Jurnalistikaga



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

в
  рамках  обмена  информации»  kitoblarining 
nashr  etilganligini  bildiradi  va  bu  ilmiy  mahsulotlarning  jurnalistika 
fanining  rivoji  uchun  zarur  xizmatni  bajarishini  ta’kidlaydi.  Gazetaning 
shu  yil  36-sonida  «Voizga  yordam»  sarlavhasi  ostida  berilgan  axboriy 
taqrizda  ham  Respublika  M a’naviyat  markazi  tomonidan  ilm iy-targibot 
olib  boruvchilarga  yordam  beruvchi  bir  turkum  kitoblar  nashr  etilganligi 
bildiriladi  va  ulaming  mazmuni  qisqacha  bayon  etiladi.  « 0 ‘zbekiston 
adabiyoti  va  san’ati»  gazetasida  berib  borilayotgan  taqrizlar  orasida  ham 
qisqa -  axboriy  taqrizlar uchrab  turadi.  Masalan,  gazetaning 2005-yil  12  -  
avgust  sonidan  joy  olgan  «Doimiy  hamroh»  rukni  ostida  berilgan  ikki 
axboriy  taqrizda  yozuvchi  N.Jaloliddinning  «Erkagi  bor  uy»  hikoyalar 
to'plam i  va  tadqiqotchi  N.Afoqovaning  «Jadid  she’riyati  poetikasi» 
kitoblarining  nashr  etilganligi  m aiu m   qilinadi.  M uallif  Q.Qayumov  bu 
kitoblarning  mazmuni,  tuzilishi  va  ahamiyati  haqida  qisqacha  m aium ot 
berib o iad i.
Aksariyat  taqrizlar  tahliliy  b o iib ,  ular  o cz  xususiyatlari  bilan 
maqolaga yaqin turadi.  Y a’ni, taqrizda ham xuddi maqoladagi kabi tahliliy 
mushohada yuritiladi,  ayrim  fiferlar  oldinga  suriladi,  xulosalar  chiqariladi. 
Ilmiy  taqrizlarda  ilmiy,  adabiy-badiiy  taqrizlarda  adabiy-badiiy,  san’at 
turlariga  bagishlangan  taqrizlarda  esa  o ‘sha  san’atga  doir  tushunchalar
238


asosida  fikr-mulohaza  yuritiladi.  Ammo  barcha  taqrizlarga  xos  b o ig a n  
narsa  uning  publitsistik  tomonidir.  Y a’ni,  taqriz  etilayotgan  mazkur 
asarning  ijtimoiy  ahamiyati  taqrizda asosiy  o ‘rinm  egallashi  lozim.  Ayrim 
taqrizlarda  maqoladan  tashqari  -   ochiq  xat,  sharh  kabi  janrlardan  ham 
foydalanish mumkin.
« 0 ‘zbekiston  adabiyoti  va  san’ati»  gazetasining  2004-yil  29-oktyabr 
sonida  adabiyotshunos  olim  B.Qosimovning  «C ho ip on   haqida  roman» 
deb  nomlanuvchi  taqrizi  e io n  qilingan.  Unda taniqli  adabiyotshunos  olim 
N.Karimovning  «C hoipon»  deb  nomlanuvchi  romani  haqida  fikrlar 
bildiriladi.  Taqriz  tahlilning  chuqurligi  va  qamrovning  kengligi  bilan 
ajralib  turadi.  M uallif  asarga  uning  g ‘oyaviy  y o ‘nalishi,  ruhi,  yozilish 
mahoratiga  umuman  ijobiy  baho  bergani  holda  ayrim  muhim  faktlar  va 
voqealar,  ularning  haqqoniyligi,  romanda  qanday  foydalanganilganligi 
haqida  ham  o ‘z  fikrlarini  bildiradi.  Mazkur  taqrizni  ilmiy-adabiy 
taqrizning  mukammal  ko ‘rinishlaridan  biri  devish  mumkin.  Gazetaning 
2005-yil, 
12
  -   avgust  sonida  «Kitobingizni  o ‘qidim»  rukni  ostida 
M.Safarovning  «Shirindir  vatanning  achchiq  tutuni»  sarlavhali  taqrizi joy 
olgan.  Unda  yozuvchi  Muhammad  Alining  «Abadiy  sog‘inchlar»  deb 
nomlanuvchi  roman-xronika janriga  oid  asarining  yutuq  va  kamchiliklari 
tahlil  etiladi.  Professor  B.Akramovning  «Tarixiy  qissalar  hayrati»  taqrizi 
( « 0 ‘zbekiston  adabiyoti  va  san’ati»,  2004,  16-sentyabr)  yozuvchi  G \ 
Karimning 
«Sohibqiron 
va 
alloma» 
deb 
nomlanuvchi 
kitobiga 
bag‘ishlangan  b o iib ,  unda  tarixiy  qissalar  yaratishda  yozuvchi  mahorati 
masalalari  haqida  so‘z  boradi.  Filologiya  fanlari  doktori  II.Karimovning 
«Ziddiyatlar  talqini»  deb  nomlangan  taqrizi  ( « 0 ‘zbekiston  adabiyoti  va 
san’ati»,  2004,  13  avgust)  esa  yozuvchi  A .Y oidoshevning  «Timsohning 
k o ‘z yoshlari»  deb nomlanuvchi  qissalar to ‘plami  haqida m aium ot beradi. 
Filologiya 
fanlari 
nomzodi 
S Umirovning 
«O ‘zbekiston 
ovozi» 
gazetasining 2005-yil 21  -  iyun sonida «Yangi  kitob» rukni ostida berilgan 
«Mening dorilfimunim» taqrizi yozuvchi J.Abdullaxonovning «Hayot abad 
vasl  ayyomidir»  asari  haqida  b o iib ,  unda  muallifhing  ijodiy  y o ii, 
radiojurnalist  sifatidagi  faoliyati  asarda  qay  darajada  aks  etganligi  tadqjq 
qilinadi.
239


Taqrizlarning  bir  turi  -   tanqidiy  tarzda  yoziladi  va  ularda  taqriz 
qilinayotgan asarda y o i   qo‘yi1gan kamchiliklar tanqid ostiga olinadi
« 0 ‘zbekiston  ovozi»  gazetasining  2005-yil  24-m art  sonida  adabiy 
tanqidchi O.Abdullaevning «D o‘ppi kiygan  chumchuq, xijolatda qolgan it, 
yoki  tarjimon  kashfiyoti»  sarlavhali  taqrizi  joy  olgan.  Unda  m uallif 
Sh.Ko‘nchining 
Turgenevning 
sochma 
asarlarini 
tarjima 
qilishga 
muvaffaqiyatsiz  uringanligini,  uning  gazetada  bosilgan  tarjimalari 
no ‘noqligi,  badiiy  tuturiqsizligini  aniq  misollar  bilan  ochib  tashlaydi. 
«Badiiy  tarjima  shunchalik  ko‘ngilxushlik  ermagi  emas,  u  juda  yuksak, 
mas’uliyati  nihoyatda  ulkan  sa n 'a t-d e b   ta’kidlaydi  tanqidchi.  -   Uni  ana 
shu  baland  ijodiy  cho‘qqilardan  tushirib,  qadrini  pasaytirib  qo ‘yishdan 
ehtiyot  boiaylik».  «Hurriyat»  gazetasining  2000-yil  20  -   sonida 
K .Y oidoshevning  «G ‘irrom»  sarlavhali  tanqidiy  taqrizi  bosilgan.  Unda 
Sh.Xurramov, X.Zikirovlar o  zlarining «Mehnatni muhofaza qilish fanidan 
m a’ruzalar»  deb  nomlangan  va  Termizda  nashr  etilgan  kitoblarida 
Toshkentda  bundan  oldin  nashr  etilgan  «Ximiya  o ‘qitishda  mehnat 
muhofazasi  va  xavfsizlik  texnikasi»  degan  kitobidan  butun-butun 
parchalarm  k o ‘chirib  olganliklari  aytiladi  va  bunday  plagiat-  adabiy 
o ‘g ‘rilik holati tanqid ostiga olinadi.
« 0 ‘zbekiston  adabiyoti  va  san’ati»  gazetasida adabiy  asarlar  bilan  bir 
qatorda 
teatr 
va 
kino 
taqrizlari 
ham 
tez-tez 
bosilib 
turadi.
S.Jo‘rabekovaning  gazetaning  2005-yil  9-iyul  sonida  bosilgan  «Sug‘d 
elining  qoploni»  taqrizi  Alisher  Navoiy  nomidagi  Katta  opera  va  balet 
teatrining spektakli haqida b o ‘lsa, T.Boboshevaning «Farishta ayol» taqrizi 
(bu material  ham  shu  sonda bosilgan)  Muqimiy  nomidagi  musiqali  drama 
teatri  sahnasida  tamoshabinlarga  taqdim  etilgan  musiqali  drama  haqida 
m a’lumot beradi, tahlil  etadi  va baholaydi.
Taqrizlarning  tili  va  uslubi  ham  ularning  turiga  bogTiq.  Ilmiy 
taqrizlarda  ilmiy  uslub,  adabiy-badiiy  taqrizlarda  adabiy-badiiy  uslub 
boTishi  talab  etiladi.  Ayrim  o ‘rinlarda  obraz  va  obrazlilikdan  ham 
foydalanish mumkin.
Inson 
olamining 
turli 
qirralarini 
aks 
ettiruvchi 
tahliliy 
publitsistikaning  muhim  janrlaridan  biri  -   taqriz  hozirgi  zamon  o ‘zbek 
jurnalistikasida keng qo‘llanib kelinmoqda.

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish