parents() - tanlangan elementning otalarini tanlash uchun foydalaniladi. Otalarini selector orqali ham tanlash imkoni mavjud. $("span").parents("ul");
parentsUntil() - biron bir selectorgacha bo’lgan barcha ota elementlarni tanlash uchun. $("span").parentsUntil("div");
DOM elementlardan tanlash
Bola elementlardan izlash
DOM daraxtini bola(child) elementlarini ko’rish uchun ikkita foydali jQuery funksiyalari mavjud:
children() - elementning barcha bola elementlarini olish uchun foydalaniladi. Elementlarni selektor yozish bilan tanlash imkoni ham mavjud. $("div").children("p.first");
find() - selektor yordamida elementning barcha avlodlarini olish uchun foydalaniladi. $("div").find("span")
DOM elementlardan tanlash
Elementning aka-ukalarini tanlash.
siblings() - bu funksiya elementning aka-ukalarini tanlash uchun foydalaniladi. $("h2").siblings();
next() - Tanlangan elementdan keyingi elementni tanlash uchun foydalaniladi.
nextAll() - Tanlangan elementdan keyingi elementlarni tanlash uchun foydalaniladi.
nextUntil() - Tanlangan element va selector orasidagi elementlarni tanlaydi.
prev(), prevAll(), prevUntil() - next funksiyalarini teskarisini bajaradi.
Filterlar
first() - elementlar massividan birinchi elementni tanlash uchun.
last() - elementlar massividan ohirgi elementni tanlash uchun.
eq() - elementlar massividan indeks bo’yicha tanlash.
filter() - elementlar massividan selektor yordamida kerakli elementlarni tanlash uchun.
not() - filter() funksiyasining teskarisi.
JSON
JSON (JavaScript Object Notation) - Bu juda keng tarqalgan ma'lumotlar formatidir, turli xil dasturlarga ega, masalan, AJAX tizimlarida XML o'rnini bosuvchi sifatida xizmat qiladi. JSON - bu tilga bog'liq bo'lmagan ma'lumotlar formati. Bu JavaScript-dan olingan, ammo ko'plab zamonaviy dasturlash tillarida JSON formatidagi ma'lumotlarni yaratish va tahlil qilish uchun kod mavjud. JSON .json kengaytmasidan foydalanadi.
"address": {
"streetAddress": "21 2nd Street",
"city": "New York",
"state": "NY",
"postalCode": "10021-3100"
},
AJAX
AJAX - bu butun sahifani qayta yuklamasdan, server bilan ma'lumotlar almashish va veb-sahifaning qismlarini yangilash.