Har xasosatshevaga soʻzingni zoye’ qilmagil,
Soʻz demak gar istasang, de sohibi ehsonga soʻz.
Shundan soʻng Ogahiy butun jahon adabiyotiga sarxat boʻlishga arziydigan misrani oʻrtaga tashlaydi:
Bilmagan oʻz qadrini, ne bilgusi soʻz qadrini...
Demak, Soʻzning missiyasi insonga oʻz insonlik sha’nini anglatish, hayotda insonni inson sifatida barqaror qiladigan fazilatlarni uning ruhiyatida mustahkamlashdan iboratdir. Ushbu gʻazalda Ogahiy hasadgoʻylarga oʻzining qaqshatkich la’natini oʻqiydi. Ularni shayton bilan tenglashtiradi. Demak, Ogahiy nazarida, hasadgoʻydan qabih, hasadgoʻydan murtad yoʻq. Gʻazal mutolaasi sharofatidan siz bunga qattiq ishonasiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |