Jurnalistikaga


qilish jurnalistikasi davrini  tushintirib bering



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

qilish jurnalistikasi davrini  tushintirib bering.
120


3. 
Jurnalistika fa oliyati  yakka  bir  g  ‘oyaga  majburiy  bo ‘ysindirilgan 
s davr haqida gapirib bering.

4.  H ar bir jurnalist,  ijodkor uchun xolis mezonni tushintirib bering.

5. Xalqchilik tamoyilini izohlang.

6. Jum alistikadagi haqqoniylik tamoyilini sharhlang.
3.3.  Jurnalistikada erkinlik masalasi va  uning g‘oyaviy-nazariy 

mohiyati
Jurnalistika nazariyasida jurnalistika erkinligi masalasi muhim o ‘rin 
tutadi.  Chunki  bu  muaramo  ham  jumalistikaning  mohiyatini,  uning 
jam iyat  hayotidagi  o ‘rnim  belgilaydi.  Jurnalistika  erkinligi  -   so‘z 
erkinligi,  shaxs  erkinligi,  vijdon  erkinligi  singari  siyosiy  huqiiqlardan 
biri  b o iib ,  jumalistikaning  erkin  faoliyat  ko crsatishi,  kishilaming 
jurnalistikadan erkin foydalana olishi, unda fikr va tuyg‘ularini  ifoda eta 
olishi erkinligi, axborot yig‘ish va tarqatish erkmligidir.
Jurnalistika  erkinligi  masalasi  jurnalistika  paydo  bo‘lgandan  beri 
mavjud bo‘lib, turli jamiyatda turlicha ado etib kelinmoqda.
Erkinlik  so‘zining  tub  m a’nosi  har  qanday  to ‘siq,  g ‘ov,  monelikdan 
holi bo clish, bemalollik, mustaqillik, ozodlik degan m a’noni beradi.  Ammo 
erkinlik  aslida  anglangan  zaruriyatdir.  Inson  o ‘z  oldida  turgan  tarixiy, 
iqtisodiy,  siyosiy zaruratni anglab yetgandagina erkin bo‘ladi, erkin fikrlay 
oladi.  Jurnalistika  erkinligi  ham  ana  shunday  xususiyatga  ega.  Y a’ni, 
jam iyat 
taraqqiyotiga, 
uning 
qonuniyatlariga 
javob 
beruvchi 
jurnalistikagina  erkin  jurnalistika  bo‘ladi.  Jamiyat  taraqqiyotiga  bog‘liq 
qonunlarni  chuqur  tushungan,  unga  javob  bera  oladigan  jurnalistgina 
erkindir.  В uning  aksi,  eskirgan, 
o 'z
  umrini  yashagan  ijtimoiy  tartiblar  va 
qarashlarga xizmat qiluvchi jurnalist erkin bo ‘la olmaydi.
Jurnalistika  erkinligining  uch  asosi  mavjud  bo‘lib,  bular-uning 
ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy 
va 
ma’naviy 
asoslaridir. 
Jurnalistika 
erkinligining  ijtimoiy-siyosiy  asosi  muayyan jamiyatdagi  jumalistikaning 
qaysi ijtimoiy borliqda, qanday tuzumda faoliyat ko‘rsatishi, qaysi  ijtimoiy 
ongning ko ‘rinishi ekanligi,  qaysi mafkura va g ‘oyalarga xizmat qilishidan 
kelib  chiqadi.  Jurnalistika  erkinligining  bu  bosh  asosi  uning  huquqiy
121


imkoniyatlari bilan  ifodalanadi.  Har bir jamiyat,  har bir tuzum jurnalistika 
erkinligi  huquqini  belgilar  ekan,  uning  faoliyatini  ma’lum  qonunlar, 
ko‘rsatmalar, bu borada olib boriladigan siyosat bilan belgilab qo'yadi.
Jurnalistika  erkinligining  iqtisodiy  asosi  esa jurnalistika  nashrlari  va 
ommaviy  axborot vositalarining  kim  toraonidan,  qaysi  mablag‘lar evaztga 
chiqarilishi bilan belgilanadi. Y a’ni, jurnalistika kimning mablag‘i evaziga, 
iqtisodiy qo'llashi natijasida chiqsa o ‘sha uchun erkin bo‘ladi.
Jurnalistika erkinligining m a’naviy asosi esa uni chiqarayotgan shaxs, 
guruh,  unda  ishlovchi  jurnalistlarning  dunyoqarashi,  e ’tiqodi,  maslak  va 
maqsadlari  bilan  o‘lchanadi.  Yuksak  m a’naviyatli,  e ’tiqodli,  insoniyat 
oldidagi,  jamiyat  oldidagi  o ‘z  mas’uliyatini  chuqur  anglab  olgan, 
umuminsoniy ,va milliy qadriyatlarga xizmat qiluvchi,  ezgulikka intiluvchi 
jurnalist  doimo  erkin  bo‘ladi.  Buning  aksicha  qoloq,  qotib  qolgan 
tushunchalar,  aqidalar  asosida  faoliyat  yuritadigan  jurnalist  esa  hech 
qachon ruhan erkin bo‘la olmaydi.
Jurnalistika  erkinligi  masalasi  jurnalistika  paydo  b o ig a n   paytdan 
boshlab  mayjuddir  va  turli  davrlarda  turlicha  hal  etib  kelingan. 
Jumalistikaning  ilk  davri  hisoblangan  va  yakka  hukmdorlar  tomonidan 
boshqarilgan  avtoritar jurnalistika  keng  omma  uchun  erkin  bo‘la  olmadi, 
xalqning  fikr-tuyg"ularini  o ‘zida  ifoda  eta  olmadi.  Bu  jumalistikaning 
egalari  bo‘lgan yakka hukmdorlar manfaatiga zid  edi.  Shu  boisdan ana shu 
davrdayoq  jurnalistika  erkinligi  talabi  paydo  b o id i.  Yangi  o ‘sib 
chiqayotgan  taraqqiyparvar  kuchlar  o'zlari  uchun,  o ‘z  fikrlarini  erkin 
bayon  etish  uchun  jurnalistika  erkinligini  talab  qildilar.  Bunmg  yaqqol 
misoli  sifatida XVII-XVIII  asrlarda Fransiya, Angliya kabi mamlakatlarda 
yuz  bergan  inqilobiy  voqealar  davridagi  jurnalistika  erkinligi  uchun 
kurashni  keltirish  mumkin.  Angliyada yashab  ijod  etgan  Djozef Addison, 
Richard  Stil,  Fransiyada  Kamil  Demulen,  Jan  Pol  Marat  va  boshqa 
taraqqiyparvar  jurnalistlar  o ‘z  asarlarida  xalq  ommasining  fikr  va 
tuvg  ularini  ifoda  etib,  jurnalistika  erkinligi  uchun  kurashdilar.  Rossiyada 
A S.Pushkin,  N.A.Nekrasov,  N.G.Chemishevskiy,  A.I.Gertsen  kabi  ilgcor 
fikrli,  o ‘z  asarlarida  xalq  ommasining  fikr  va  tuyg‘ularini  ifoda  etgan 
adiblar, 
publitsistlar  chor  hukumati 
tomonidan  doimiy 
ravishda 
jurnalistikani  o ‘z  ta’qibi  ostida  olib  kelgan  senzuraga  qarshi  kurashib
122


keldilar. 
Asrimizning  boshida  Turkistonda  vujudga  kelgan  jadid 
jurnalistikasi  namoyandalari  ham  mustamlakachi  chor  hukumatining 
jurnalistika erkinligi borasidagi  qattiq zulmiga qarshi chiqqan edilar.
“Hozirda  ijtimoiy  kaiom,  jurnalistika  uchun  berilgan  hurriyatlar 
to'shak  ustida,  og‘ziga  suv  tomizilib  turilgan  o g ‘ir  xastadek  ekanini  tilsiz 
va  ko‘r  tabiblar  ham  tasdiq  eturlar”,  deb  yozgan  edi  “Taraqqiy” 
gazetasining  muharriri  I.Obidov  gazetaning  l-sonida  (1906,  14  iyun) 
bosilgan 
“Biz 
musulmonlarni 
hurriyatda 
haqlari 
bormi? 
Y o‘q! 
Qarindoshlar,  yuz  marta  y o ‘q!”  sarlavhali  publitsistik  maqolasida.  Bu 
davrda  jurnalistikada  publitsistika  sohasida  ijod  qilgan  M.Behbudiy, 
M Abdurashidxonov, A Avloniy va boshqalar ham chor Rossiyasi general- 
gubematorligining  jurnalistika  erkinligidan  mahrum  qiluvchi  siyosatiga 
qarshi keskin fikrlar aytgan edilar.
Keyinchalik,  dunyodagi  qator  rivojlangan  mamlakatlarda  hokimiyat 
o‘zgarib  burjuaziya  hukmronligi  boshlangach,  jurnalistika  erkinligi 
msbatan  kengaydi.  Bu  davrda  chiqqan  jurnalistika  nashrlarida  axborot 
olish  va  tarqatish  yaxshilandi,  kishilaming  jurnalistikadan  foydalanish 
imkoniyatlari  ancha  oshdi.  Umuman  olganda  burjuaziya  jurnalistikasi 
erkin jurnalistika  deb  nom  oldi.  Bunda  ma’lum  darajada  haqiqat  bor  edi. 
Burjua  hukumatlari  jumalistikaga  oid  qonunlarida  jurnalistikani  hamma 
uchun  erkin,  deb  e’lon  qildilar,  bu  qonun  m a’lum  darajada amalga  oshdi, 
iqtisodiy  jihatdan  imkoniyati  bor  shaxslar,  guruhlar  uchun  jurnalistika 
nashrlari chiqarish,  axborot yig ‘ish va tarqatish erkinligi paydo  bo'ldi.  Shu 
bilan  birgalikda  burjua  jumalistikasida  erkinlikning  iqtisodiy  asosi  katta 
ahamiyatga  ega  bo‘la  borganligi  boisidan  jumalistikaning  kapitalga 
qaramligi  ham  oshdi, jurnalistika erkinligi  undan xohlagancha foydalanish 
erkmligiga,  boylik  orttirish  erkinligiga  aylana  bordi.  Jurnalistikada  shov- 
shuvli  materiallarga,  reklama  va  e ’lonlarga  haddan  tashqari  keng  o ‘rin 
berila boshlandi.  H.H.Niyoziyning “Gapur” she’ridagi:
Qo‘y ondin-mundin xabar, e ’lon kerosin yoyma ko‘p;
Ismi jum oli  kitob, yaxshi ro ‘monlardan  gapur,  kabi  misralar  “Sadoyi 
Farg‘ona” gazetasida juda ko ‘plab bosiladigan reklama va e’lonlarni tanqid 
qilishga bagcishlangan edi.  (“Sadoyi Turkiston” gazetasi.  1914. 20 may).
123


1917-yil  oktyabr  o ‘zgarishidan  keyin  hukmronlikni  o ‘z  qo‘liga  olgan 
bolsheviklar  partiyasi  jurnalistika  erkinligi  masalasiga  sinfiy  nuqtai 
nazardan  yondashishini  e ’lon  qildi  va  bu  borada  bir  yoqlama,  sinfiy- 
Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish