10 BOB. BADIIY PUBLITSISTIKA
M a’lumki, jum alistika materiallarining o ‘zagini publitsistika tashkil
etadi. Publitsistika ijtimoiy hayotni aks ettirish k o ‘rinishlaridan boTgan
adabiyot va san’atda ham keng o ‘rin egallaydi, ammo lining asosiy faoliyat
ko ‘rsatadigan
maydoni
jurnalistikadir.
Badiiy
publitsistika
-
publitsistikaning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning asosiy
xususiyati va publitsistikaning boshqa qismlaridan farqi uning ijtimoiy
hayotni aks ettirishda adabiy-badiiy vositalardan keng foydalanishi
hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, badiiy publitsistika hayotni adabiyot
nuqtai nazaridan yorituvchi ijtimoiy-ijodiy faoliyat hisoblanadi. Badiiy
publitsistika foydalanadigan adabiy-badiiy vositalar orasida obraz va
obrazlilik asosiy o ‘rin tutadi. Y a’ni, badiiy publitsistikaning asosiy qonuni,
bosh xususiyati unda obraz va obrazlilikning mavjud boiishidir.
Obraz so£zi ancha murakkab tushuncha bo'lib, u aslida ruscha
otobrazit-chizmoq,
k o ‘rmish
bermoq
degan
so‘zdan
olmgan
va
tasavvurdagi ko ‘rinish qiyofa, shakl, timsol degan mazmunni beradi.
Obraz bu - san’atning o ‘ziga xos bir ifoda ko ‘rinishi, san’atkorning
voqelik haqidagi tasavvurining aniq, yorqin his etadigan bir tarzda
gavdalanishidir. Kengroq qilib aytganda obraz ongda borliqning jonli,
hayotiy tarzdagi aksi, in’ikosidir. Obrazlilik esa borliqning in’ikosida
obraz unsurlarining mavjudligi, ishtirok etishi demakdir. Y a’ni obrazlilik-
faqat inson tasviridagina emas, holat, tabiat manzaralari, fakt hodisa va
voqealarning jonli, yorqin tasvirlanishidir. Obrazlilik og‘zaki nutqda, xalq
og‘zaki ijodida, yozma adabiyot va san’atning barcha turlarida mavjuddir.
Obraz obrazlilikdan o ‘z yaxlitligi, mukammalligi bilan farq qiladi. Obraz
yaratish va obrazlilikda o ‘xshatish, jonlantirish, sifatlash, metonimiya (bir
so‘z o ‘rniga kinoya, kesatiq tarzida ikkinchi so‘zni ishlatish), istiora
(so‘zni ko‘chma m a’noda ishlatish), sarkazm (achchiq kinoya, istehzo) va
boshqa badiiy vositalar keng qoTlaniladi. Yuqoridagilar badiiy adabiyot
sohasida bo ‘lib, musiqa, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, kino, teatr,
246
m e’morchilik va san’atning boshqa turlarida har bir san’atning o ‘ziga xos
tasviriy vositalari qollaniladi.
Publitsistikada obraz va obrazlilik o ‘ziga xos xususiyatlarga ega
b o iad i, bu xususiyatlar publitsistikaning zimmasiga yuklangan, unga
qo‘yilgan talablardan kelib chiqadi. Badiiy adabiyot va san’atda keng
m a’noda o ‘z ifodasini topishi mumkin b o ig a n obraz va obrazlilik
publitsistikada m aiu m darajada cheklangan va o ‘ziga xos ifodalangan
boiad i. Bu publitsistikaning asosiy vazifasi b o im ish shu kun, ayni
zamonni aks ettirish, undagi muammolar haqida jamoatchilik fikrini
shakllantirish, hayotni publitsistik jihatdan tahlil qilish va zarur xulosalar
chiqarish zarurati bilan bogliqdir. Y a’ni, so‘z san’ati b o im ish adabiyotda
keng imkoniyatlarga ega b o ig a n obraz va obrazlilik so ‘z siyosati bo im ish
publitsistikada o ‘ziga ajratilgan o im gag m a ega b o iad i. Boshqacha qilib
aytganda publitsistikaning ijtimoiy-ijodiy to ‘qimasida mavjud b o ig a n
siyosat, fan badiiy ijod mahsuli b o ig a n obraz va obrazlilikka kerakli
darajadagina o crin beradi va u publitsistik asar oldiga qo‘yilgan maqsad,
hamda chiqarilishi lozim b o ig a n ijtimoiy xulosaga xizmat qiladi.
Publitsistikaning axboriy qismida obraz va obrazlilik qattiq
cheklangan, aksariyat hollarda esa ortiqcha hisoblanadi. Chunki bu qism
publitsistikaning asosiy vazifasi ommaga faktlar, voqea va hodisalar
haqida xabar beradi, yangiliklar yetkazadi. Bu o ‘rinda obraz va
obrazlilikning aralashuvi xabar, yangiliklar haqidagi tushunchalaming
buzilishiga olib keladi. Publitsistikaning ikkinchi bir muhim qismi b o ig a n
hamda hayotdagi fakt, voqea va hodisalarni baholash, tahlil etish orqali
ularning mohiyatini ochib berishga qaratilgan tahliliy publitsistikada ham
obraz va obrazlilikdan foydalanish cheklangan tusda boiadi. Ammo ayrim
hollarda, kishilar faoliyatini yoritishda m a’lum darajada obrazlilik,
jonlantirish, tasvir vositalari qollanilishi mumkin. Shu bilan birgalikda
hayotdagi voqea va hodisalarning mohiyatini ochib berish, jonlantirish,
odamlarning his-tuyg‘ularim uyg‘otish uchun m a’lum m a’noda obraz va
obrazlilik kiritilishi mumkin. Faqat badiiy publitsistikada obraz va
obrazlilik keng qoilaniladi, chunki badiiy publitsistik materiallarda
hayotiy voqealarni jonlantirib tasvirlanishi, insonlar faoliyati, voqea va
hodisalar keng, har taraflama aks ettirilishi, o ‘quvchining ongigagina emas
247
his-tuyg‘usiga ham ta’sir etish talab etiladi. Bu badiiy publitsistikaning
janrlarida o ‘z ifodasini topadi.
M a’lumki janr - shakl va mazmun jihatdan o‘ziga xos belgilarga ega
bo‘lgan san’at asari turidir. Publitsistika janrlari ham shakl va mazmun
jihatdan o'ziga xos xususiyatlarga egadir, ular ham xuddi adabiyot va
san’atdagi janrlar singari kichikdan kattaga, yagonadan umumiyga,
oddiylikdan mukammallikka o'sib boradi.
Publitsistikaning baduy turiga oid janrlar lavha, ocherk, esse, feleton
va pamtlctdir. M a/kur janrlarda hayot voqealari, muammolari keng tarzda
yoritilishi sababli ularda xabardor etish, tahlil qilish bilan birgalikda badiiy
tasvir \ ositalaridan ham keng foydalaniladi, hamda ularda obraz va
obrazlilik keng qo‘llaniladi. Ammo mazkur janrlarda ham obraz va
obrazlilik bu janrlarga oid hayot voqealari, y a’ni ularning mavzusi hamda
jamoatchilik fikrmi uyg‘otish uchun chiqanladigan publitsistik xulosalarga
xizmat qilishi lozimdir. Biz quyida mazkur janrlarning o ‘ziga xos
xususiyatlari, ulardagi obraz va obrazlilik darajasi va boshqa badiiy
publitsistik vositalarni ko‘rib o'tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |