Nafas olish zanjiri tashuvchilarining tavsifi. NAD∙H-degidrogenaza yoki flavoproteid-1 tarkibidagi koferment FMN NAD∙H dan vodorodni qabul qilib oladi. Ushbu flavinli ferment koferment Q dan elektron va protonlarni uzatishda ishtirok etuvchi temir va oltingugurtli oqsil bilan mustahkam bog`langan.
Temir va oltingugurtli oqsillar nafas olish zanjirining ikkinchi qismida flavoproteid va koferment Q hamda va sitoxrom c1 oralig`ida elektron va protonlarni tashishda ishtirok etadi. Nafas olis zanjiridagi ikkala temir va
oltingugurtli oqsillar bir-biridan oksidlanish-qaytarilish potentsiallarining qiymati bilan farq qiladi. Bu oqsillar membrananing lipid qavatida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |