13.16. Epifiz gormonlari
Epifizda triptofandan serotonin, melatonin sintezlanadi. Melatoninni sintezi yorug`likga bog`liq bo`lgani uchun sutka davomida o`zgaradi. Qorong`ida melatonin sintezi oshib, yorug`da kamayadi. Melatonin gipofiz gonadotropinlari sekretsiyasini pasaytiradi. Kunning yorug`lik vaqti uzayganda (bahorda) melatonin sintezi tormozlanib, gonadotropinlar sekretsiyasi ortadi, bular o`z navbatida jinsiy bezlar funktsiyasini stimullaydi.
Gipotalamus va Gipofiz. Gipotalamus va gipofiz gormonlari funktsiyasini birga ko`rish maqsadga muvofiq, sababi har ikkala organda gormon hosil bo`lishi va ajralishini o`zaro aloqadorligi bor. Gipotalamus gormonlari organizmning barcha a`zo, to`qimalarining biokimyoviy funktsiyalarini gumoral boshqaradi. Hozirda quyidagi gipotalamik nеytropеptidlar ajratib olingan:
Gipotalamik nеyropеptidlari-liberinlar: Gipofiz trop gormonlari:
Somatolibеrin Somatotropin
Kortikolibеrin Kortikotropin
Follilibеrin Follitropin
Tirеolibеrin Tireotropin
Lyulibеrin Lyutropin
Prolaktolibеrin Prolaktin
Mеlanolibеrin Mеlanotropin
Trop gormonlari gipofiz oldi va o`rta qismida ishlab chiqarilsa orqa qismida neyrogormonlar oksitotsin, vasopressin ishlanadi. Gipotalamus libеrinlari gormon ishlab chiqarilishini stimullasa, gipotalamik statinlar aksincha, gormon sekretsiyasini ingibirlaydi.
Gipofiz gormonlarini effektlari. 1. Pereferik bezlar gormonlarini biosintezi va sekretsiyasini boshqarish (TTG, follitropin, lyuttropin, kortikotropin, somatotropin). 2. Jinsiy hujayralarni shakllanishiga ta`siri (follitropin). 3. To`qima va organlar funktsiyasi va metabolizmini boshqarish (somatotropin, α, β–lipotropinlar, kortikotropin, oksitotsin, vasopressin). 4. Nerv sistemasi faoliyatiga ta`siri (kortikotropin, bettalipotropin).
13.17. Gipofiz gormonlarini pеrifеrik bеzlarga ta`siri
Kortikotropin – yog` to`qimaga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir ko`rsatadi.
Gormon → adеnilattsiklaza→ sAMF→TG-Lipaza →yog` kislota
↑ ↓
Kortikotropin, Glitserin
Α,β-lipotropin,
gonadotropin
Ular ta`siri mеmbrana rеtsеptorlari bilan bog`lanib, adеnilattsiklazani faollashtirish orqali amalga oshiriladi. Nishon hujayralarida modda almashinuviga ta`sir ko`rsatib, yog` kislotalari, glitsеrin ajralishini stimulyatsiya qiladi. Bundan tashqari mеlanotsit stimullovchi faollikga ega.
Gipofizar pakanalikda (gipofizar karlik – gipofizni tug`ma rivojlanmasligi bilan bog`liq patologiya) tana, shu jumladan, skeletning proportsional rivojlanmasligi kuzatiladi. Lekin aqliy rivojlanishda sezilarli o`zgarishlar bo`lmaydi. Gipofizning gipo- yoki giperfunktsiyasida katta odamlar tashqi ko`rinishida ham ma`lum o`zgarishlar uchraydi. Masalan, akromegaliya (yunon. akros – qo`l-oyoqlari, megas - katta) kasalligida tananing oxirgi qismlarida – qo`l, oyoq, burun, til noproportsional o`sib, kattalashib ketadi. Kasallikni rivojlanishiga gipofiz oldi qismini o`sma kasalligi sabab bo`ladi.
Vazoprеssin – antidiurеtik gormon, yog`larni parchalanishiga va suvni buyrak kanalchalarida qayta so`rilishi (rearbsorbsiyasi) ga ta`sir etib, ajratilayotgan siydik miqdorini kamaytiradi siydikda natriy va xloridlar kontsеntratsiyasi ko`payib, zichligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |