Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


Key words. Civil society, democratic reforms, legal culture, legal education, legal know - ledge, legal education. Mahbuba HAMIDOVA



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

Key words.
Civil society, democratic reforms, legal culture, legal education, legal know
-
ledge, legal education.
Mahbuba HAMIDOVA, 
yuridik fanlari nomzodi, dotsent
FUqArOLik JAMiYATiNi SHAkLLANTiriSHdA 
HUqUqiY TA’LiM vA TArBiYANiNG O‘rNi
O‘
zbekiston xalqi intilayotgan fuqarolik jamiyati demokratik islohotlar zami
-
nida takomillashib bormoqda. Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy munosabatlar 
yuksak ma’naviy zaminga, fuqarolarning siyosiy-huquqiy faolligiga, china
-
kam huquqiy madaniyatiga, shu bilan birga umuminsoniy qadriyatlarga, inson huquqlari 
ustuvorligiga asoslanadi.
Fuqarolik jamiyatining huquqiy madaniyati demokratik va adolatli qonunlar tizi
-
mi mavjudligiga, barchaning qonun oldida tengligiga, ijtimoiy munosabatalarda inson 
huquqlarini himoya qilinganligi darajasi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida inson huquq
-
larini himoya qilishda, qonun ustuvorligini ta’minlashda zamonaviy xalqaro standartlar 
talablari javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash 
muhim ahamiyat kasb etadi.
davlatimiz rahbari islom karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da “...bugungi siyo
-
siy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifat
-
ni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli 
keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga 


73
oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda 
bo‘lishi, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usining yanada ortishini ta’minlaydi”, deb 
qayd etgan edi
1
.
Jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bevosita davlatimizda yuridik 
ta’limning ahvoli, rivojlanish darajasi, sifatiga bog‘liq bo‘lib, bu xol ushbu sohadagi mu
-
ammolarni tadqiq etish va unga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi
2

O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy 
madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”da “Fuqarolarning huquqiy ta’limi va huquqiy tar
-
biyasini takomillashtirish”, deb nomlangan alohida bo‘limning mavjudligi huquqiy ma
-
daniyatni shakllantirishda yuridik ta’limga katta ahamiyat berilayotganligidan dalolatdir. 
dasturda, huquqiy ta’limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur bo‘ladigan 
huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo‘lmagan hajmda olish imko
-
niyatini berishdan iboratdir, deyilgan
3
.
Milliy dasturda ta’kidlanishicha, huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan boshlab 
berib boriladi. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan 
xabardor bo‘ladi, ma’naviy hamda ba’zi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tu-
shunchalar oladi, kelgusidagi ta’lim mobaynida mazkur bilimlar kengaytiriladi, aniq ifo
-
dalangan huquqiy mazmun va xususiyat ortib boradi. O‘tgan davr ichida yuridik ta’lim 
qonun va xalqaro e’tirof etilgan inson huquqlariga oid normalar va prinsiplarning ustunli
-
gidan kelib chiqadigan muntazamlik va ilmiylik, O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi 
va qonunlariga asoslangan. 
Ta’limning milliy xususiyati, o‘tmish davlatchiligimizning ilg‘or tarixiy huquqiy an’-
analariga hamda hozirgi o‘zbek davlatchiligi va huquqni rivojlantirish tajribalariga taya
-
nib, jahon yuridik ta’limi, huquqshunoslikning ilg‘or tajribasiga yo‘l ochib, yuridik ta’lim 
bilan mutaxassis – yurist faoliyatida huquqiy, ahloqiy, fuqarolik va vatanparvarlik tarbiya
-
sining uzviyligi, yuridik ta’lim barcha sohalarning yaxlitligi, uzluksizligi va o‘zaro bog‘liq
-
ligi hamda yuridik ta’lim sohasidagi xalqaro standartlarga rioya qilish tamoyillari asosida
shakllantirildi.
Shu bilan birga aholi huquqiy madaniyatini oshirish borasida davlat tuzilmalari va 
jamoat birlashmalarining keng hamkorligini ta’minlash, ushbu faoliyatni muvofiqlashti
-
rish, kechiktirib bo‘lmaydigan istiqboldagi vazifalarni aniqlash masalalari ko‘rib chiqilgan. 
Shuningdek, O‘zbekiston respublikasi Adliya vazirligi va yuristlar jamoat birlashmala
-
ri faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bo‘lib qolishiga erishish, huquqiy tarbiya va 
ta’limning faqat ta’lim-tarbiya muassasalari tomonidangina emas, balki huquqni muho
-
faza qiluvchi organlar, davlat organlarining va korxonalarning hamda mahalliy davlat 
organlari yuridik xizmatlari xodimlari ishtirokida amalga oshirilmoqda. 
Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiyaning maktabgacha tarbiya muassasalarida, umu
-
miy o‘rta ta’lim maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi normativ va o‘quv-uslubiy 
mezonlarni ishlab chiqib, yangi o‘quv fanlarini joriy qilish zarurati belgilangan. 
Huquqiy fanlar asoslarini chuqur o‘rgatadigan o‘quv muassasalari va ularda tahsil 
oladigan yuridik kadrlarning sonini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik vaziyat va jamiyatning 
tegishli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini belgilovchi boshqa omillarni e’tiborga olgan 
holda aniqlash lozim. 
1
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2010, – 27-b.
2
Abdullayev i.B. respublikada yuridik ta’limning istiqboli. kirish so‘zi./ respublikada yuridik 
ta’lim samaradorligini oshirish istiqbollari. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. –T., 2006. – 3-b.
3
O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997. № 9. 227-modda.


74

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish