Tanganing ikkinchi tomoni-chi?
Agar talabgor ipoteka shartnomasi bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini (to‘lovlarni) surunkali ravishda bajarmasligi oqibatida ipoteka shartnomasi bekor qilinsa, shartnoma bo‘yicha undiriladigan mablag‘lar, shu jumladan, ajratilgan subsidiyalar garovdagi uy-joy sotilishidan to‘liq ravishda qaytariladi.
E’tibor bering! Subsidiya olish jarayonida Davlat xizmatlari markazlari sizdan faqatgina ariza olib qolib, tayyor natijani taqdim etishga vakolatli hisoblanadi.
Qolgan masalalar, ya’ni kimga, qaysi hamda qancha miqdorda subsidiyalar ajratishni tashkil etiladigan KOMISSIYA tomonidan hal qilinadi. Bu ishga Davlat xizmatlari markazi aralashmaydi.
Subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqatgina 1 marta beriladi.
Subsidiya tartib boʻyicha ball toʻplaganlarga beriladi.
Subsidiya olish uchun qanday maʼlumotlarni taqdim etish kerak?
– pasport;
– oila aʼzolarining pasporti va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (toʻliq oila va voyaga yetgan farzandi(lari) boʻlganda) va farzandlarining tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan boʻlsa) nusxasi;
– nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilganligi toʻgʻrisidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati toʻgʻrisida FHDYO organlari arxividan maʼlumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);
– doimiy propiska joyidan kadastr raqami va turiga tegishli maʼlumotlar;
– doimiy propiska joyidan uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl boʻyicha) nusxasi;
– ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi hamda ushlab qolingan daromad soliqlari haqida maʼlumotnoma (qoʻshimcha daromadlar boʻlsa soliq deklaratsiyasi).
Ariza yakunlari boʻyicha talabgorga ijobiy javob olingan taqdirda fuqaro oʻzining tanloviga koʻra subsidiyani uy-joy sotib olish uchun boshlangʻich badal yoki kredit foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga qaratilgan mablagʻ shaklida olishi mumkin boʻladi.
Tanganing orqa tomoni-chi?
Agar talabgor ipoteka shartnomasi boʻyicha shartnoma majburiyatlarini (toʻlovlarni) surunkali ravishda bajarmasligi oqibatida ipoteka shartnomasi bekor qilinsa, shartnoma boʻyicha undiriladigan mablagʻlar, shu jumladan, ajratilgan subsidiyalar garovdagi uy-joy sotilishidan toʻliq ravishda qaytariladi.
Eʼtibor bering! subsidiya olish jarayonida Davlat xizmatlari markazlari Sizdan faqatgina ariza olib qolib tayyor natijani taqdim etishga vakolatli.
Qolgan masalalar, yaʼni kimga, qaysi hamda qancha miqdorda subsidiyalar ajratishni tashkil etiladigan KOMISSIYA tomonidan hal qilinadi. Bu ishga Davlat xizmatlari markazi aralashmaydi.
Subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) FAQAT 1-marta beriladi.
Prezidentning 09.12.2021 yildagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-33-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan 2021 yil 10 dekabrdan boshlab:
daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj fuqarolarga Davlat byudjetidan subsidiyalar toʻlashda kvartira maydonining eng koʻp me’yorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan har yili bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya miqdori tasdiqlanadi;
subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi хabarnomani olgan shaхslar ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning uy-joy qiymatining kamida 5%iga teng boʻlgan qismini oʻz mablagʻlari hisobidan shakllantiradi;
sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’i nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar - qat’iy belgilangan 32 mln soʻm miqdorida, foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar - birinchi besh yil davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi. Dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narхi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda ham toʻlanadi;
fuqarolar ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi boʻlmagan boshqa shaхslarni ham jalb qilishga haqli;
Moliya vazirligining resurslari tijorat banklariga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki "Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ orqali joylashtiriladi;
tijorat banklari subsidiyasiz ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini oʻrnatishga haqli.
Koʻp qavatli uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha oʻtkazilgan elektron onlayn-auksion gʻoliblari lot qiymatining 30%ini auksion yakunlangan kundan boshlab 5 ish kunidan kechiktirmay, qolgan qismini 12 oy davomida teng miqdorda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga haqli.
2022 yil 1 yanvardan boshlab pudrat tashkilotlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan qurilishi tugallanmagan, tom yopish ishlari bajarilgan koʻp kvartirali uy-joylarni kredit ta’minoti sifatida garovga taqdim etishlari mumkin.
2023 yil 1 yanvarga qadar:
sement mahsuloti (TIF TN kodi 2523) va energiya tejamkor bazalt qoplamalari (TIF TN kodi 6806 1000 08) importida bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi;
"Yangi Oʻzbekiston" massivlarida, shuningdek, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarda va ularning boʻsh turgan yer uchastkalarida uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun sement hamda metall prokatini sotish boʻyicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinadi.
2024 yil 1 yanvarga qadar tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha yangi qurilish va maхsus teхnikalar hamda yuk tashish transport vositalari importida bojхona boji va utilizatsiya yigʻimining nol stavkasi qoʻllaniladi.
Xususiy pudrat tashkilotlarining tijorat banklaridan olgan kreditlari boʻyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kafillik va kompensatsiya toʻlash tartibi 2022 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.
2022 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida 1 000 ta kvartira sotib olish choralarini koʻrish topshirildi. Ular uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan хotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaхslar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ajratiladi.
2022 yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun 4 000 ta kvartiradan iborat boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |