Askaniya qo‘y zoti – mayin tolali serjun zot. Bu zot 1925-34 yillarda Ukraina mahalliy merinos qo‘ylarini tanlab borish va Amerikaning rambul’ye qo‘chqorlaridan qochirish yo‘li bilan yetishtirilgan. Askaniya qo‘y zoti mayin junli qo‘ylarning eng yirigi. Qo‘chqorlarining o‘rtacha vazni 100-110 kg (ulardan 10 kg gacha jun olish mumkin), sovliqlarining vazni 60-65 kg (5,5-6 kg jun beradi).Juni ingichka. 1950 yillarda Toshkent naslchilik xo‘jaligi, Jizzax ot zavodiga keltirilgan. Askaniya qo‘y zoti bu xo‘jaliklarda qo’yidagicha mahsulot berdi: vazni 82,3 kg bo‘lgan ikki yoshli nasl qo‘chqorlari 7 kg jun berdi. Junning uzunligi 8,3 sm, ingichkaligi 21,7 mk; toza junning chiqishi 41,4%.
Do'stlaringiz bilan baham: |