Domen oqsillar. Ko`pchilik yirik molekulali globulyar oqsillarning ikkilamchi strukturasi yanada murakkab. Uning alohida avtonom globulyarli funktsional qismlari – domenlar deyilib, yaxlit molekula esa – domen oqsil deb aytiladi. Ular o`zaro ikkilamchi strukturadagi α-spiral va β-strukturalari bir-biri bilan qisqa, polipeptid zanjirining aylanuvchi qismlari bilan bog`lanadi.
Domenlar tarkibida o`rtacha 100-150 ta aminokislota qoldig`i ―avtonom – kichik globula‖ uchun javobgar, eni 2,5 nm atrofida.
Ko`pchilik oqsillarning, masalan, immunoglobulinning domenlari strukturasi va bajaradigan vazifasiga muvofiq turlicha bo`lishi aniqlangan.
Oqsillarining struktura domenlari α-spiral va β-strukturaning soni, shuningdek domenda ularning joylashish xususiyatlariga qarab bir nechta guruhga bo`linadi:
α-oqsillar - ko`p sonli α-spirallarga ega (mioglobin, gemoglobin, kaltsiy bog`lovchi oqsillar).
β-oqsillar – asosan antiparallel β-qatlamdan iborat (ximotripsin).
α+ β-oqsillar – bu oqsillarda faqat α-spiraldan tuzilib asosan antiparallel β-qatlamdan iborat qismlari bor (insulin, lizotsim, ribonukleaza, sitoxrom b5).
α / β oqsillar. Zanjirda α-spiral va β-strukturalar navbatma-navbat keladi. Markazda joylashgan β-struktura o`zaro–parallel, (geksokinaza, karboksipeptidaza, LDG).
Ikkilamchi strukturasi aniq bo`lmagan domen oqsillar.
Oqsillarning uchlamchi strukturasi. Polipeptid spiralining fazoviy qurilishiga oqsilning uchlamchi strukturasi deyiladi. Uchlamchi struktura shakliga ko`ra globulyar va fibrillyar oqsillarga bo`linadi. Globulyar oqsillar asosan elipssimon, fibrillyar (ipsimon) oqsillar esa – uzun (tayoqcha) shakliga ega.
Uchlamchi strukturani ko`rinishi fibrillyar oqsillar faqat beta- strukturaga, globulyar oqsillar esa alfa-spiralga ega, degan fikrga asos bo`la olmaydi. Chunki shunday fibrillyar oqsillar borki, ular qatlam varaqchali ikkilamchi strukturaga emas, balki spiral ko`rinishida bo`ladi.
1.9-rasm. Polipeptid zanjirning uchlamchi strukturasi
Masalan, alfa-keratin va paramiozin (mollyuskalarning tayanch mushaklari), tropomiozin (skelet mushaklari oqsili) fibrillyar oqsillarga kirib, ikkilamchi
strukturasi alfa-spiral; aksincha, globulyar oqsillarda beta-struktura miqdori ko`p bo`lishi ham mumkin.
Spirallanish to`g`ri chiziqli polipeptid zanjiri o`lchamini 4 martaga; uchlamchi strukturada taxlanishi esa 10 martaga ixchamlashtiradi.
Uchlamchi srtukturani mustahkamlovchi bog`lar. Oqsil molekulasi fazoviy shaklini mustahkamlashda uning polipeptid zanjirini tashkil qiladigan mustahkam (kovalent) va bo`sh (qutbli, van-der-vaals) bog`lari ishtirok etadi. Aminokislotalarning yon radikallari o`rtasidagi bog`larni hosil bo`lishi ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |