Juda muhim! Bilib oling. Savol



Download 16,6 Kb.
Sana31.01.2022
Hajmi16,6 Kb.
#420233
Bog'liq
JUDA MUHIM. amaliy va seminar farqi


JUDA MUHIM! BILIB OLING.


Savol: Amaliy mashg‘ulot bilan seminar mashg‘ulotini tushunmayapman. Bularning o‘zaro farqli tomonlari bormi?
Javob:
AMALIY mashg‘ulot ma’ruzada ko‘rilgan mavzu bo‘yicha bajariladigan mashqlar va tahlillarni o‘z ichiga oladi. Bunda bevosita matn bilan ishlanib, kerakli mavzu bo‘yicha tahlil amalga oshiriladi hamda mashqlar bajariladi. Masalan, ot bo‘yicha bilimlar ma’ruzada o‘qituvchi tomonidan tushuntirilsa, amaliy mashg‘ulotda matn beriladi va ot tukumiga mansub so‘zlar aniqlanib, ularning grammatik xususiyatlari yoritiladi.
SEMINAR muayyan predmetni chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan o’quv mashg’ulotidir.
Seminar mashgʻulotlari davomida talaba (oʻquvchi)lar ilmiy ish yuritish tajribasi, oʻz xulosalarini ogʻzaki va yozma ravishda ifodalay olish hamda nuqtayi nazarlarini asosli himoyalash malakasiga ega boʻladilar. Bu xil mashgʻulotlarning 3 turi mavjud: muayyan kursni chuqurlashtirib oʻrgatishga yoʻnaltirilgan seminar; kurs doirasida asosiy va muhim hisoblangan mavzularni oʻrganishga qaratilgan seminar; ilmiy izlanishga yoʻnaltirilgan, maʼruza mavzusiga aloqador boʻlmagan seminar. Seminar mashgʻuloti oʻtkazishning asosiy shartlaridan biri barcha ishtirokchilar uchun mavzu yoki mutaxassislikka bogʻliq adabiyotlar, manbalar, arxiv materiallari va qoʻlyozmalardan foydalanishda birdek imkoniyat yaratilishidir. Seminar mavzulari tegishli professor-oʻqituvchilar tomonidan tuzilib, kafedra majlisida tasdiqlanadi. Seminar uchun har bir mavzu boʻyicha aniq talablar belgilab beriladi, adabiyotlar roʻyxati ilova qilinadi. Seminar rahbari esa bunda maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Seminar mashgʻulotlarining mahsuli, odatda, referat boʻladi. Referatlar mashgʻulot davomida tinglanadi va muhokama etiladi. Referatlar mavzuga mos kelishi, metodologik asosi toʻgʻri boʻlishi, mantiqan izchil va aniq ifodalanishi, ilmiy xulosalar asosli hamda amaliyotga aloqador boʻlishi kerak. Muhokama jarayonini fikr almashuv tarzida, barcha savollarga javob topa olish imkonini beradigan darajada tashkil etish seminar rahbarining asosiy vazifasidir.
Akbarali Boymirzayev
Download 16,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish