Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 8,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/79
Sana02.07.2022
Hajmi8,35 Mb.
#730310
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79
Bog'liq
8-son 2018 uz

Gulnoz TUGILOVA,
G‘allaorol tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim 
maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
KITOB YOG‘DUSI YO‘LIMIZNI YORITIB TURSIN
Ro‘ziboyevaning vaqti-vaqti bilan yangi adabiyotlar bilan 
tanishtirib borayotganligidan mamnun.
Bundan besh yil avval sinf kutubxonalari tashkil 
etish tashabbusi boshlangan bo‘lib, hozirda u yaxshi 
samara bermoqda. Mutaxassislarning fi kricha, bunday 
kutubxonalar o‘quv xonasining qaysi fanning o‘qitilishi-
ga mo‘ljallanganligiga qarab tashkil etilishi maqsadga 
muvofi q. Sinfl arda yozgi ta’til kunlarida ham o‘quvchilar 
kitob mutolaasi bilan shug‘ullandilar. 
Kitob targ‘iboti faqat maktabda emas, mahallalar 
miqyosida ham amalga oshirilmoqda. G‘allaorol tuma-
ni “Sarbozor” mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat 
faxriysi Gulchehra Egamqulovani barcha faol kitobxon 
sifatida hurmat qiladi. Uning shaxsiy kutubxonasida 
2 mingdan ziyod kitob bo‘lib, xonadoniga qo‘shnilari 
ham kelib, adabiyotlaridan foydalanib turishadi. Yoshi 
va kasbi-kori turlicha bo‘lsa-da, ularni kitobga bo‘lgan 
qiziqish birlashtirib turadi.
Shuningdek, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsat-
gan o‘qituvchi”, “Do‘stlik” ordeni nishondori Gulnora 
Mansurova, pedagog Ma’mura Ummatova kabi kitob-
sevarlarni ham kitobxonlar ommasi faxr bilan tilga oli-
shadi. Ular vaqti-vaqti bilan yoshlar o‘rtasida badiiy 
ada biyot targ‘iboti bo‘yicha suhbatlar uyushtirib turadi-
lar.
O‘zim ham kitob shaydosiman. Shaxsiy kutubxo-
namda mingtaga yaqin badiiy kitoblar bo‘lib, undan foy-
dalanuvchi kitobxonlar ham anchagina. Kitob – ulkan 
mo‘jiza, undan aslo uzoqlashmaylik. 


26
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
“Eramizdan oldingi uch mingginchi yillarning boshi-
dayoq bashariyat tarixida maktab degan muhtasham 
muassasaning ibtidosi hisoblanmish qadimgi Shumer 
maktablarida ilk ta’limning ikki ustunidan biri ona tili 
darslari bo‘lganligi (ikkinchisi – matematika) turli man-
balarda qayd etilgan. Demakki, kamida besh ming yil-
lardan beri ona tili muayyan bir tizimga solingan darslar 
o‘laroq o‘qitib kelinadi. Aytish mumkinki, shuncha vaqt-
dan beri inson aqli odam bolasiga o‘z ona tilini o‘rgatish 
va bu o‘rgatishning eng qulay hamda eng samarali 
yo‘llarini izlashdan to‘xtamaydi. Bir so‘z bilan aytganda, 
ona tili ta’limi zamon taqozosiga muvofi q ana shunday 
muttasil, muntazam rivojlanib, takomillashib boradigan 
o‘ziga xos jarayondir”.
Ona tili fanining ayrim mavzulari o‘qituvchidan, 
shuningdek, o‘quvchidan ham alohida e’tibor va diqqat-
ni talab etadi. Muayyan mavzu doirasida o‘rganilayot-
gan muammoning eng muhim qirrasi, mazmuni o‘rni-
ga uning shakliy jihatlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi va 
natijada mavzu o‘quvchi tomonidan to‘laqonli o‘zlashti-
rilmaydi. Xususan, ona tili darslarida “O‘timli fe’llar” 
mavzusini o‘rganish jarayonida aksariyat xuddi shun-
day holat ko‘zga tashlanadi. Mavzuni o‘qitishda o‘qituv-
chi tomonidan ko‘pincha bir tomonlama ma’lumot beri-
lishi natijasida o‘quvchilar mavzuning mohiyatini anglab 
yetmaydilar va oqibatda ularning bilimlarida bo‘shliqlar 
yuzaga keladi. Masalan, o‘timli fe’llar haqida gapirilgan-
da, asosan, ularning tushum kelishigidagi so‘zlar bilan 
bog‘lanib kelishi, ya’ni uning shakliy belgilari haqida 
gapirilib, harakatning predmetga o‘tganligi, ularga ta’sir 
etishi e’tibordan chetda qoldiriladi. Aslida o‘timli fe’l 
tushun chasining mohiyati uning tushum kelishigidagi 
so‘z bilan bog‘lana olishida emas, balki ish-harakat-
ning bir predmetdan (subyektdan) ikkinchi predmet-
ga (obyektga) o‘tishi bilan izohlanadi. O‘timli fe’llarga 
muqobil ravishda o‘timsiz fe’llar ham mavjud. O‘timsiz 
fe’llarda ish-harakat bajaruvchining o‘zida qoladi, bosh-
qa bir predmetga, ya’ni obyektga o‘tmaydi. Ana shu 
jihatini hisobga olgan holda ayrim tilshunoslar o‘timli 
va o‘timsiz fe’llarni mos ravishda obyektli va obyektsiz 
fe’llar deb ham tasnif qiladilar. 
Quyida o‘timli fe’llarning ana shu jihatini hisobga 
olgan holda o‘quvchilar o‘zlashtirishidagi bo‘shliqlar-
ni bartaraf etishga doir ba’zi ish tajribalarimiz bilan 
o‘rtoqlashamiz.
“O‘timli fe’llar” mavzusi 6-sinf darsligida berilgan. 
N.M.Uluqov va N.R.G‘oyibnazarovalar hammuallifl igida 
yaratilgan “Ona tili” (6-sinf. O‘qituvchilar uchun metodik 
qo‘llanma. Toshkent, 2005) qo‘llanmasida bu mavzu 
juda yaxshi yoritib berilgan. Mazkur mavzuning mohi-
yati anglab yetilsa, aslida o‘zlashtirish unchalik qiyin-

Download 8,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish