105
ona qornida, xoh tug‘ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum
shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya’ni jismoniy yoki ruhiy nuqson
-
lar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari orasida psixopat deb ataladigan bolalar
uchrab turadi. Psixopatiya yo patologik irsiyat yo‘li bilan yoki bolaning bachadonda
bo‘lgan (embrional) davrida, yoxud chaqaloqlik vaqtida unga tashqi omillarning noqu
-
lay ta’siri natijasida vujudga keladi. Nasliy (irsiy) psixopatiya masalasi xususida turli
nuqtayi nazarlar bor. Ba’zilar psixopatiya xarakterdagi nuqson sifatida nasldan-naslga
o‘tadi
deb hisoblaydilar, biroq ayrimlar esa psixopatiyani ruhiy kasalliklarning bosh
-
lang‘ich yoki o‘sib ulgurmagan shakllari deb hisoblaydilar.
ko‘pchilik
olimlarning fikricha, nasl-nasabida ruhiy kasalliklar bo‘lgan oilalarda
psixopatik shaxslar ko‘proq uchraydi, deb ta’kidlaydilar. Tug‘ish vaqtidagi og‘ir jarohat
-
lar, bolaning perinatal rivojlanish davrida yoki ilk bolalik yoshida ta’sir qiladigan miya
infeksiyalari, uzoq davom etgan me’da-ichak kasalliklari yoki boshqa somatik kasallik
-
lar natijasida paydo bo‘lgan toksikoz, shuningdek, homilaga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar (sifilis, alkogolizm, nur energiyasi, onaning surunkali kasalligi, toksoplazmoz,
endokrin buzilishlar va shu singarilar) psixopatiyaning vujudga kelishiga sabab bo‘la
-
digan tashqi noqulay omillar jumlasiga kiradi.
Psixopat bolalarning xulq-atvori va xarakteridagi qiyinchiliklarga yanada chuqur
-
roq to‘xtaladigan bo‘lsak, bu patologiyaning kelib chiqishiga, biologik sabablarga ham,
ijtimoiy sabablarga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ammo bunda biologik sabablar, shu
jumladan, nasliy sabablar xarakterning barcha xususiyatlari
va xossalarini belgilab
bermaydigan ilk vaziyatlar sifatidagina e’tiborga olinishi kerak, chunki bolada xarak
-
ter xususiyatlari keyinchalik tarkib topadi. Boladagi psixopatik holatning og‘irligi yoki
darajasi ko‘p jihatdan uning kamol topib, qanday sharoitda o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim-tarbiyada to‘g‘ri yo‘l tutilsa va qulay ijtimoiy sharoitlar yaratilsa, bolaning xarak
-
teridagi xususiyatlar shu qadar tuzalib ketishi mumkinki, natijada u jamiyatning mu
-
kammal a’zosiga aylanib, sog‘lom muhitga ijtimoiy integratsiyalanish darajasiga yetib
boradi. Agar psixopatik bolaning kamol topib, borishi noqulay sharoitlarda o‘tsa, xa
-
rakterida va xulq-atvorida jiddiy patologik buzilishlar ro‘y berib, undagi mavjud kasallik
yanada chuqurroq tus olishiga olib kelishi mumkin.
Bolalarning psixopatik holatini tuzatishda ijtimoiy sharoitlarning ahamiyati shu bi
-
lan belgilanadiki, psixopatiya kasallik emas, balki bolaning kamol topib borishidagi o‘zi
-
ga xos anomal jarayondir. Masalan, psixopat bolalarda aqliy o‘sish bilan bir qatorda,
emotsional-irodaviy sohada yetarli darajada rivojlanmaslik va o‘ziga xos o‘zgarishlar
namoyon bo‘ladi. Bunday bolalarning ba’zilari ortiq darajada ta’sirchan, jizzaki bo‘ladi,
u oilaning boshqa a’zolariga befarq qaraydi, ammo yaqin kishilaridan biriga (ko‘pincha
onasiga) nihoyat darajada yopishib olgan bo‘ladi. Boshqa bir xil bolalar esa, aksin cha,
ularda asosan quyidagi salbiy xatti-harakatlar kuzatilishi mumkin:
– hech bir kishiga mehr qo‘ymaydilar, indamas bo‘lib qolishi;
– bir oz xudbin bo‘lishi;
– ba’zi bir hollarda o‘z imkoniyatlariga ortiqcha baho berishi;
– o‘zini hammadan yuqori qo‘yish singari qiliqlar namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagi salbiy holatlar esa atrofdagilar bilan konfliktli holatlarga olib keladi.
Psixopat bolalarda ko‘pincha ortiqcha ta’sirlanish, ba’zi vaqtlarda esa affektiv jizza
-
kilikka
moyillik seziladi, ularda iroda uncha rivojlanmagan bo‘ladi, buning oqibatida
beqaror kayfiyat, ortiqcha ta’sirlanish vujudga keladi. Ularning xulq-atvori qo‘zg‘aluv-