1.2. Ravishlarning ma`no turlari .
Ravishlar ma'no va grammatik jihatdan olti guruhga bo'linadi:
1) holat ravishi;
2) miqdor ravish va daraja ravish;
3) payt ravish;
4) o'rin ravish;
5) sabab ravish;
6) maqsad ravish.3
Holat ravishi ish-harakatning qanday holatda va qanday kimga va nimaga o'xshatib bajarilishini ifodalaydi.
U qanday? qanday qilib? kimdan? nimadan? so'roqlarga javob bo'ladi: 4asta, sekin, jim, yayov, piyoda, ochin-to'kin, xomligicha, darhol, birdan, qo'qisdan, majburan, tasodifan, yaqqol, qahramonlarcha, yangicha, qatorasiga, yonma-yon, bittalab, qushday kabi.
Holat ravishlari asosan uch vazifada -hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.
Masalan: Mirza ota sovib qolgan choyni birdan shimirdi. Xona jim-jit, hamma unga qarar.
Miqdor va daraja ravishlari ish-harakat yoki belgining miqdorini, kuchini shuningdek, predmetning noaniq miqdorini anglatadi. Miqdor va daraja ravishlari qancha? qay daraja? kabi so'roqlarga javob bo'ladi. Miqdor va daraja ravishlari ma'noga ko'ra yo miqdor tushunchasini ifodalaydi, yoki boshqa so'zning faqat ma'nosini kuchaytiradi. Shunga ko'ra bu gurux ikkiga bo'linadi:
1) Miqdor ravishi;
2) Daraja ravishi.5
Miqdor ravish harakat yoki predmetning noaniq miqdorini anglatadi: ko'p, oz, kam, bir oz, sal, picha, qitak, xayol kabi.
Daraja ravishi harakat yoki belgi ma'nosini kuchaytiradi: juda, g'oyat, nihoyatda, har qancha, oz-muncha, sira, aslo, kabi.
Miqdor va daraja ravishlari gapda ko'pincha hol vazifasini bajaradi:
O'rmonjon akamning bir gaplari sira-sira esimdan chiqmaydi.
Miqdor va daraja ravishlari gapda ot bilan bog'lanib, uning aniqlovchisi bo'ladi. Bu vazifa holga nisbatan kamroq uchraydi: Ko'p gap quloqqa ёqmas.
Miqdor-daraja ravishlari gapning kesimi vazifasini bajarishi mumkin: Viloyatimizda bu yil paxtadan mo'l hosil olgan brigadalar ko'p.
Bu kabi ravishlar otlashganda esa to'ldiruvchi va qaratqich vazifasini ham bajaradi. Masalan: Ko'pdan quyon qochib qutilmas (Maqol) kabi.
Payt ravishi. Ish-harakatning bajarilish paytini anglatadi. Payt ma'nosidagi ot ham harakatning bajarilish paytini ifodalaydi, ammo ot orqali ifodalangan payt ma'nosi konkret, ravish orqali ifodalangan payt ma'nosi esa abstrakt bo'ladi. Shuning uchun nutqda ish-harakatning sodir bo'lgan payti ravish bilan ifodalangandan so'ng, bu ma'no ot orqali izohlanishi, konkretlashtirilishi mumkin.
Masalan: Bugun 25 may kuni, to'garak a'zolarining yig'ilishi bo'ladi.
Payt ravishlariga: tunov, kun, xanuz, hali, so'ngra, butun, avval, oldin, kechasi, tezda, yaqinda, yiliga, hech qachon, har kuni, ko'pi bilan, erta-indin, qishin- yozin kabi so'zlar kiradi.
Payt ravishi hol yoki kesim vazifasini bajaradi.
O'rin ravishi. Ish-harakatning bajarilish o'rnini anglatadi.
O'rin ravishining ma'nosi o'rin ma'nosini ifodalaydigan otning ma'nosiga nisbatan abstrakt, umumiy bo'ladi. O'rin ravishlariga: nari, beri, unda-bunda, allaqayerdan, buyoqqa, u ёqqa! kabi so'zlar kiradi.
O'rin ravishi asosan hol vazifasini bajaradi: «Bunda bulbul kitob o'qiydi. Qani bu ёqqa o'tiring-chi!
Sabab ravishi. Ish-harakatning bajarilishidagi sababini anglatadi.
Sabab ravishiga: noilojlikdan, chorasizlikdan, so'zlari kiradi. Sabab ravishi asosan, hol vazifasini bajaradi: Kunduzoyning qistashi bilan noiloj birinchi qatorga borib o'tirdi.
Maqsad ravishi. Ish-harakatning bajarilishi maqsadini anglatadi.
Maqsad ravishlariga: atayi(n), ataylab, jo'rttaga, qasddan, so'zlari kiradi. Maqsad ravishi hol vazifasini bajaradi: Ertalab atayin sport kostyumini kiydim.
Holat ravishi. Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qanday qilib? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: asta, sekin, tez, piyoda, ayov, qo`qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to`kin, butunligicha, jim, darhol, zo`rg`a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o`zbekcha, yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi.Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi:Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi:Bobur ota yurtidan ajralganini endi astoydil his qildi (P.Q.).
Salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g`olibona bayrog`imizni (A.M.).Auditoriya jimjit, hamma unga qarar (P.Q.).Payt ravishi.
Payt ravishi. Payt ravishi ish-harakatning paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so`roqlarga javob beradi.
Payt ravishlariga: hozir, boya, hali, endi, oldin, burun, avval, qadim, bultur, tunov kun, yaqinda, hamisha, hanuz, hamon, bugun, indin, keyin, so`ng, yiliga, dastlab, har kuni, erta-indin, erta-kech, qishin-yozin kabilar kiradi.Payt ravishlari :Payt ravishlari asosan, payt holi, ba’zan kesim vazifasida keladi.6Masalan: Sen bir birodaringning ayblarini zikr qilmoqchi bo`lsang, avval o`z ayblaringni esla! (Imom Ismoil al Buxoriy). Bugun sening tug`ilgan kuning, Bugun uying to`ladi gulga (H.O.O`rin ravishiO`rin ravishi.
O`rin ravishi ish-harakatning bajarilish o`rnini va harakat yo`nalgan tomonni anglatadi.O`rin ravishi qayerga? qayerda? qayerdan? kabi so`roqlarga javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, quyidan, u yoqqa, bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to`g`riga, chapda, o`ngda kabilar kiradi :O`rin ravishlari gapda, asosan, o`rin holi ba’zan esa kesim vazifasini bajaradi: Biror kishi gapirgan paytida u yoq - bu yoqqa qarab qo`ysa, demak bu gap omonatdir (Hadisdan). YOshi ulug` Nazarali ota shu yerda (G`.G`ulom).
O`rin ravishlari gapda, asosan, o`rin holi ba’zan esa kesim vazifasini bajaradi: Biror kishi gapirgan paytida u yoq - bu yoqqa qarab qo`ysa, demak bu gap omonatdir (Hadisdan). YOshi ulug` Nazarali ota shu yerda (G`.G`ulom).Miqdor-daraja ravishi.Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi ish-harakatning miqdoriy belgisi, bajarilish darajasini, shuningdek, predmetning noaniq miqdori, belgining darajasi va miqdorini anglatadi.
Miqdor-daraja ravishlari ma’no xususiyatiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi:Miqdor-daraja ravishlari ma’no xususiyatiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi:
1.--miqdor ravishi.
2.--daraja ravishi.
Miqdor-daraja ravishlari, asosan, miqdor-daraja holi, ba’zan kesim vazifasini bajaradi: Mo`l-ko`l nur to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E.Vohidov). Biroq ko`zgu shunaqangi xira Ediki, o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`.H.).
Miqdor-daraja ravishlari, asosan, miqdor-daraja holi, ba’zan kesim vazifasini bajaradi: Mo`l-ko`l nur to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E.Vohidov).
Biroq ko`zgu shunaqangi xira Ediki, o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`.H.).Miqdor-daraja ravishi predmetning belgisini bildirib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida ham keladi: Ko`p gap quloqqa yoqmas (Maqol).
Sabab ravishi. Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi. Sabab ravishi nega? nima uchun? nima sababdan? kabi so`roqlarga javob bo`ladi va ularga noiloj, noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan kabi ravishlar kiradi.Sabab ravishi, asosan, sabab holi vazifasini bajaradi:
Qunduzoyning qistashi bilan noiloj birinchi qatorga borib o`tirdi (Oydin).
Maqsad ravishi. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nega? nima maqsadda? kabi so`roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga atay(in), ataylab, jo`rttaga, qasddan kabilar kiradi.
Maqsad ravishi gapda, asosan, maqsad holi vazifasini bajaradi: YUksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (Po`lat Mo`min)
Do'stlaringiz bilan baham: |