Hujayrada kechadigan nafas olish jarayonining mohiyati qaytarilgan substratdan ajralgan vodorod atomlarini (elektronlarning) bir qator oksidlanish– qaytarilish fermentlari yordamida kislorodga uzatishdan iborat. Nafas olish zanjiri oxirida suv hosil qilinishiga to`qima nafas olishi deyiladi.
Struktura tuzilishga ega bo`lgan nafas оlish zanjiri kоmpоnеntlarining funktsiyasi mitоxоndriya ichki mеmbranasida, maxsus fermentlar ta`siri ostida kechadi. Zanjirdagi tashuvchi fermentlar mеmbrananing lipid qavatida mustahkam jоylashgan. Bulardan mustasno sitоxrоm C bo`sh bоg`langan.
Turli оrgan va to`qimalarda nafas оlish zanjiri sоni turlicha. Masalan: jigarda 1ta mitоxоndriyaga 5 000 ta nafas olish zanjiri to`g`ri kеlsa, yurakda 20000
ta bo`ladi. Shuning uchun yurak mitоxоndriyasining nafas olishi jigar mitоxоndriyasiga nisbatan faol.
Demak, nafas olish zanjiri – NAD ga bog`liq degidrogenazalarning substratga ta`siri natijasida qaytarilgan NAD (NAD∙H + H+) dan yoki flavinli degidrogenazalarning substratga ta`sirida qaytarilgan FAD (FAD∙H2) dan hosil bo`lgan proton va elektronlarni kislorodga o`tkazuvchi sistemadir.
Nafas olish zanjiri proton va elektronlarni kislorodga o`tkazuvchi o`ziga xos konveyer hisoblanadi.
Nafas olish zanjiri proton va elektronlarning tashuvchi quyidagi komponentlardan iborat: NAD degidrogenaza; Flavoproteid-1 (FP) – tarkibida koferment sifatida FMN saqlaydi; Koferment Q (yoki ubixinon); Tarkibida gem bo`lmagan ikkita temir va oltingugurt tutuvchi, oqsillar; Sitoxromlar b, c1, c, a va sitoxromoksidaza a3.
Flavoproteid NAD∙H – degidrogenazadan iborat murakkab oqsil, tarkibida FMN - NAD∙H dan proton va elektronlarni qabul qilib oluvchi xossaga ega. U bilan KoQ dan proton va elektronlarni tashishda ishtirok etuvchi temir va oltingugurtli oqsillardan biri bog`langan. NAD∙H – degidrogenazaning faol markazi ichki membrananing ichki tomonida joylashganligidan NAD ni degidrirlanishi shu tomonda amalga oshadi. NAD∙H tarkibidagi vodorodni birinchi aktseptori FMN. FAD∙H2 tarkibidagi vodorod esa nafas olish zanjirining KoQ joylashgan qismiga uzatiladi.
Nafas olish zanjirining NAD∙H dan sitoxrom b gacha bo`lgan qismida proton va elektronlar tashiladi. Sitoxrom b dan boshlab kislorodgacha bo`lgan qismida vodorod va elektronlar oqimi ajraladi, chunki nafas olish zanjirining ushbu qismida faqat elektron tashuvchilar bo`ladi (sitoxromlar hamda alohida temir va oltingugurtli oqsil).
Nafas olish zanjirini 3 xil sinfdagi oksidlanishli – fosforlanish fermentlari katalizlaydi.
Piridinga bog`liq degidrogenazalar;
Flavinga bog`lq degidrogenazalar
Sitoxromlar (b,c,c1,a,a3 ).
Do'stlaringiz bilan baham: |