2. Taqriz san ’at asarlarining qaysi asarlariga yozilishini bilasizmi?
3. M.Behbudiyning taqrizni tanqid deb bilgan va uni saralam oq deb
ta ’riflaganiga munosabatingiz.
4. Те air taqrizi h aqidan im alar ayta olasiz:
5. “O ‘zbekiston adabiyoti va san ’ati ” gazetasida taqriz.
9.7. Sharh
Tahliliy publitsistikada sharh ham alohida o ‘rin tutadi. Sharh so'zi
arabcha boTib biror narsaning mazmuni, mohiyatini ochib tushuntirib
berish, izohlash, izoh degan m a’noni bildiradi. Mazkur atamaga muqobil
ravishda lotincha commentarium - biror matn yoki kitobni tushuntirib.
izohlab berish degan mazmundagi kommentariy iborasi. ham ishlatiladi.
K o‘rinib turibdiki, sharh (kommentariy) hayotdagi biror fakt, faktlar
y ig‘indisi, voqea, hodisa yoki biror hujjat, matn, kitob yoki boshqa biror
narsani izohlash, tushuntirib berish maqsadida yoziladigan matn,
241
materialdir. Sharh keng m a’noda ayrim ilmiy asarlami, yoki muqaddas
kitoblarni, qonunlar va boshqa rasmiy hujjatlarni izohlashda qoilaniladi.
Bu jihatdan sharhlar ilmiy, rasmiy, diniy va boshqa xillarga boiinadi.
Masalan, Qur’oni karim sharhlari, mumtoz she’riy adabiyot asarlarining
nasriy sharhi, qonunlar, huquq va kodekslar sharhlari, yangi qabul qilingan
farmon yoki boshqa biror rasmiy hujjat sharhlari va boshqalar. Ayrim
hollarda m a’muriy sohada yoki huquqni muhofaza qilish borasida mazkur
ishga aloqador kishilardan b o iib o ‘tgan biror voqea va hodisa haqida
olinadigan “tushuntirish xatlari” ham sharhning o ‘ziga xos, boshlang‘ich
k o ‘rinishidir.
Sharh jurnalistika-publitsistika janri sifatida ham keng qoilaniladi. U
hayotda yuz bergan fakt, voqea va hodisani, yoki jumalistikada
bosilayotgan biror rasmiy hujjatni sharhlash, o'quvchilarga tushuntirib
berish uchun qoilaniladi. Sharh o ‘zining janr xususiyati bilan maqola,
hisobotga yaqin turadi, unda ham yuz bergan, b o iib o ‘tgan voqea, hodisa
izohlanadi va uning mohiyati ochib beriladi. Ammo u maqoladan farqli
ravishda m aiu m fakt, voqea, hodisa yoki hujjatning o'zinigina sharhlash,
izohlash bilan cheklanadi. Hisobotdan farqi esa b o iib o ‘tgan voqea,
hodisalarning borishi, tafsilotini emas, faqat undan chiqadigan m a’no va
mohiyatinigina ochib berishidadir.
M azkur janr unda aks ettirilayotgan voqea va hodisalarga qarab tashqi
va ichki sharhlarga boiinadi. Tashqi sharhda xalqaro voqealar o ‘z aksini
topsa, ichki sharhda mamlakat ichida yuz berayotgan voqea va hodisalar,
rasmiy hujjatlar sharhlanadi. Xalqaro voqealarga doir sharh yozuvchi
(tayyorlovchi)lar xalqaro sharhlovchilar, ichki mavzulardagi sharh
yozuvchi (tayyorlovchi) lami esa iqtisodiy ilmiy va boshqa sohalarga doir
sharhlovchilar deyiladi.
Sharhning bevosita jumalistikada keng qoilaniladigan xili publitsistik
sharhdir. Publitsistik sharh hayotda yuz bergan ayrim muhim voqea,
hodisa, faktlarga asoslanib yozilgan tezkor, dolzarb maqoladir. Unda o ‘sha
voqea va hodisa, faktlar izohlanishi bilan birgalikda ularga publitsistik
baho beriladi, mohiyati ochib tashlanadi. 0 ‘z xususiyatiga ko‘ra
publitsistik sharh ijobiy yoki tanqidiy ruhda b o iish i mumkin. Ayrim
hollarda, hajviy nashrlarda hajviy sharh ham yozilishi mumkin. Bu
242
qalamga olinayotgan voqea, hodisa, faktlarning xususiyatidan kelib chiqib,
ularga shu nashming javobi, publitsistning munosabati hisoblanadi.
Publitsistik sharh oldiga qocyi.lgan asosiy talab hayot voqealari, faktlarga
tezkorlik bilan munosabat bildirish, bu voqea, hodisalarning asl mohiyatini
ochib berish orqali ulam i m a’qullash yoki inkor etish, jamoatchilik fikrini
qaratishdir «Xalq so‘zi» gazetasining 2005-yil 7-yanvar sonida jurnalist
M.Safarovning «Hayot yangi kadrlami so‘raydi» sarlavhali sharhi e io n
qilingan. Unda Respublikamizda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy
dasturining
hayotga
tatbiq
etilishi jarayonlari,
joylarda
faoliyat
ko ‘rsatayotgan ko‘p sonli akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida
amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va y o i qo‘yilayotgan
kamchiliklar, kelgusidagi rejalar haqida so‘z boradi. Mazkur material keng
qamrovli masalaga bag‘ishlanganligi va uning mohiyati ochib berilganligi
bilan qimmatlidir. « 0 £zbekiston ovozi» gazetasining 2005-yil 2-avgust
sonidan jurnalist F.Hamroevning 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil qilish to ‘g ‘risida»gi Farmoni va
Vazirlar Mahkamasi qaroridan so‘nggi o ‘ylar» deb nomlangan sharhi o ‘rin
olgan. Unda jurnalist mamlakatimizda tibbiy oliy ta’limni yanada taraqqiy
ettirish borasida muhim ahamiyatga ega b o ig a n yuqoridagi hukumat
farmonini sharhlaydi va bu sohada olib borilayotgan ishlar haqida hikoya
qiladi.
N.Abduraimovaning
«Bag‘rikenglikning
yuksak
namunasi»
( « 0 ‘zbekiston ovozi», 2005, 9-avgust) sharhida esa 0 ‘zbekiston
respublikasida o iim jazosini bekor qilish to ‘g ‘risidagi hukumat farmoni
sharhlab beriladi.
Gazetaning shu yil 13 avgust sonidan joy olgan «Na issiqqa
ko ‘nishadi, na sovuqqa» deb nom olgan sharh esa xalqaro masalalarga
bagishlangan. Uning muallifi I.Normatov Yaqin sharqda yuz berayotgan
voqealarni sharhlab beradi.
Shuningdek, ayrim ommaviy voqealar, bayram tadbirlari hamda sport
o ‘yinlari - futbol, xokkey, boks va boshqa musobaqalarning qanday
borishini sharhlashda ham bu janrdan foydalaniladi. Bunday sharhlar
hisobot tarzida ham b o iish i mumkin. Eng muhimi sharhlovchi sport
o ‘yinining qanday borishi, uning tafsilotlarini o ‘quvchi (eshituvchi,
tomosha qiluvchijlarga tushuntirib, izohlab berishi lozim. K o‘rinib
243
turibdiki„
sharh
ommaviy
axborot
vositalarining
deyarli
barcha
k o ‘rm i$ hla ri
- gazetalar, jurnallar, radio, televideniye, axborot agentliklari
va intemetdan o‘rin oladi. Keng m a’nodagi ilmiy, rasmiy, diniy, adabiy
sharhlar esa kitoblardan joy olishi m aium dir.
Sharhning ichki tuzilishi, shakli va hajmi uning qanday turda
ekanligiga b o g iiq . Ammo ularning barchasi uchun umumiy bo'lgan
xususiyat m aiu m fakt, voqea, hodisa, hujjat yoki biror asarga
asoslanishidir. Sharhda aniqlik, asos b o iib xizmat qilayotgan manbaning
mazmunidan uzoqlashmaslik talab etiladi. Bu ayniqsa ilmiy, rasmiy,
adabiy-badiiy, diniy asarlar sharhlarida shuningdek, rasmiy hujjatlarga doir
sharhlarda muhimdir. Publitsistik sharhda esa qalamga olinayotgan fakt,
hodisa va voqeaning mohiyati va u haqida bildirilayotgan fikr, publitsistik
mushohada va chiqarilayotgan xulosa asosiy rol o ‘ynaydi. Sharhning
uslubi va tili ham mazkur matcrialning qandayligidan, uning oldiga
qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqadi. Publitsistik sharhning tili va uslubi esa
ilmiy, adabiy-badiiy, rasmiy sharhlardan farq qilib, jonli, ta’sirchan
publitsistik tilda b o iish i lozim, Unda mantiqiy tafakkur bilan jonli fikrga
xos til va tasviriy vositalar uyg‘unlashib ketishi kerak. Sport o ‘yinlari
sharhida ham mazkur mavzu sport o ‘yini tafsilotlari, uning ichki
xususiyatlari, maxsus atamalari saqlangan holda tushunarli, jonli adabiy til
va tasviriy vositalar qoilanilishi kerak.
Hayotni fotosuratlar bilan aks ettiruvchi fotojumalistika ham
fotosharh, ; ayrim suratli nashrlarda tasviriy (grafik) sharhlar ham
qoilanilishi
mumkin.
Bularning
hammasi
sharh janrining
ko ‘p
qirraliligini, hayotni aks ettirishda turli vositalardan foydalanishi
mumkinligini ko ‘rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |