Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 28,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/88
Sana24.01.2022
Hajmi28,53 Mb.
#408022
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88
Bog'liq
til va adabiyot

Habibulla QODIRIY:

–­“Mehrobdan­chayon”ni­o‘qiganlar­“Amir­Umarxonning­

kanizi”­ bobini­ xotirlar.­ Unda­ Turkiston­ xonlari­ Amir­

Umarxon, o‘g‘li Muhammad Alixon va Amir Nasrulloxon 

o‘rtalarida bir go‘zal kaniz tufayli bo‘lib o‘tgan kechmish 

foje’ bir tarix qisqacha bayon etib o‘tiladi. Ana shu tarix 

o‘z nomi bilan ushbu romanga tub mazmun berishi, ya’ni 

asar­shu­mazmun­asosida­tavsifanib,­badiiy­bo‘yoq­olib,­

kengayib, alohida roman tusini olishi kerak edi.

Muzayyana Alaviya: 

– Xirmontepadagi o‘rta maktabda ishlab yurganimda

ko‘pchilik qatori men ham shaharga piyoda qatnardim. 

Agar kechikib yoki toliqib qolsam, mashhur adib Abdulla 

Qodiriy (Julqunboy)ning Samarqand darvozadagi bog‘iga 

kirib qolardim...

...Bir kun Abdulla akani qiziq holatda ko‘rdim. Xonasida 

uzoq o‘tirib, kitoblar orasidan chiqib keldi. Ko‘zlari 

yig‘lagansimon,­ ammo­ ruhi­ baland­ edi.­ Hayron­ bo‘lib­

qarab qolganimni sezib: “O‘ylab yurgan romanimni yozib 

bitirsam,­kitob­bo‘lib­chiqsa,­qo‘rqamanki,­“O‘tgan­kunlar”,­

“Mehrobdan­ chayon”larni­ hech­ kim­ o‘qimay­ qo‘yadi”,­ –­

dedi.

Qodiriyning o‘ylab yurgan va yoza boshlagan romani 

“Amir Umarxonning kanizi” deb atalgan edi. Afsuski, 

davr adibga bu romanni yozib tugatish va xalqqa kitob 

tarzida taqdim etish imkonini bermadi. Uning yozilgan 

qismi  adibning  boshqa  qo‘lyozmalari  bilan  birga  NKVD 

gulxanlarida yonib kul bo‘ldi.

XOTIMA


1937-yil may oyida Moskvada o‘zbek san’atining 

birinchi o‘n kunligi katta tantana bilan o‘tadi. O‘n 

kunlikda qatnashgan san’at va adabiyot namoyandalari 

hukumat orden va medallari bilan taqdirlanadi. Moskva 

gazetalarida o‘zbek adabiyoti va san’ati erishgan yutuqlar 

haqida, o‘zbek xalqining jahondagi eng boy va qadimiy 

madaniyatga ega xalqlardan biri ekanligi haqida bir-

biridan  samimiy  va  bir-biridan  ko‘tarinki  fikrlar  bildiriladi. 

Bundan ilhomlangan adabiyot va san’at namoyandalari 

yanada katta g‘ayrat bilan ijod qilishga kirishadilar. Lekin 

oradan ko‘p o‘tmay, O‘zbekiston Xalq Komissarlari Soveti 

raisi Fayzulla Xo‘jayev, keyin O‘zbekiston kompartiyasi 

Markaziy Komitetining birinchi kotibi Akmal Ikromov 

qamoqqa olinadi. O‘sha yilning iyun – sentabr oylarida 

bu “xalq dushmanlari”ning “hamtovoqlar”i sifatida barcha 

taniqli partiya va davlat, fan va madaniyat arboblari 

zanjirband  etilib,  NKVD  qamoqxonalariga  keltiriladi. 

Noyabr, ayniqsa, dekabr oylarida “qama-qama” jazavasi 

pasaygandek,  hatto  to‘xtagandek  bo‘ladi.  Xalqda  Yangi 

1938-yilni tinch dasturxon atrofida kutib olish umidi kurtak 

yoza boshlaydi. Abdulla Qodiriy ham 31-dekabrda Yangi 

yilni oilasi bag‘rida kutib olishiga ishonib, norin go‘shtini 

parraklashga va bu parraklarni qiyalatib kesishga tushadi. 

Ammo...


Yil  davomida  qanchadan-qancha  oilalarning  tinch 

hayotini payhon qilishga va shundan lazzatlanishga 

ko‘nikkan chekistlar Yangi yilga bir necha soat qolganida 

Abdulla Qodiriy yashagan uyga bostirib kelib, ulug‘ 

o‘zbek adibini hibsga oladilar. Turli siyosiy gaplar va 

o‘yinlardan bir chaqirim narida yurgan, hatto “qama-qama” 

boshlangan va davom etayotgan oylarda qariyb ko‘chaga 

chiqmagan, partiyaning adabiyot haqidagi har bir yangi 

qarorini samimiy kutib olgan Qodiriy do‘zaxdan omon-

eson chiqib ketishiga umid qiladi. Ammo bu do‘zaxga 

tushgan odamning undan tirik chiqib ketishi amri mahol 

edi. U o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblarni mardona turib rad 

etganiga  qaramay,  NKVD  “uchligi”  1938-yil  4-oktabrda 

bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida uni oliy jazoga hukm qiladi. 

Hukm  shu  kuni  yarim  kechada  Yunusobod  tumanidagi 

qatlgohlardan birida ijro etiladi.

Bu yil “Katta qirg‘in” jabrdiydalari – Abdulla Qodiriy va 

boshqa o‘zbek yozuvchilari, olimlari, muallimlari, davlat, 

partiya va xo‘jalik xodimlarining sovet jallodlari tomonidan 

qatl etilganiga 80 yil to‘ladi.

Keling, ularning barhayot ruhlarini shod etaylik.



veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz

9


Download 28,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish