Jordano bruno falsafiy qarqshlari



Download 24,91 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi24,91 Kb.
#271580
  1   2   3   4
Bog'liq
1. 6-мавзу. Бруно


6-MA’RUZA

JORDANO BRUNO FALSAFIY QARQSHLARI
REJA


  1. Jordano Bruno - hayoti va ilmiy merosi.




  1. Bruno dunyoqarashida koinotning cheksizligi va olamning sanoqsizligi haqidagi g‘oyalar.

  2. Bruno ta’limotida dialektika elementlari. Brunoning ratsionalistik bilish nazariyasi.


Tayanch iboralar: maksimum,minimum, koinotning cheksizligi, olamning sanoqsizligi, Yagona, Qahramonlik entuziazm.
Jordano Bruno (Nolaneyalik) Vezuviya etagidagi Nola nomli kichik bir qishloqda tug‘ilgan. U (olovlar ma’budi) Vulqon mening qardoshim bo‘ladi, deb bejiz aytmagan edi. Chindan ham, uning butun umri haqiqatga xizmat qilish yo‘lida alangali qahramonliklar ko‘rsatish bilan o‘tdi. U 1576 yilda Dominikanlar monastiri va ruhoniy martabalaridan voz kechib, Evropa bo‘ylab sayohat qildi. U Italiya, Shveysariya, Fransiya, Angliya va Germaniya bo‘ylab kezarkan, hamisha ta’qiblar yoki hech bo‘lmaganda, befarq munosabatlarga duch kelardi. “Olamda nur va zulmat, ma’rifat va jaholat o‘rtasida to‘xtovsiz urush bormoqda, men har erda qahru-g‘azabga, qarg‘ishlarga, haqoratlarga, hatto hayotim uchun xavfli tajovuzlarga duch keldim”. Begona yurtlarda o‘z g‘oyalari uchun zamin topish umidini yo‘qotgan Bruno vataniga qaytadi va u erda hiyonatkorlar qo‘lida uzoq inkvizitsiya qiynog‘idan so‘ng olovda kuydiriladi.
“Hech kim xudo tomonidan in’om etilgan azaliy va abadiy muhabbat qonunlariga bo‘ysunmaydi, – deb yozadi o‘limga mahkum etilgan Bruno. – Barcha mavjudotning otasi xudo, bu najib tabiat orqali hammamizga bir-birimizni sevishni o‘rgatdiki, bu sevgi bilan biz hatto dushmanlarimizni ham sevamiz, ha. Majoziy qilib aytsak, kim yaxshiyu-yommonning ustiga baravar etib o‘z quyoshini porlatib qo‘yibdi;kim osiyni ham, mo‘minni ham o‘z marhamati bilan quvvatlantirgan. Zulm va baxslarga qaramay, mening e’tiqodim ana shudir. Men bu dinga qalb amrim va xalqim odatiga ko‘ra e’tiqod qilaman”. (“160 tezis” kitobidan) O‘zining guvohlik berishicha, Bruno o‘smirlik chog‘larida Epikur va Lukretsiy ruhidagi materiyalizm tarafdori bo‘lgan. Bizningcha, bu Bruno falsafiy savodxonligining boshlang‘ich ta’limi bo‘lmishsxolastlashtirilgan Aristotel ta’limotiga nisbatan bildirilgan reaksiya hisoblanadi. Biroq uning yoshlik yillaridagi qarashlari ko‘pincha Platon, neoplatoniklar, ayniqsa, (falsafiy qarashlari ko‘proq kuzatishga asoslangan) Nikolay Kuzanskiyga yaqin edi. LekinBruno baribir materiyalizmni Aristoteldan yuqori qo‘yardi: “Agar bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa”, materiyalizmni inkor qilish emas, balki uni o‘rganish kerak. Garchi Aristotelning Brunoga ta’siri terminalogiyada va uzluksiz tarzda ustunlik qilsa-da, Bruno Aristotel qarashlarini yuqori baholamaydi: “Ular ko‘p holda tasavvurlarga tayanadi va tabiatdan yiroqdir”. Brunoning asarlari, asosan, dialoglar shaklida bo‘lib, ular: “Ibtido va yakkalik sabablari haqida”, “Borliq va olamlarning cheksizligi haqida”, “Qahramonlik entuziazmi haqida”.
Xuddi Suqrot kabi Bruno ham falsafani Xudoga xizmat qilish deb bilgan. “Men o‘z ilohiy burchimga qanday qilib befarq bo‘lishim mumkin?! – deb yozadi u, – Xudo bizlarga boshqalarga o‘xshab ko‘r bo‘lishni emas, balki ko‘zi ojizlarni etaklab yurishni taqdir qildi. Agar bu holni tana a’zolariga qiyos etsak, kimningdir qismati ko‘z bo‘lishdir. Kimgadir taqdir bor kuchi bilan olam va haqiqatga xizmat qilishni buyurgan”. Bruno“Faylasufning ilohiy burchi “insoniyatga ko‘z bo‘lish”dan iborat”, deb ta’kidlaydi. Ko‘z ta’naning eng muhim a’zosidir: “Tana uchun yoritgich
– bu ko‘zdir. Demak, sening ko‘zing ravshan bo‘lsa, butun tanang charag‘on bo‘ladi; agarda ko‘zing ojiz bo‘lsa, tanang zulmatda qoladi”. Haqiqiy faylasuf inson tafakkurini ko‘plikdan yakkalikka olib keladi va shu yakkalik nuri bilan insoniyat aqlini yoritadi. Anologik tarzda aytsak, haqiqiy she’riyat inson his-tuyg‘ularini yoritadi, haqiqiy din esa uning ruhini.
SHuningdek, Bruno uchun haqiqiy din va haqiqiy falsafa oxir-oqibat birlashadi, chunki

haqiqatning o‘zi bittadir, haqiqatni bilish esa unga yaqinlashish va ehtirom qilishning eng yaxshi yo‘lidir. SHuning uchun faylasuf o‘z aqlining va yorug‘lik dinining kohini sifatida yagonalik bilan odamlar olami o‘rtasida aloqa o‘rnatadi.


Xuddi qadimda Suqrot va Protagorni diniy qadriyatlarni toptashda ayblashganidek Brunoni ham aybdor etishdi, biroq u, aksincha, insonlarga hayot va tajribaning bog‘liq ekanligini uqdirishga uringandi. Xudoni Bibliyadan, mistiklarning ekstazidan emas, balki tabiatning engib bo‘lmas, buzilmas, qat’iy qonunlaridan izlash kerak. Qalbida imon bor har bir inson ushbu qonunlarni ona-tabiatning bag‘ridan kelayotgan, uning timsolida ko‘ringan behisob mavjudotlarda, quyoshning nur sochishida, narsalarning go‘zaligida ko‘rishi mumkin; shu kabi mavjudotlar yagona va cheksiz osmon gumbazida (yulduzlarda, sayyoralarda) yashaydi, his qiladi, o‘ylaydi va Yagona Zotga xamdu-sano aytadi. “Yuzimizni hayrat bilan nur yog‘dusiga tutib, tabiat ovoziga quloq solaylik, shunda toza qalb va vijdon bilan uning hamma narsadan ulug‘ ekanligini kuzatamiz”. Ayblov jarayonida inkvizitsiya Brunoga qo‘ygan asosiy ayblardan biri uning quyidagi so‘zlari edi: “Agar mendan nimani istaysan deb so‘rashganda edi, men olamda bitta din bo‘lishini xohlagan bo‘lardim!” – bu, albatta, uning o‘z so‘zlari edi.
Bruno dialektikasi Kuzanskiyning dialektikasidan kelib chiqadi, faqat farqi shundaki, Bruno dialektikasi real va jonli misollar bilan to‘ldirilgan. Barcha mavjudlikning asosida yotuvchi qutblilik Bruno uchun nafaqat aql ko‘zi bilan ko‘riluvchi prinsip, balki u jonli, ta’sir etuvchi kuchdir(masalan, tortuvchi va itaruvchi, bunyod etuvchi va barbod etuvchi). “Agar biz yaxshilab o‘ylab ko‘rsak, barbod bo‘lish – bu vujudga kelishdan o‘zga narsa emas yoki aksincha”.
Bruno ontologiya va gnoseologiyani yahlit holda olib boradi: chunki aql insonga “tegishli emas”, lekin u inson orqali haraktlanadi, shuningdek, insondagi olamni bilish jarayoni ham inson orqali bajarilayotgan harakat bo‘lib, bu harakat olamni uyg‘unlashtiradi hamda birlashtiradi. Tabiat inson bilishi vositasida yakkalik ko‘plikka aylangan yo‘l bilan, ko‘plikdan yakkalikka aylanib boradi. “Biz mukammal bilimga intilarkanmiz, narsalarni yaratishda yoyilib, ko‘plikka aylangan birlikni ixchamlashtirib boramiz”. Boshqacha qilib aytganda, bilish – bu olamning yaratilish jarayoniga teskari, kosmik jarayon bo‘lib, u olam yaratilishini to‘ldiruvchi, tugallovchi; uni mukammalikka, yahlitlikka, xudoga olib boruvchi jarayondir.
Bruno vahiy (ilohiylik) va tajribaning o‘zaro munosabati masalalariga bilishning ikki manbasi sifatida yondasharkan, u o‘zidan oldin Ibn Rushd, Kuzanskiy, Kardano, Teleziolar targ‘ib qilgan “Ikki kitob” konsepsiyasiga amal qiladi. Ushbu ta’limotda xudo insonga yagona bitta haqiqatni ikki yo‘l bilan oshkor qilganligi aytiladi: “Tabiat kitobi” orqali va “Vahiy kitobi” orqali, demak, ushbu kitoblarning har qaysisidan xudoni hamda olamning sabab va ibtidolarini bilish mumkin. O‘rta asrlarda ushbu ta’limot teologiya qarshisida ilmiy bilishni oqlashga xizmat qilarkan, baribir, vahiy kitobi xudo tomonidan bevosita berilgani uchun uni aniq va mukammal deb bilar, chunki, ayni paytda,“Tabiat kitobi”ni sezgilarning “xira oynasi” orqali ilg‘ash mumkin deb qaralardi. XV asrga kelib esa “Tabiat kitobi” ulug‘landi. Brunoning bu boradagi qarashlari uning zamondoshi Orfeliusning so‘zlarida aks etgan bo‘lsa, ajab emas: “Aytishlaricha, ikki javohir bor: biri yozma shakldagi so‘z(verbum scriptum) va ikkinchisi faktga aylangan so‘z (verbum factum). Verbum scriptum – bu beshigiga yo‘rgaklangan Isodir; biroq verbum factum esa yaratilgan narsalarda mavjuddir, majoziy qilib aytganda, biz uni qo‘llarimiz bilan ushlab ko‘rishimiz mumkin”.
U mohiyatan xristianlik asoslariga zid kelmasa-da, o‘zining olam ibtidosi haqidagi ta’limotini, kardinal Nikolay Kuzanskiyga qaraganda aristotelcha cherkov aqidalaridan birmuncha erkin tarzda rivojlantiradi. Bruno xudoni ilk ibtido sifatida ta’rif etarkan, uni barcha ibtido va sabablarga muvofiq kelishini aytib o‘tadi. Biroq bunday ibtido bizning aqlimiz chegarasidan mutlaq tashqarida bo‘lardi. CHunki biz o‘z tafakkur va e’tiqodimiz kuchi bilan xudoni anglaymiz. Brunoga ko‘ra, biz ilohiy ibtidoni ikki manbaning o‘zaro qo‘shilishi va ajralishioqibatida anglaymiz.

Download 24,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish