DNK ning ikkita komplementar zanjirlari o`rtasida komplementar bog`lar hosil qilib, ularning ajralishiga to`sqinlik qiladi va replikatsiya (DNK→DNK) jarayonini ingibirlaydi. O`sma hujayralarining bo`linishini blokirlab, antikontserogenlik
DNK zanjirining G...S qismidagi guanin bilan kovalent
bo`lmagan bog` orqali bog`lanib, hamma turdagi RNKlarning sintezini ingibirlaydi. Kuchli antibakterial va o`smaga qarshi xususiyatga ega. Faqat biokimyoviy tadqiqotlarda ishlatiladi.
Juda zaharli.
Oligomitsin, daktinomitsin
Aktinomitsinga o`xshash ta’sir qiladi, tibbiyotda o`smaga qarshi preparat sifatida qo`llaniladi.
Rifamitsin
Transkriptsiyaning initsiatsiya bosqichida RNK-polimerazani ingibirlaydi. Silga, bakteriyalarga, viruslarga qarshi preparatlar. Ularga bakteriyalarning RNK-polimerazasini sezgirligi ko`proq,
makroorganizmlarga ta’siri kam.
Translyatsiyaning ingibitorlari
Puromitsin
AMF tRNKtir ning aktseptor qismi bilan strukturasi jihatidan o`xshash, peptidil tRNKtir ning A qismi bilan oson reaktsiyaga kirishib, peptidil-puromitsinni hosil qiladi. Antikodoni bo`lmaganligi sababli elongatsiyani to`xtatadi va peptid zanjirining uzilishiga sabab bo`ladi. 80 S ribosomaga ham xuddi
70 S ribosomaga ta’sir etuvchi ingibirlash xususiyati borligi
bilan farq qiladi. Zaharli, faqat biokimyoviy tadqiqotlarda qo`llaniladi.
Streptomitsin, neomitsin, kanamitsin
30 S subbirlikni oqsilli faktorlaridan biri bilan bog`lanib, mRNK ning noto`g`ri o`qilishiga sabab bo`ladi va genetik kod o`qilishida xatolarga yo`l qo`yiladi. Buning natijasida oqsil sintezi to`xtaydi yoki o`z vazifasini bajara olmaydigan nuqsonli oqsil sintezlanadi. 70 S ribosomalarga ta’sir etadi. Keng
miqyosda bakteriyaga qarshi faollikka ega.
Tetratsiklin
mRNK va aminoatsil-tRNK ni 30 S subbirlik bilan bog`lanishini, ya’ni ribosomadagi oqsil biosintezning initsiatsiya va elongatsiya bosqichlarini blokirlaydi. Ko`proq 70 S
Ribosomaning katta subbirligi bilan bog`lanadi, translokazani faolligini to`xtatish orqali ribosomaning mRNK ga translokatsiyasini ingibirlaydi. Asosan 70 S ribosomalarga kam darajada eukariotlarning mitoxondriyalaridagi ribosomalarga ta’sir etadi. Uning mikrobga qarshi ta’sir qilishi penitsillinning
Ribosomaning 50 S subbirligi bilan bog`lanadi, peptidiltransferazaning faolligini ingibirlaydi, ya’ni peptid bog`larining hosil bo`lishiga yo`l bermaydi. Bakteriyalarning 70 S ribosomalariga va eukariotlarning mitoxondriyalaridagi ribosomalarga ta’sir etib, 80 S ribosomalarga ta’sir ko`rsatmaydi. Keng miqyosda ta’sir etuvchi antibiotik
hisoblanadi.
Penitsillin,
sikloserin, polimeksin
Bakteriya membranasining shakllanishiga va uning butunligini
ta’minlashga ta’sir etadi, ya’ni hujayra devori tarkibiga kiruvchi geksapeptidlar sintezini to`xtatadi.
2. Alkoloidlar
Vinkristin va vinblastin
Protsessing va mRNK transportini ingibirlaydi. Ularning ta’sir etish mexanizmi hali yetarli darajada o`rganilmagan. Sitostatik moddalar hisoblanadi. O`smalarga qarshi preparat sifatida
qo`llaniladi.
3. Toksinlar, zaharlar
α-Amanitin –
Eukariotlarning mRNK si transkriptsiyasi uchun mas’ul bo`lgan
RNK-polimeraza II ni ingibirlaydi.
Difteriyali
toksin
Elongatsiyaning faktorlaridan birini faolsizlantirish oqibatida
induktsiyalanadi. Interferon o`z navbatida IF-2 initsiatsiya omilini fosforillanishini katalizlaydigan proteinkinaza fermentini induktsiyalashi natijasida hujayradagi oqsil sintezi to`xtaydi va hujayra halok bo`ladi, u bilan birgalikda viruslar ham nobud bo`ladi. Interferon bir qancha virusli kasalliklardan himoya qiladi, yomon sifatli o`sma kasalliklarini kuchaytiradi. Uning davolovchi mexanizmi va sog`lom organizmda bajaradigan
Viruslar hujayraga kirgandan so`ng RNK sintezi va o`z navbatida xo`jayin-hujayraning oqsili sintezini to`xtashiga olib keladi, oqsil sintezlovchi apparat virusning nuklein kislotasini sintezlay boshlaydi. Ingibirlanish mexanizmi o`rganilmagan.
Xo`jayin-hujayra esa halok bo`ladi.
6. Antimetabolitlar
Ftoruratsil
Pirimidin antimetabolitlari guruhiga kiradi. Uning o`smaga qarshi faolligi rak hujayralarida DNK sintezida ishtirok etuvchi timidinsintetaza fermentining raqobatli ingibitori hisoblanadigan 5-ftor-2dezoksiuridin-5`-monofosfatga aylanishi bilan
belgilanadi.
Ftorafur
Ta’sir etishi ftoruratsilga o`xshash.
6-merkapto- purin
Purinning antimetaboliti hisoblanadi. Tuzilshi bo`yicha adenin va gipoksantinga o`xshash. 6-merkaptopurin struktura analogi sifatida purin almashinuvida faol ishtirok etadi va nuklein