13.15. Jinsiy bеzlar gormonlari
Erkaklar jinsiy gormonlari – androgеnlar urug`donlarni Leydig hujayralarida, ayollar – estrogеnlari esa tuxumdonlarda sintezlanadi.
Tuxumdon folekulalaridan ajratib olingan ayollar jinsiy gormonlari ichida estradiol yuqori faollikka ega, Ular qatoridagi estron va estriolda gormonal faollik kamroq.
Estrogenlarning organizmgagi biologik roli xilma-xil bo`lib, ular jinsiy sikl, homiladorlik va laktatsiya davrini ifodalaydi, bachadon va qinning spetsifik o`zgarishi, sut bezlarini o`sishi, ikkilamchi jinsiy belgilarni shakillanishiga sharoit yaratadi, shuningdek, hujayra bo`linish jarayonlarini stimullaydi.
Follikulalarni yetilishi bachadon to`qimalarida modda almashinuvini oshiradi, oqsil sintezi, nuklein kislotalar hosil bo`lishini tezlashtiradi. Follikulalar yetilishida hosil bo`ladigan sariq tanada urug`langan tuxumni bachadon devorining shilliq qavatiga birikishini va homiladorlikning birinchi yarimida embrionning rivojlanishini ta`minlaydigan gormon–progesterone ishlanadi. Bu gormon homiladorlik davrida o`zining xususiy xoriogonadotrop gormonini ham sintezlaydigan planseta(yo`ldosh)da ishlab chiqariladi. Uning ta`sirida follikula yetiladi va sariq tana o`sa boshlaydi. Hozirda estrogenlar faolligiga ega bo`lgan sintetik moddalar olingan, ular vakili stilbesteroldir.
Estrogenlarni - estron, estradiol, estriolni sitoretseptor orqali spetsifik genlar faolligiga ta`sir etishidan sintezlangan maxsus oqsillar hujayra metabolizmi, o`sishi va rivojlanishini boshqaradilar. Uni hisobiga (+ ) N2 balansi yuzaga keladi. Suyaklarda estrogenlar kaltsiy va fosfor tuzlarini o`zlashtirilishini, kollogenni sintezini oshiradilar. Glikoliz va PFS fermentlarini induktorlari bo`lganligi uchun uglevodlar metabolizmida energiyani aerob hosil bo`lishida qatnashadilar.
Lipidlar almashinuviga ham ta`siri bor. Lipidlarni yangilanib turishini, ularni jigarda va yog` to`qimasida to`planib qolmasligi, organizmdan xolesterinni chiqarilishini ta`minlab turadi.
Androgеnlar – tеstostеron, digidrotеstostеron. Ajralib chiqqan testosteron qondagi glikoproteid bilan bog`lanib, to`qimalarda HADFH2 steroid reduktaza ishtirokida digidrotestosteronga o`tadi. Oqsil biosintezini keskin oshiradi, (+) azot balansi nuvozanatini ta`minlaydi.
Erkaklar jinsiy gormonlari urug`donlarda sintezlanib, funktsiyasi gipofizning gonodotrop gormoni tomonidan nazorat qilinadi. Androgenlar jinsiy organlar rivojlanishini stimullab, ikkilamchi jinsiy belgilarni shakllantiradi.
Androgenlarni anabolik ta`siri estrogenlarnikidan kuchliroq. Skelet muskulaturasi va suyaklarni o`shishini oshiradi. Buyrak va jigarda oqsillar biosintezini kuchaytiradi. Bosh miyaga ta`sir etib, erkaklarga xos bo`lgan psixofiziologik xususiyatlarni shakillanishida qatnashadi. Uglevodlar va yog`lar aerob parchalanishida fermentlar induktsiyasi orqali qatnashadi. Fosfolipidlarni sintezini oshirib, qondagi lipidlar va xolesterin miqdorini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |