Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishining maqsadi ravish so`z turkumining talqinini mohiyatini ochib berish hisoblanadi
Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
Ushbu kurs ishida so`zturkumlari va ravish so`z turkumi talqinini o`rganish maqsad qilingan va ushbu maqsadga erishish uchun U.Tursunov, N.Muxtorov, SH.Rahmatullayev. «Hozirgi o'zbek adabiy tili» ,A.Abduazizov. «O'zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi» S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek-adabiy tili» kitoblaridagi ma`lumotlar o`rganilgan.
Kurs ishining asosiy masalalari va farazlari:
Ravish so`z turkumi talqinining nazariy va metodologik asoslari ;Ravishlarning ma`no turlari ;Ravishlarning darajalari
Mavzuning o`rganilganlik darajasi:
Ushbu mavzuni o`rganishda I.Madrahimov,D.Muhammedova ,D . Shodmonqulova asarlari va O'zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi» S.Rahimov, boshqa bir qator ilmiy maqolalardan foydalanildi
Kurs ishining tuzilishi: Mazkur kurs ishi kirish, 2 asosiy bob, 4 paragraf, xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
I BOB RAVISH SO`Z TURKUMI TALQININING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Ravish so`z turkumi talqini
Ravish — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgini1ng belgisini bildiradi. 2Ravishlarning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) Ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravish lari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor Ravish lari (ancha, sal, kam kabi); maqsad Ravishlari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab Ravish lari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad Ravishlaridan boshqa barcha Ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) Ravishlari deb atash mumkin.
Ravish mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi:
1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi;
2) oʻzgarmas bulib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi;
3) Ravish ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib boʻlmas baxtiyor edi;
4) Ravish yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqa;
5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).
Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. Ravishlar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. Ravishlarning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. Ravishlar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.
Ravishlar belgi anglatish xususiyatlari bilan sifatlarga uxshaydi, ammo grammatik xususiyatlari jihatidan ular oʻzaro farqlanadi: sifatlar predmetning belgisini, Ravishlar esa harakat yoki holatning belgisini bildiradi; ularning gapdagi, yaʼni sintaktik vazifasi ham oʻzgachadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |