veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
3
Aziz va yagonasan, jonajon O‘zbekistonim!
O‘ZBEK ADABIYOTI DUNYOGA YUZ TUTMOQDA
Adabiyot inson siyratini badiiy so‘z
vositasida tabiiy va haqqoniy aks
ettirish san’atidir. Bu go‘zal san’atning
ta’siri beqiyos, u insonga ruhiy madad
beradi, tasavvur va tafakkur dunyosini
munavvar etadi. Adabiyot til va e’tiqod
uyg‘unligi, insoniyatga daxldor qadriyat
va ezgu tuyg‘ularni o‘zida mujassam
etgani tufayli ham olam va odam
haqidagi durdona asarlarni taqdim
etadi va bu asarlar dunyo xalqlarining
ma’naviy mulki sifatida qadrlanib
kelinadi.
O‘zbek
adabiyoti durdonalari ham
dunyo adabiyotining oltin xazinasidan
o‘rin olgan. Shu yilning 7-8-avgust kunlari
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida
o‘tkazilgan “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini
xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb
masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ana
shu xazinadan bahramand bo‘lish istagidagi ko‘plab
xorijiy davlatlardagi o‘zbek adabiyoti tarjimonlari,
targ‘ibotchilari va mutaxassislarini
azim Toshkentga
chorladi.
O‘zbek mumtoz va zamonaviy
adabiyoti namunalarini
o‘rganayotgan, nodir asarlarimizni chet tillariga tarjima
qilayotgan va bu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan
chet ellik mutarjimlar, olimlarni poytaxtimizga jamlagan
ushbu adabiy anjumanga yigirma besh davlatdan qirq
nafarga yaqin yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos
olim va tarjimonlar, turli adabiy tahririyatlar xodimlari
tashrif buyurdi.
Ijodiy
aloqalar, adabiy, madaniy va do‘stona
munosabatlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan
xalqaro konferensiya Toshkentdagi buyuk mutafakkir
Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi
bilan boshlandi. Ma’rifatparvar ajdodimiz nomi berilgan
O‘zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan
kitoblar ko‘rgazmasi, adabiyotimiz, madaniyatimiz
o‘tmishi va buguniga bag‘ishlangan fi lm namoyishi
anjuman ishi avvalida xorijlik mehmonlarga ko‘tarinki
ruh bag‘ishladi.
O‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos ulkan voqeaga
aylangan ushbu anjumanning ochilishida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning
konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi
N.Yo‘ldoshev o‘qib eshittirdi. Prezident tabrigidagi
“...O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro
miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘p qirrali bu
27
4
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz
berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq
holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish,
kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki,
katta ahamiyatga ega” degan so‘zlar xalqaro
konferensiyaning o‘zbek adabiyoti rivojida muhim o‘rin
tutishidan darak beradi. Konferensiya ishtirokchilariga
yo‘llangan Prezident tabrigini xorijlik mehmonlar milliy
adabiyotga davlat miqyosida ko‘rsatilayotgan yuksak
e’tibor namunasi sifatida e’tirof etishdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin
Sayyid, O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi prezidenti
Behzod Yo‘ldoshev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat
Sirojiddinov va xorijlik mehmonlardan Ozarboyjon
Yozuvchilar birligi raisi Anor, Qozog‘iston Yozuvchilar
uyushmasi raisi Ulug‘bek Esdavlat, Tojikiston Yozuvchilar
ittifoqi raisi Nizom Qosim tadbir ishtirokchilarini qutlab,
xalqlar o‘rtasidagi adabiy aloqalar yanada ravnaq
topishi, adabiy do‘stlik abadiylikka muhrlanishiga tilak
bildirdi.
Ozarboyjon Yozuvchilar birligi raisi Anor muallim o‘z
taassurotlarini shunday ifodalaydi:
– Mening o‘zbek adiblari orasida do‘stlarim ko‘p.
Ularning aksariyati bugun oramizda yo‘q, ammo
shunday bo‘lsa-da, bir quvonchli holat ko‘nglimni
to‘ldirib, taskin berib turibdi. Bu ham bo‘lsa qardosh
o‘zbek xalqining bugungi adabiyoti, uning istiqboli uchun
barpo etilgan mustahkam asos juda katta umid beradi
kishiga. Axir Alisher Navoiydek shoiri bo‘lgan xalqning
avlodlari ham shunga munosib bo‘lishi kerak-da...
Konferensiya ishi beshta sho‘bada tashkil etilib,
o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalarini
xorijiy tillarga tarjima qilish va targ‘ib etish muammolari,
badiiy tarjima sohasi mutaxassislarini tayyorlashdagi
xalqaro ilg‘or tajribalar, xalqaro adabiy aloqalarni
kuchaytirishga doir masalalar yuzasidan Eron,
Shvetsiya, Turkmaniston, Armaniston, Gollandiya,
AQSH, Turkiya, Yaponiya, Hindiston, Ozarboyjon, Misr,
Germaniya, Fransiya, Rossiya, Janubiy Koreya va
boshqa davlatlardan kelgan olimlar va tadqiqotchilarning
ma’ruzalari tinglandi, ma’ruzalar yuzasidan fi kr-
mulohazalar bildirildi. E’tiborli jihati, xorijiy davlatlardan
kelgan mutaxassislarning aksariyati
anjumanda
mumtoz adabiyotimizning ulug‘ namoyandalari
Mahmud Koshg‘ariy, Hofi z, Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur, Rabg‘uziy, Abulg‘ozixon asarlari
tahliliga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Sho‘balarga O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad
Ali, fi lologiya fanlari nomzodi Shuhrat Rizayev, “Jahon
adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev,
Samarqand davlat chet tillar instituti professori
Muhammadjon Xolbekov, O‘zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin
Mirzo Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya universiteti
professorlari bilan birgalikda rahbarlik qilishdi. Ta’kidlash
joizki, mazkur anjuman o‘zbekistonlik mutaxassislar
uchun yigirma besh mamlakatdan tashrif buyurgan
atoqli olimlar, mashhur adiblar,
salohiyatli va tajribali
tarjimonlar ilmiy-ijodiy laboratoriyasi bilan yaqindan
tanishish, mahorat darslaridan saboq olish imkoniyatini
bergani bilan ham ahamiyatlidir.
— Xalqaro konferensiyada eng mashhur asarlardan
biri Nosiruddin Rabg‘uziyning «Qissasi anbiyo» asariga
oid ilmiy tadqiqotlarim bilan qatnashyapman, — deydi
Niderlandiyaning Jiovanni universiteti professori
Xendrik Boyoshoten. — Tadqiqotlar davomida men
o‘rgangan qo‘lyozmalar shundan dalolat beradiki, bu
asar XX asrga qadar bir-biridan uzoq joylarda yashagan
xattotlar tomonidan qayta-qayta ko‘chirilgan. Shuning
uchun asarning turli nusxalari bir-biridan farq qiladi.
Muammolardan yana biri shundaki, «Qissasi Rabg‘uziy»
asarining asl qo‘lyozmasi mavjud emas. G‘arb
turkologlari Britaniya kutubxonasida saqlanayotgan
qo‘lyozmani eng qadimgi deb hisoblashadi. Holbuki,
asarning London nusxasi bir qadar e’tiborsizlik
bilan
ko‘chirilgan. Shunday bo‘lsa-da, Toshkentdagi anjuman
uchun ma’ruzamni shu nusxa asosida tayyorladim.
Tadbir davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
muassisligida nashr etiladigan gazeta va jurnallar bilan
Rossiyada chop etiladigan “Literaturnaya gazeta”
va “Roman-gazeta” tahririyatlari o‘rtasida hamkorlik
shartnomalari imzolandi.
– O‘zbek adabiyotining tarixi, buguni va kelajagi,
bu adabiyotning dunyo madaniyatida tutgan o‘rni va
roli Toshkent anjumanining bosh mavzusiga aylandi.
Rossiyaliklarga O‘rta asrlar o‘zbek adabiyoti vakillari –
Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy
ijodi ko‘proq tanish, –
Do'stlaringiz bilan baham: