Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi
Farmonga ko‘ra, 2022 yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun jami 43 mingta ipoteka kreditlari ajratiladi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
“Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident farmoni (PF-33-son, 09.12.2021 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2021-yil 10-dekabrdan:
daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — qatʼiy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi;
subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqi beriladi.
Shuningdek, farmonga ko‘ra, elektron onlayn-auksion g‘oliblariga yer uchastkasi qiymatining 30 foizini auksion yakunlangan kundan boshlab 5 ish kunidan kechiktirmay, qolgan qismini 12 oy davomida teng miqdorda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.
2022-yil 1-yanvardan pudrat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qurilishi tugallanmagan, tom yopish ishlari bajarilgan ko‘p kvartirali uy-joylarni kredit taʼminoti sifatida garovga taqdim etishi mumkin.
2023-yil 1-yanvargacha sement mahsuloti (TIF TN kodi 2523) va energiya tejamkor bazalt qoplamalari (TIF TN kodi 6806 1000 08) importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, 2022 yilda xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 1 000 ta kvartira sotib olish choralari ko‘riladi.
Farmonga ko‘ra, 2022 yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun jami 43 mingta ipoteka kreditlari ajratiladi.
Yosh oilalarga qurilayotgan uy-joylar uchun boshlang‘ich badalning 65 foizigacha bo‘lgan qismini O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mablag‘idan to‘lash tartibi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida qayd etilgan.
Qayd etilishicha, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berishning quyidagi shartlari belgilanadi:
• shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 2 (2020 yil 1 yanvardan boshlab — 1) yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan (2020 yil 1 yanvardan boshlab birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada) va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 (2020 yil 1 yanvardan boshlab quriladigan uy-joylar uchun 10) foizini tashkil etadi;
Aql bilan qilinsa, kommunal to‘lovlarni 50 foizgacha arzonlatish mumkin – Mirziyoyev
• qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 2 (2020 yil 1 yanvardan boshlab — 1) yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan (2020 yil 1 yanvardan boshlab birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada) va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal uy-joy smeta qiymatining 25 (2020 yil 1 yanvardan boshlab quriladigan uy-joylar uchun 10) foizini tashkil etadi.
• Yosh oilalarning kvartira sotib olish to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish ushbu Nizomga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi har yili davlat dasturlarida mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalar uchun belgilanadigan uy-joylar sonidan kelib chiqqan holda yosh oilani uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj sifatida hisobga qo‘yadi.
Belgilanishicha, yosh oilalar uchun qurilayotgan 1402 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha bo‘lgan qismi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobiga beg‘araz ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |