Koferment Q yoki ubixinon membrananing lipid qavatida joylashgan.
Membrana bo`ylab yoki ko`ndalang holda membranadan o`tishi mumkin.
Sitoxrom b turli shakllarga ega. Nafas olish zanjirida b562 va b566 sitoxromlari mavjud. Ular membrana lipid qismining ichki (matriks) tomonining tashqi yuzasi bilan tutashgan joyida kompleks hosil qiladi.
Sitoxrom c1 lipid qavatidagi ichki membrananing tashqi yuzasiga yaqin joyida o`rnashgan. Sitoxrom c suvli eritmaga oson o`tadi, ichki membrananing tashqi yuzasida joylashgan va qizig`i, membranalararo bo`shliqqa chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |