haqida aytib bering.
4. Radio va telehisobotning о ‘ziga xos xususiyati nimadan iborat?
8.3. Jntervyu
Ommaviy axborot vositalarida keng qoilaniladigan axboriy janrlardan
biri intervyudir. Bu so ‘z inglizcha b o iib “so‘rab olish, surishtirish” degan
m a’noni bildiradi. Mazkur janrning jurnalistikada keng uchrashining
sababi shundaki hayotdagi har bir fakt, voqea va hodisaning qanday b o iib
o ‘tganligi, tafsiloti odatda shu faktdan xabardor b o ig an , voqea, hodisani
ko‘rgan-bilgan odamlardan so‘rab-surishtirib bilinadi, keyingina biror
janrdagi jumalistika materialiga asos boiadi. Shu boisdan so‘rash,
surishtirish avvalo, hayotni bilish vositasi b o lsa , uning jurnalistikadagi
aksi esa axboriy publitsistikaning eng muhim, keng tarqalgan, ommabob
janri hisoblanadi. Bu janr jamiyat hayotining barcha — ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy hayotining barcha sohalarida
qollaniladi. Shu bilan birgalikda u ommaviy axborot vositalari - gazetalar,
jurnallar, radio, televideniye, axborot agentliklari, mternetdan doimiy joy
olib keladi. Avvalo intervyu rasmiy va norasmiy xillarga boiinadi. Rasmiy
intervyular asosan hukumat rahbarlarining faoliyati bilan b o g liq b o ig an
biror muhim voqea - rasmiy uchrashuv, safar, yirik anjuman va zarur
sanalarga va boshqa davlat ahamiyatiga ega b o ig an tadbirlarga
baglshlanib o ‘tkazilgan press-konferensiyalardan beriladi. Norasmiy
intervyu esa jurnalistlar tomonidan u yoki bu voqea, hodisa haqida
yoziladi.
187
Intervyu shakl jihatidan ikki xil — axboriy va tahliliyga bo‘linadi.
Axboriy intervyuda so‘rov, surishtiruv natijasida olingan fakt, aniqlangan
voqea va hodisa haqida xabar qilinadi hamda bu xabar, axborot kim
tomonidan aytilganligi, fakt va m aium otlar kimdan olinganligi aytilib,
qisqacha tarzda berilishi mumkin.
Bu jihatdan u xabar janriga yaqin turadi. Tahliliy intervyu esa suhbat
deb ataladi va unda tahliliy publitsistika xususiyatlari asosiy o ‘rin
egallaydi. Shuni ta kidlash lozimki, k o ‘p hollarda intervyuning axboriy va
tahliliy xususiyatlari birlashib ketishi, y a’ni u orqali ham xabar va
m a’lumotlar berilishi va fikr-mulohazalar bildirilishi ham mumkin.
O cz tuzilishi jihatidan intervyu ikki xil- intervyu dialog va intervyu
monolog shaklida ham boTishi mumkin. Intervyu dialogda muxbir va
suhbatdosh o'zaro savol-javob qilishadi. Bu savol-javob tayyorlanish
jarayonida to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri og'zaki ko‘rinishda yoki yozma savol-javob
tarzida olib boriladi.
Respublikamizning mashhur kishilari, fan arboblari,
yozuvphilar, san’atkorlar, ishlab chiqarish ilg‘orlari, tadbirkorlardan
olingan intervyular jumalistikamizda, radio va televideniyeda turli ruknlar
ostida tez-tez berib boriladi.
K o‘rimb turibdiki, intervyu janrining bu asosiy ko‘rinishi jamiyat
hayotining barcha muhim tomonlari haqida xabar berishda keng
qoTlaniladi.
Intervyuning ikkinchi bir ko ‘rinishi intervyu monolog boTib, unda
muxbir bergan birgina savolga suhbatdosh tomonidan berilgan javob o ‘z
aksini topadi. Bunday intervyu odatda hayotdagi birorta muhim ijtimoiy,
iqtisodiy, madaniy-ma’naviy masala yoki muammoni yoritish uchun
qoTlaniladi. Bunda suhbatdoshning javobi uning tilidan yoki jurnalistning
tilidan, sharhlanib berilishi mumkin. Bunday intervyu odatda hajm jihatdan
dialog-intervyudan kichikroq boTadi.
Intervyuning yana bir shakli jurnalistika anjumani — press-
konferensiyalardan olinadi va ularda ommaviy axborot vositalari
muxbirlariga hayotning muhim masala va muammosi haqida m a’lumot
beriladi hamda jurnalistlarning savollariga javob qaytariladi. Bu usul
umumjahon miqyosida keng qoTlanilib kelinadi. Respublikamizda ham
188
ijtimoiy hayotning muhim masalalari b o ‘yicha press-konferensiyalar
muntazam ravishda o ‘tkazib turiladi.
“To‘g ‘ridan-to‘g‘ri muloqot” rukni ostida beriladigan intervyularda
esa biror bir davlat arbobi k o ‘pchilikning savollariga javob beradi. Bunday
o ‘ziga xos intervyu ko‘pincha radio va ayniqsa televideniye orqali
o ‘tkaziladi. Biror mavzu bo‘yicha ko ‘cha-ko‘yda o ‘tkinchilardan fikr
so‘rash, sud jarayonida intervyu olish ham ana shular jumlasidandir.
Shuningdek, tahririyatga kelgan xatlar, maxsus so‘rovnomalar tarqatish
orqali savollarga javob olib borish ham mazkur janrning muhim
k o‘rinishlari hisoblanadi.
K o‘rinib turibdiki, intervyu janri turli, rang-barang ko ‘rinishlarga ega
bo‘lib, ular ijtimoiy hayotni keng va chuqur yoritish, undagi muhim fakt,
voqea va hodisalardan o ‘quvchilarni xabardor qilish, jamoatchilik fikrini
uyg‘otishga xizmat qiladi. Eng ommabop, tezkor va ta’sirchan bu janr
jurnalistdan juda katta mehnat, topqirlik va mahorat talab qiladi. Jurnalist
avvalo hayotni muttasil kuzatib borishi, undan ijtimoiy ahamiyatli,
o ‘quvchilarning qiziqishini uyg'otadigan fakt, voqea va hodisalarni qidirib
topishi, ular haqida kengroq m a’lumot bera oladigan odamlarni aniqlashi,
ularni suhbatga tortishi, hamda zarur m a’lumotlami ola bilishi lozim.
Intervyuni yozish (tayyorlash) chog‘ida jurnalist avvalo faktlaming
aniqligi, voqea, hodisa tafsilotlarining haqqoniyligiga e’tibor berishi lozim.
Intervyuning qaysi shaklda yozilishi uning qaysi mavzu, masala va
muammoga bag‘ishlanganligi, ijtimoiy ahamiyatga bog‘liq.
Jurnalist intervyu olishda ma’lumot olayotgan odamga o ‘sha voqea-
hodisaning mohiyatini ochish uchun zarur b o ‘lgan savollami o ‘z vaqtida
bera olishi va ularga tegishli javob ola bilishi lozim. Jurnalist m o‘ljalga
uradigan, qisqa, lo‘nda savollar berib, suhbatdoshdan ham shunday javob
olishga erishishi muhim. Keraksiz tafsilotlar, ortiqcha so‘zlar intervyu
uchun to‘g ‘n kelmaydi, uning ahamiyatini pasaytiradi. Eng muhirhi
k o ‘pchilikka, jamoatchilikka yangilik, yangi fakt, yangi m a’lumotlar
yetkazishdir.
Intervyuning kompozitsiyasiga kelsak uning qay tarzda tuzilishi
yuqorida aytganimizdek uning mavzusidan va jurnalist tomonidan
tanlangan shakldan kelib chiqadi. Bu borada tayyor, k o ‘p uchraydigan
189
shablon tuzilishlardan qochib, original, ijodiy uslub topilishi lozim.
Intervyuning tili va uslubi masalasiga kelsak u odatda jiddiy, publitsistik
tilda yoziladi.
Intervyu janri jahon jumalistikasining asosiy janri hisoblanadi.
Dunyoda chiqib turadigan deyarli barcha gazetalar, jurnallar sahifalarida
bu janrga oid materiallarni ko‘plab o ‘qish mumkin. 0 ‘tgan asrning
oxirlarida rus jumalistikasida taoliyat ko ‘rsatgan mashhur jurnalist
V.Peskov intervyu janrining ustasi edi. Uning «Komsomolskaya pravda»
gazetasining deyarli har sonida bosiladigan qisqa, lo ‘nda, ammo
sermazmun mtervyularini gazetxonlar qiziqib o ‘qirdilar.
Jurnalistning
1962-yil
12-aprelda koinotga uchirilgan birinchi
kosmonavt
Yu.Gagarindan
olgan
intervyusi
insonning
koinotga
chiqishidek tarixiy voqeaning buyuk mohiyatini ochib bergan qisqa, yorqin
asar sifatida jurnalistika tarixida qolgan edi.
Oczbek jumalistikasida ham intervyu janri o‘ziga xos o'ringa ega
bo ‘lib, bu janrning ham ustalari mavjud. O'tgan asrning ikkinchi yarmida
“Qizil 0 ‘zbekiston” gazetasida faoliyat ko‘rsatgan jurnalist Abdulla
Po‘latov ham bu janrning ustasi sanalar edi. U har kuni gazeta uchun biror
qiziqarli, “tesha tegmagan” yangilik topish uchun tinmay izlanar, ter
to‘kardi. U gazeta sahifalarida yoritilgan ana shunday ijodiy yorqin
intervyulari, xabarlari uchun o‘z kasbdoshlari tomonidan “axborot qiroli”
deb nom olgan edi.
Mustaqil 0 ‘zbekiston jurnalistikasi, radio va televideniyesida shu
kunda ham intervyu janridan keng foydalanib kelinmoqda. Bu ommabop
janr respublikamiz ommaviy axborot vositalari uchun ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy-ma’naviy sohalardagi eng dolzarb, qiziq va kerakli fakt va
m a’lumotlami o ‘quvchiga yetkazishda muhim rol o ‘ynaydi. “Xalq so‘zi”
gazetasining 2005-yil 31-avgust sonida jurnalist U.Hakimjonovning
mashhur
о ‘zbek
bokschisi
Muhammadqodir
Abdullaevdan
olgan
intervyusi o rin olgan. Unda muxbir bokschiga qisqa-qisqa savollar beradi
va shu xilda javoblar oladi. Bu materialda o ‘zbek sport ustasining chet
ellardagi boks bo‘yicha bo‘lgan “jang”larda erishgan yuksak natijalari va
uning kelgusidagi rejalari yorqin bayon etib berilgan. “0 ‘zbekiston ovozi”
gazetasining 2005-yil 30-iyul sonida bosilgan “San’atkor bilan uchrashuv”
190
deb nom olgan intervyusi esa san’at masalalariga bag‘isblangan. Jurnalist
F.Fayziev taniqli san’atkor Muyassar Razzoqovadan uning ijodidagi
yangiliklami so‘rab biladi va gazetxonlarga m a’lum qiladi..
Intervyu radio va televideniyening ham eng k o ‘p qoMlamladigan,
doimiy janri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |