75
huquqi
va boshqaruvi, jinoyat huquqi va protsessi,
fuqarolik huquqi va protsessi, tadbir
-
korlik huquqi (biznes huquqi), xalqaro, xalqaro tijorat (xususiy) huquqi va yuridik ta’lim
-
ning boshqa ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning fundatmental bazaviy hamda
amaliy kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydigan dastur va o‘quv rejalari asosida bakalavr,
magistrlar tayyorlash tizimi shakllantirilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, davlat qurilishi
va boshqaruvi, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, bozor islohotlarini chuqurlash-
tirishning huquqiy asoslarini rivojlantirishning dolzarb huquqiy muammolari bo‘yicha
kompleks ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, sohadagi xalqaro tajribani o‘rganish, huquqni qo‘l
-
lash amaliyotiga hamda o‘quv jarayoniga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy eti
-
lishini ta’minlashdan iborat.
Mazkur islohotlar yuqori malakali, jahon ta’lim standartlariga javob beradigan, har
tomonlama yetuk nazariya va amaliyotni birgalikda olib boradigan, xalqaro miqyosda
mamlakatimiz manfaatini himoya qila oladigan kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Chun
-
ki shaxs siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltiruvchi bosh omillardan biri –
bu uning
huquqiy bilimi va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan huquqiy tarbiya va huquqiy
ta’lim hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, huquqiy savodxonlik, huquqiy madaniyat, huquqiy ta’lim
va huquqiy tarbiya darajasi qabul qilinayotgan qonunlar va qonun hujjatlarining soni bi
-
lan emas, balki ularning mazmuni, ijrosi qanchalik darajada hayotga tatbiq etilayotganligi
bilan baholanadi. Zero, huquqiy normalar aholining, har bir fuqaroning ongiga chuqur
singishi, ularning ijrosi jamiyat hayotida aks etishi muhim ahamiyatga ega. Mazkur ja
-
rayonda, avvalo, aholining keng qatlami qabul qilinayotgan qonunlar mazmun-mohiyati
-
dan to‘liq xabardor bo‘lishi, undan o‘zining huquqiy himoyasi va manfaatlarining ifodasini
topa olishi zarur. Shu bois davlatimiz rahbari Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Se
-
natining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida “Yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada
takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal
qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda” deb alohida ta’kidladilar
7
.
xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, huquqiy ta’limning asosiy maqsadi shaxs
-
da huquqiy ongni shakllantirish, ya’ni huquqiy normalarning mazmun-mohiyatini bilish,
ularga hurmatni va ixtiyoriy, ongli ravishda rioya qilishni tarbiyalash hisoblanadi. Shu
bois ham huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish orqali siyosiy-huquqiy faol
shaxsni shakllantirishda huquqiy ta’lim va tarbiya alohida o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: