butun  dunyo  jurnalistikasi 
sahifalarida  reportaj  deyarli  birinchi  o ‘rinda  turadi,  o ‘quvchilar  hayotda 
shu  kunda  bo‘lib  o ‘tgan  voqea  va  hodisalar  bilan  ana  shu janr  vositasida 
tanishadilar.  O 'zbek jurnalistikasidagi bu kamchilik tezda tuzatilishi kerak.

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish