(shu bilan birgalikda
mikrofon, kamera, fotoa pparat kabi texnik vositalar yordam ida)
tasvir eta
bilish qobiliyatini talab qiladi. Demak, jurnalistika kasbi avvalo adabiy
faoliyat, adabiy va axboriy ijodning bir ko‘rinishidir.
163
Bu mazkur kasb kishisidan ijodiy salohiyatni, iste’dodni talab qiladi.
Jurnalist layoqati, qiziqishi, ijodiy imkoniyati bilan jumalistikaning
m aiu m bir sohasi
{gazeta, jurnal, radio, televideniye)da
ishlashi, m aiu m
bir mavzular va janrlarda ijod qilishi lozim. Bu kasb doimiy mehnat, ijodiy
mahoratni talab qiladi. Ana shu talablarga javob bergan kishigina bu
kasbda yetarli darajada faoliyat ko ‘rsata oladi. Aksincha b o is a -
muvaffaqiyat qozonishi mumkin emas.
Jurnalistika kasbi faqat bu bilangina cheklanib qolmaydi, balki u
jumalistikaning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy vazifa va tamoyillaridan kelib
chiquvchi talablariga ham bo‘ysunadi. Y a’ni, jurnalistika kasbi faqat
adabiy ijod faoliyatidangina iborat b o ‘lib qolmasdan ijtimoiy-siyosiy
faoliyat hamdir. Y a’ni jurnalist ijtimoiy voqelikni shunchaki, beehtiros
qayd etuvchi emas, balki o ‘z jamiyati, o ‘z xalqi, o ‘z millati, o ‘z vatanining
manfaat uchun kurashchi, faol siyosatchi, jam oat arbobi ham b o iish i shart.
Jurnalist mehnati uning qaysi jam iyatda yashashi, qanday kuchlarga
xizmat qilishi, qanday dunyoqarashga egaligi va qanday g ‘oyalarga sodiq
b o iish i nuqtai nazaridan oichanadi hamda u yo taraqqiyparvar yoki
teskarichi b o iish i mumkin. Hamma davrlarda ham qotib qolgan, eskirgan
g ‘oyalar va teskarichi kuchlarga xizmat qiluvchi jurnalistlar ommadan
uzoq, unga yot reaksion g ‘oyalarni targ‘ib qilganlar. Faqat o ‘sib
kekyotgan va tarixiy taraqqiyotga javob beruvchi kuchlar tarafdorlari
b oig an jurnalistlargina xalq ommasining tub manfaatlarini ifoda etadi,
yaxshilikka, to ‘g ‘rilikka, adolatga, taraqqiyotga xizmat qiladi.
Jahomting mutafakkir kishilari jurnalistika kasbiga katta baho
berganlar va jurnalistikani jam iyatga xizmat qilishning eng yuksak
naihunasi deb bilganlar. Rus jurnalistikasining atoqli namoyandalari:
buyuk shoir A.S.Pushkin, atoqli olim M.V.Lomonosov, xalqparvar
publitsist N.G.Chernishevskiy, A I.Gertsen va boshqalar haqiqiy jurnalist,
xalq manfaati uchun, ozodlik uchun, ezgulik uchun tolmas kurashchi
b o iish i lozimligini ta’kidlagan edilar.
Turkistonda jumalistikaning kasb sifatida shakllanishi masalasiga
kelsak o ‘tmishda hali jurnalistika shakllanmagan paytlarda uning ijtimoiy
vazifasini ham yozma adabiyot bajarib kelganligini k o ‘rgan edik. 0 ‘zbek
mumtoz adabiyotining atoqli vakillari Alisher Navoiy, Bobur, keyinchalik
164
Muqimiy, Furqat va Zavqiylar asarlarida o ‘z davrlarining muhim
muammolarini ko ‘tarib chiqdilar. Shu munosabat bilan ularni o ‘zbek
publitsistikasining boshlovchilari deyishimiz mumkin. Jurnalistika kasbi
jurnalistika nashrlarining paydo b o iis h i bilan bogiiqligini nazarda tutsak
bu kasbning o ‘tgan asrning oxirlarida paydo boiganligini ko'ramiz.
1870-yildan nashr etila boshlangan “Turkiston viloyatining gazeti”da
shoir Furqat, Ishoqxon to'ra, Nodim Namangoniy va boshqalar hamkorlik
qildilar. XX asrning boshlarida vujudga kelgan Turkiston milliy uyg‘onish
jurnalistikasida
esa
bu
harakatlarning
atoqli
namoyandalari
M.Abdurashidxonov, M.Behbudiy, A.Avloniy, Hamza, S.Ayniy va
boshqalar faol ishtirok etdilar. Bu atoqli ijodkorlar jurnalistika kasbim
xalqqa, millat manfaatlariga, taraqqiyotga xizmat qilish deb bildilar •
Keyinchalik ularning an’analarini Abdulla Qodiriy, ChoTpon, Fitrat va
boshqalar davom ettirdilar. Keyinchalik adiblarimiz G ‘afur G ‘ulom,
Abdulla Qahhor va boshqalar jurnalistika kasbi bilan samarali
shug‘ullandilar. Atoqli o ‘zbek jurnalistlarining boy va sermazmun
an’analarini hozirgi zamon o ‘zbek jurnalistlari davom ettirib kelmoqdalar.
Shuni aytish kerakki, jurnalistika kasbi eng qadimiy kasblardan biri
bo ‘lib, jurnalistika paydo b o iish i bilan vujudga keldi va rivojlandi.
Jumalistikaning dastlabki kurtaklari paydo
b o ig a n davrda unda
ishlovchilami “gazettant”, maxsus yangiliklarni yetkazib beruvchilarni esa
“novellant” deb atashgan. “Jurnalist” atamasi jurnallar kelib chiqishi bilan
qo ilan ila boshlandi va uning mazmuni kengayib, jumalistikaning barcha
turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilarga ham tegishli bo‘Idi.
Jurnalistika taraqqiy etishi bilan bu kasbning turli qirralari, xillari
paydo b o id i. Jurnalistika nashrlarini xabardor qiluvchi jumalistlar -
muxbir, reporter deb, keyinchalik jurnalistika va adabiy ijod rivojlanishi
bilan publitsist, sharhlovchi, jumalistikaning m a’lum janrlari bo‘yicha ijod
qiluvchilarni - feletonchi, ocherkchi deb atash odat tusiga kirdi.
Jurnalistika nashrlarini bevosita tayyorlash va chiqarish bilan b o g iiq
b o ig an muharrir, musahhih. (korrektor), matbaachi kabilar kelib chiqdi.
Ommaviy axborot vositalarining paydo b o iish i bilan fotojurnalist.
telejurnalist, suxandon, operator kabi kasblar ham paydo b o id i.
165
Jurnalistika va ommaviy axborot vositalari taraqqiy eta borishi bilan bu
tarmoqlanish yana davom etaveradi.
Jurnalist mehnatining uch asosi va uch tarkibiy qismi mavjud.
Jurnalist mehnatining ijtimoiy-siyosiy asosi uning qaysi jamiyatda, qanday
mafkura va dunyoqarashga xizmat qilishidan kelib chiqadi. O 'z milliy
mustaqilligiga erishgan 0 ‘zbekistonda jurnalistika kasbining ijtimoiy-
siyosiy va huquqiy asoslari to ‘la ko‘rsatib berilgan. Bu o‘z xalqi, o ‘z
vatanining ravnaqi uchun, mustaqillikni yanada mustahkamlash, milliy
taraqqiyotga erishish, adolat va demokratiya y o iid a ijod qilishdan iborat.
Jurnalist mehnatining huquqiy asoslari parlamentimiz tomonidan qabul
qilingan “Ommaviy axborot vositalari to ‘g ‘risida”, “Jurnalistik faoliyatni
himoya qilish to ‘g ‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi
to ‘g ‘risida” kabi qonunlar va 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilab
berilgan. Bizning jamiyatimizda jurnalistika kasbi ulug‘lanadi hamda unga
yuksak talablar qo'yiladi.
Jurnalist mehnatining iqtisodiy asosiga uning mehnatiga muvofiq
to io v lar - maosh, qalam haqi, mukofotlar kiradi. Bizda iste’dodli, o ‘z
kasbining haqiqiy egasi bo ‘lgan jurnalistlar uchun yetarli darajada
iqtisodiy
shart-sharoitlar
yaratilmoqda.
Eng
yaxshi
jurnalistlar
davlatimizning
mukofotlariga
sazovor
bo‘lishmoqda,
el
orasida
ardoqlanishmoqda.
Jurnalist mehnatining m a’naviy asosini jurnalistning ichki dunyosi,
e’tiqodi, maqsadi belgilaydi. 0 ‘z so‘zi bilan xalqqa, vatanga, ezgulikka,
adolatu haqqoniylikka xizmat qilish har bir jurnalistning oliy burchidir.
Jurnalist mehnatining uch tarkibiy qismiga kelganimizda jurnalist
birinchi navbatda muallif, yozuvchidir.
Jurnalist mehnatining ikkinchi muhim tarkibiy qismi esa muharrirlik,
tahrirchilikdan iborat.
Jurnalistning ish faoliyatida uning tashkilotchilik qobiliyati muhim
ahamiyatga ega. Bu - jumalistikaning bosh ijtimoiy vazifalaridan, uning
hayotga bevosita ta ’sir etish xususiyatidan kelib chiqadi. Jurnalist
jurnalistika materiallarini uyushtirish, ulaming ta ’sirchanligini ta ’minlash,
samaradorligini oshirish uchun kurashishi ham lozim. Bu esa jurnalistdan
166
ijtimoiy hayotga bevosita aralasha bilish, katta salohiyatga ega b o iish ,
tadbirkor va ishbilarmon, hozirjavob b o iish n i talab qiladi.
Mustaqil respublikamizda jurnalistika kasbiga b o ig a n talab tobora
oshib bormoqda. Bizda ommaviy axborot vositalari va ularda xizmat
qilayotgan ijodkorlarning erkin, keng qamrovli, oshkora faoliyat
ko‘rsatishlari, vatanimiz kelajagi, xalq baxt-saodati, millatimiz kamolati
y o iid a ijod qilishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Keng tarmoqli
jurnalistika nashrlari va ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari
o ‘z kasblarini ulugiab, mustaqil respublikamizga munosib xizmat qilib
kelmoqdalar.
0 ‘zbekiston
Ommaviy
axborot
vositalarini
demokratlashtirish va qoilab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jam g‘armasi va
boshqa ijodiy tashkilotlar bu kasb egalarining ijodiy kamolotlarini
oshirishda, ularning haq-huquqlarini himoya qilishda muntazam ish olib
bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |